Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 
 
 
 


151 
4. Foydaning mazmuni. Foyda me’yori va massasi 
 
Jamiyat nuqtai nazaridan takror ishlab chiqarish samaradorligi cheklangan resurslar 
samarali foydalanishga bog’liq. Bu samaradorlik o’zida resurslarni taqsimlash 
samaradorligi 
va 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini 
ifodalaydi. 
Resurslarni 
taqsimlashning samaradorligiga erishish uchun resurslar korxona va tarmoqlar o’rtasida 
shunday taqsimlanishi kerakki, natijada jamiyatga eng zarur bo’lgan mahsulotlarning 
ma’lum turlari olishini kerak. Ishlab chiqarish samaradorligi jamiyat uchun zarur 
bo’lgan har bir tovar eng kam sarf harajatlar (resurs sarflari) bilan ishlab chiqarilishini 
taqazo qiladi. Aniqroq aytganda, u ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan resurslar 
miqdori bilan olingan mahsulot miqdori o’rtasidagi bog’liqni harakterlaydi. Sarf 
harajatlarning mavjud hajmida olingan mahsulotlarning ko’proq miqdori ishlab 
chiqarish samadorligi oshganligini bildiradi. 
Korxona faoliyatining samaradorligi darajasiga baho berishda ham uning 
erishgan natijasi (iqtisodiy yoki sof foyda) ishlab chiqarish sarf-harajatlari yoki 
qo’llanilgan resurslar miqdori bilan taqqoslanadi. 
Foyda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo’shimcha mahsulotning o’zgargan 
shaklidir. Demak, foydaning asl manbai qo’shimcha mahsulot bo’lib, u mahsulot 
sotilgandan keyin pul shaklida namoyon bo’ladi. 
Tovarlarni sotishdan tushgan yalpi pul tushumidan shu mahsulotlarni ishlab 
chiqarishga qilingan barcha harajatlar (tannarx) chiqarib tashlansa korxonaning Balans 
foydasi yoki brutto foydasi qoladi. Bu iqtisodiy foyda deb ham ataladi 
Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan Soliq to’lovlari) banklarga 
(olingan ssuda uchun foiz) to’lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa 
korxona sof foydasi qoladi. 
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan 
ishlab chiqarishning tashqi harajatlari chiqarib tashlanishi natijasida xosil qilinadi. Shu 
sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki harajatlar miqdoriga ko’p. Bunda 
ichki harajatlar har doim o’ziga normal foydani ham oladi. 
Korxona foydasining mutlok miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda 
massasini ishlab chiqarish harajatlari (tannarx) bilan taqqoslash foyda normasi yoki 
rentabellikni ko’rsatadi. 
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variyantidan foydalaniladi. Bular 
foydaning joriy sarflarga-korxona harajatlariga(tannarx) yoki avanslangan mablag’larga 
(asosiy va aylanma fondlar) nisbatidir. Bu hisob usullarning ikkalasi avanslangan 
mablag’larning aylanish tezligi ko’rsatgichi orqali o’zaro bog’langandir. Bu bog’lanish 
quyidagi tarzda ko’rinadi:
(PG’W) * 100 
Bu yerda : R-foyda normasi; R-foyda massasi ; W-iqtisodiy va ishlab chiqarish 
harajatlari; 


152 
(RG’Kavans)*100 
Bu yerda R-foyda normasi; R-foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital Q Aylanma 
kapital) – korxona avanslangan mablag’lari yoki asosiy va aylanma kapitalning 
o’rtacha yillik qiymati 
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to’g’ri mutanosib hamda 
foydalanilgan avanslangan mablag’alar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli 
foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko’rsatgichi hisoblanadi. 
Foydaning o’sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o’zgarmagan
xolda ikki yo’l bilan: yoki ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki 
bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o’sishi ba’zi iqtisodchilarning 
foyda normasi ko’rsatgichini bartaraf etib bo’lmaydigan kusurga ega bo’lgan va shu 
sababli samaradorlikni ulchash uchun mutlako yaroksiz ko’rsatgich sifatida tanqid 
qilishlariga sabab bo’ldi. 
5. Zarar ko’rish va bankrotlik 
Bozor iqtisodiyoti tasodiflardan xoli emas. Bozorda faoliyat ko’rsatayotgan 
firmalar har xil vaziyatga tushib kolishi mumkin. Firmaning ishi yurishib tezda boy 
firmaga aylanishi yoki zararga yo’likib bor butidan ajralib kolishi ham xech gap emas. 
Tadbirkorlik xatari ham mana shunda. Bu xatarni bartaraf etish qilib bo’lmaydi. Ammo 
uni kamaytirish mumkin. Buning uchun biror ishga kul urishdan avval uning ijobiy 
va salbiy tomonlarini hisobga olish talab qilinadi. 
Firmani o’z foydasi va xatto kapitalidan ajralib kolish extimoli kolishi extimoli 
tadbirkorlik xatari deyiladi. 
Xatar – birinchidan firmaning ishini o’quvsiz yuritishdan, - ikkinchidan firmaga 
bo’lmagan xolda vaziyatning o’zgarishidan, ya’ni bozorda noaniqlik bo’lishidan kelib 
chikadi. Bozordagi resusrlar va tovarlar narxining qutilmaganda o’zgarib kolishi 
mijozlar va sheriklarni aynib ketishi, Soliqlar va boj pulining o’zgarishi, Xalqaro 
vaziyatning keskinlashuvi kabilar xatarni yo’zaga chiqaradi. Xatarning oldini ola 
bilish va uni yengib o’tish hamma firmaning ham qo’lidan kelavermaydi. Firmalar 
yo’likadigan xatarni uch turga bo’lish mumkin. 
1. Ishlab chiqarish xatari. Bu mujallangan hajmida va keraqli turdagi tovarlarni 
yaratishga raxna soluvchi xavf-xatar. 
2. Tijorat xatari. Bu mujallangan resurslarni bozordan ola bilmaslik xavf-xatari. 
3. Moliyaviy xatar. Bu firma moliya bozorida va Soliq to’lash sohasida
yo’likadigan xavf-xatardir. Aytaylik, firma mujallangan kreditni ola bilmaydi va 
foizi ortib ketadi, firma aksiyasini narxi tushadi, davlatdan moliyaviy yordam 
tegmay qoladi, natijada firma xatar girdobiga tushib qoladi va xakoza. 
Yuqorida aytilgandek bozorda faoliyat ko’rsatayotgan har qanday firmaga xatar 
soya tashlab turadi. 


153 
Unda tamoman qutilish mumkin bulmasa uning ta’sirini kamaytirish imkoni bor
va bu firmani o’ziga bog’liq. Xatarning eng xaloqatlisi bankrot bo’lish, sinish xavf-
xataridir. 
Biror bir ishga pul sarflashdan zarar extimolini imkoni boricha kamaytirishning 
har xil yo’l-yuriklari ishlab chiqiladi. Eng avval firma xatarini cheklab o’tish yo’llarini
axtaradi. Kaerga qancha pul qo’yish, qaysi sohada ish boshlashdan oldin kaerlarda ish 
qanday ketayotganligini o’rganiladi axborot to’planadi. Axborot tovar narxi, savdo 
hajmi Raqobatchilik vaziyati harajatlar darajasi, bozorning kengayishi imkoniyati 
resurslar narxi, reklama holati va boshqa sohalar qamraydi. Shularni tahlil etib, pul 
qo’yish yoki qo’ymaslikka axt qilinadi. Bunda sinalgan yo’llardan biri pul foyda 
bulmasada, xatari eng kam ishga qo’yiladi. Boshqa yo’l tadbirkorlik xatarini 
sug’urtalash hisoblanadi. Bu yo’l tallanganda sugo’rta puli qutiladigan foydadan 
ma’lum darajada kamroq bo’lishi lozim, aks xolda zarar qilish mumkin. 
Xatarga yo’likmaslik kafolati yuk, ammo uni kamaytirish qaysi birini afzal 
ko’rish firmani ishi hisoblanadi. 
6. Foydani taqsimlanishi va ishlatilishi. 
Korxonada foydani taqsimlash tartibi. Korxona foydasini bir qismi ishlab 
chiqarish fondlariga to’plash uchun sarflanadi to’lovlar ulardan yaxshi foydalanishni 
ragbatlantirish uchun joriy qilingan. Sanoatning turli tarmoqlarida to’lovlar asosiy 
ishlab chiqarish fondlari vanormalashtiriladigan oborot mablag’lar qiymatining uch 
foizidan uch foizigachasini tashkil etadi. 
Qayd qilingan (renta) to’lovlar yordamida davlat tomonidan qisman ortiqcha 
foyda olinadi. Bu turli tabbiy sharoitlar, turli xil texnikaviy darajalar mahsulot turlari 
va xokazolar bilan ifodalandi. Bunday tafovutlar natijasida ba’zi bir korxonalarda 
qo’shimcha qiymat, ortiqchcha foyda vujudga keladi. Buni esa davlat undirib oladi. 
Qayd qilingan to’lovlarni undirish korxona ishini yaxshilashga bo’lgan moddiy 
manfaatdorlikni pasaytirilmagan xolda tashkil qilinadi. 
Fondlar uchun to’lovlar va qayd qilingan (renta) to’lovlari birinchi xolda
budjetga kushiladi. Bank kreditlari uchun foizlar ham to’lanadi. 
Foydaning qolgan qismi iqtisodiy rag’batlantirish fondini tashkil qilish
markazlashgan kapital qo’ylmalarini mablag’ bilan ta’minlash, bank kreditlarini to’lash, 
o’z oborot mablag’larini ko’paytirish, turar joy komunal xo’jaliklaridan foydalanish 
natijasida kurilgan zararni madaniy-maishiy muasssasalarni saqlash, harjatlarni qoplash, 
rezervlar tashkil etishga sarflanadi. Foydaning bundan keyingi qolgan qismi, ya’ni 
foydaning erkin qoldigi davlat budjetiga topshiriladi. 
Korxonada foyda hisobida uch xil iqtisodiy ragbatlantirish fondi tashkil etiladi: 
moddiy ragbatlantirish, ijtimoiy- madaniy tadbirlar va uy-joy kurilish, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish. 
Foydani hajmi butun korxona ishining samaradorligini to’la tarzda ifodalamaydi. 
Buning uchun yana bir ko’rsatgich rentabellik darajasidan ham foydalaniladi rentabellik 
xo’jalik faoliyatini foydasi va u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishning daromadligini 
ifoydalaydi. Rentabellik korxona yillik foydasining uning foizda ifodalangan asosiy 


154 
ishlab chiqarish fondlari va oborot mablag’larining o’rtacha yillik qiymatiga nisbatan 
iborat. Rentabellik darajasi quyidagi formula bilan hisoblanib chiqiladi: 
Rf q F=Ank Q Nok * 100 
Bu yerda F- foyda sum hisobida 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə