Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 
Ank 
- asosiy ishlab chiqarish fondlarini qiymati, sum hisobida 
 
Nok 
- normalashtirilgan oborot mablag’lari qiymati, sum hisobida
MAVZU BO’YICHA TAYANCH IBORALAR 
 
1.
Firma- foydani topish maqsadida ko’zlangan korxona, kompaniya, biron bir xo’jalik 
tashkiloti, xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga ko’ra xilma-
xil firmalar bor. Firmalarda band bo’lgan xodimlar soni 2-3 kishidan 20-30 ming 
kishidan iborat bo’lishi mumkin, firmalar barcha mulk turdari negizida davlat, 
kooperativ jamoa tashkilotlari va mahalliy shaxslari, shuningdek, aralash mulk 
negizida faoliyat ko’rsatadi. 
Hozirgi iqtisodiy hayotda firmalarning asosiy qismi nisbatan kichik va mayda. Yirik 
firmalar nisbatan mustaxkam ishlab chiqarish, texnologik va xom ashyo bazasiga ega 
bo’lib, Xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etadi, o’rtacha firmalar 
kooperatsiyalangan faol ishtirok etadi, o’rtacha firmalar kooperatsiyalangan hamda 
ixtisoslashgan qismlar va detallar ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadi. 
Mayda firmalar asosan tavarlar ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko’rsatish bilan 
shugullanadi. 
2.
Foyda – sotilgan mahsulot ( ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan tannarxi 
ayrimasi, qo’shimcha mahsulotning pul shakli. Foyda daromadning bir qismi. 
Foydaning muvozanat, hisob-kitob va qoldiq shakllari mavjud. Mahsulot tannarxini 
pasaytirish, jadallagtirish asosida ishlab chiqarish hajmini oshirish foyda o’sishining 
asosiy omillari hisoblanadi. 
3.
Rentabellik – Tarmoq yoki korxonaning fd olib ishlashi. Foyda olish darajasini 
ko’rsatadi. Foiz hisobida ifodalanadi. Ishlab chiqarish rentabelligi ma’lum davr 9 oy, 
chorak, yil) da kulga kiritilgan foyda miqdorining shu vaqtida foydalanilgan yillik 
asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma vositalari qiymati yig’indisiga yoki 
mahsulotni ishlab chiqarish, sotish harajatlarining tannarxi nisbati sifatida 
hisoblanadi. Mahsulot rentabelligi ayrim mahsulot to’rining daromaddorligi, 
foydaning aks ettiradi va mahsulot sotishdan olingan foydaning uning to’la 
tannarxiga nisbati bilan hisoblanadi. 
4.
Bankrotlik (sinish) – fukaro, firma korxona yoki bankning mablag’ yetishmasligidan 
o’z majburiyatlari bo’yicha qarzlarni to’lashga kurbi yetmasligi. Bankrotlikka 
uchrashning sabablari tovar ishlab chiqarishda qiymat qonunning amal qilishi, 
Raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi. Korxonaning bankrot deb e’lon qilinishi 
unga nisbatan qator saniralash tadbirlarni amalga oshirishni, unga har tomonlama 


155 
yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bozor sharoitida davlat tomonidan bankrot 
korxonalar o’z ahvollarini yaxshilab olishlari uchun ko’mak tarzida bir qator 
tadbirlar ko’riladi. Bankrot deb e’lon qilingan korxonalar asosan shu korxona jamoa 
a’zolariga ijaraga berilishi yoki boshqa korxonalarga sotilishi, ular bilan birlashib 
ketishi mumkin. 
5.
Tadbirkorlik – pul topish maqsadida va mas’uliyatni zimmaga olgan xolda biron 
iqtisodiy faoliyat bilan shugullanish; tashabbuskorona antibyurokratik xo’jalik 
faoliyat uslubi; muttasil Yangi imkoniyatlar qidirish, mahoratni ishga solib, qo’yilgan 
vazifalarni bajarish uchun turli manbalardan resurslarni jalb etish va undan 
foydalanishga asoslanadi. Tadbirkorlikni iqtisodiy mas’ul hisoblanadi, ish joyida 
isrofgarchilikka, noomilkkorlikka, uvuvsizlikga, ugrilikka yo’l qo’yilmaydi. 
Jumxuriyatimizda mayda va o’rta savdo, umumiy ovkatlanish va aholiga xizmat 
ko’rsatish korxonalarning xususiylashtirishi munosabati bilan xususiy tadbirkorlik 
ancha rivojlanadi. 
6.
Talab – to’lovga qobil ehtiyoj; bozorga chiqqan va keraqli miqdordagi pul bilan 
ta’minlangan ehtiyojni ifoda etadi. Talab ehtiyojdan kelib chikadi, haridga ajratilgan 
pul shaklida ifodalanadi. 
7.
Taklif – ishlab chiqaruvchilar bozorga sotishga tayorlagan( chiqargan) muayyan 
narxlarga ega tovarlar va xizmatlar miqdori. 
Inflyatsiya – muomalada xo’jalik oboroti ehtiyojlaridan ortiq darajada kogoz pullar 
miqdori ko’payib ketishi, puli massasining tovarlar massasidan ustinligi natijasida 
tovar bilan ta’minlangan pullarning paydo bo’lishi.
Ishlab chiqarish harajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga 
yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir. 
Ichki harajatlar- korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan qilingan harajatlar. 
Tashqi harajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga to’lovlarni amalga oshirishga 
ketgan harajatlar 
Doimiy harajat- Ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u o’zgarganda ham 
miqdorini o’zgartirmaydigan harajatlar. 
O’zgaruvchi harajat-ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir etadigan 
harajatlar. 
O’rtacha harajatlar – mahsulot birligiga to’g’ri keladigan harajatlar. 
Qo’shimcha harajatlar – mahsulotning navbatdagi qo’shimcha birligini ishlab 
chiqarishga qilinadigan harajatlar. 
To’g’ri harajatlar- mahsulot tannarxiga ustama bo’lib, narxda aks etadigan 
harajatlar. 
Egri harajatlar – mahsulot tannarxga ustama bo’lib, narxda aks etadigan 
harajatlar. 
Iqtisodiy yoki sof foyda – Yalpi pul tushumidan barcha harajatlar chiqarib 
tashlangandan keyin qolgan qismi. 


156 
Foyda massasi- foyda massasining ishlab chiqarish harajatlariga bo’lgan 
nisbatining foizdagi ifodasi. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə