150
takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yukotishlarni kamaytirish yo’li
bilan harjatlarni pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni
ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi.
Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan mahsulotlar kobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik miqdoriy
o’lchov darajsiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori samaradorlik ko’pincha
imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan xosil bo’lgan samaradorlikning
yuksalishini izohlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng yuqori maksimal
samaradorliklardan iborat ekanini izohlash kiyin emas. Har bir ist’emol qilinayotgan
Yangi tovar o’zining eng yuqori samaradorlik darajasiga teng samaradorlik darajasini
kengaytiradi.
Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko’ra navbatdagi har bir
ist’emol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajsi oldingi bosqichga nisbatan
past bo’ladi.
Demak, bir o’lchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha ne’matlar xosil qilish samarasi
oldingi bosqichda olingan natijalardan pastrok bo’ladi.
Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha jo’ziy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi.
Samaradorlikning umumiy ko’rsatgichi mehnat unumdorligidir. U umummahsulot
miqdori (MM) ning jonli mehnat (JM) sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi
kunlarda soatlarda hisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat sigimi degan
samaradorlik ko’rsatgichi ham qo’llanadi. Mehnat sigimi jonli mehnatni mahsulot
miqdoriga nisbatan orqali aniqlanadi. Mahsulotning material degan iqtisodiy ko’rsatgich
ham bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmoqda..
Material sigimi moddiy ashyolar sarfini (BM) mahsulot miqdori (MM) ga
nisbatan orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond
sigimi yoki fondlar qaytimi ko’rsatgichlari orqali o’lchanadi. Ko’rinib turibdiki jo’ziy
ko’rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda
mahsulotlar miqdori ko’rsatgichlari o’rnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami
ichki mahsulot, sof mahsulot, qo’shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda
milliy daromad kabi kategoriyalar qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniqsa, respublikamizning hozirgi sharoitida
samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, hozirgi davrda ko’pgina
resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi, zamonaviy
texnologiya yetishmaydi, kadrlar malakasi yuqori emas. Shuning uchun resurslardan
tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy sarmoyalarni eng
zarur sohalarga joylashtirish yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni
oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: