Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 


82 
 
 
 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va 
O’rta maxsus ta’lim vazirligi 
 
Andijon viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va 
 muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi 
 
 
 
OLTINKO’L IQTISODIYOT TEXNIKUMI 
 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI
Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati 
 
MAVZUSINING MA’RUZA MATNI 
“Ijtimoiy- gumanitar fanlar” kafedrasi 
O’qituvchi: 
Jo’rayeva Nazokatxon Ortiqaliyevna 
 
 
 
 


83 
 
 
 
 
 
Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati 
 
Reja: 
 
1.
 
Talab tushunchasi. Talab va bozor bahosi. 
2.
 
Talab qonuni. Talab o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar. 
3.
 
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif o’zgaruvchanligi va unga ta’sir 
etuvchi omillar.
4.
 
Talab va taklifning muvofiq kelishi. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy 
muvozanat. O’zbekistonda shuni ta’minlash. 
 
1. Talab tushunchasi. Talab va bozor bahosi. 
Insonlar hayotida turli ehtiyojlar 
paydo bo’ladi. Bular moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlardir. Ehtiyojlar jamiyat 
taraqqiyotining mahsulidir. Ehtiyojlarning harakteri, tuzilishi va ularni ta’minlash 
uslublari ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyot darajasi, fan-texnika taraqqiyoti, 
ijtimoiy to’zumning xususiyatlariga bog’liqdir. Ehtiyojlar ichida moddiy, iqtisodiy 
ehtiyojlar muhim bo’lib, ular ishlab chiqarish faoliyati bilan chambarchas bog’liq 
bo’lib, unda ishlab chiqarish ehtiyojlarining shakllanishi va taraqqiyotida asosiy ro’l 
o’ynaydi. 
Insonlar ehtiyoji ularning iste’molini qondirish borasidagi talabga aylanadi. 
Talabning asosi ehtiyojdir. Bozor pul bilan ta’minlanmagan ehtiyojga ahamiyat 
bermaydi. Demak, har qanday tovarga yoki xizmatga tug’ilgan ehtiyoj, albatta, sotib 
olish quvvatiga ega bo’lishi lozim. 
Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj talabga aylanadi va 
haridorlarning u yoki bu tovarni sotib olishga tayyorligini bildiradi.
Bozorda haridorlar 
u yoki bu tovarga talab bilan, sotuvchilar esa, tovar taklifi bilan o’zaro uchrashadilar. 
Talab-bu, zarur tovarlar va xizmatlar miqdori bo’lib, to’lovga qobil ehtiyojdir.
Talab tovarni sotib olishga tayyor haridor holatini namoyon etadi. Talab, eng 
avvalo o’z hajmiga ega. Bozorning bir tovarga bo’lgan talab hajmi-bu, haridorlarning 
ma’lum bir davrda biror turdagi tovarlarning muayyan miqdorini sotib olish 
xohishlaridir. Talab hajmi mazkur mahsulot bahosiga va boshqa ta’sirlarga bog’liqdir. 
Masalan, haridor daromadi, didi, boshqa tovarlar baholari va boshqalar. 
2. Talab qonuni. Talab o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar. 
Bozorda 
talab qonuni namoyon bo’lib, u tovarning bozor bahosi bilan unga bo’lgan talab miqdori 
o’rtasidagi aloqaning teskari bog’liqligini ifodalaydi. Agarda ma’lum bir tovarning 
bahosi pasaysa, mazkur tovarga bo’lgan talab ortadi. Agarda, tovarning bahosi ortsa, u 
holda mazkur tovarga bo’lgan talab uzayadi. Demak, tovarning bahosi va unga talab 
miqdori o’rtasida qarama qarshi munosabat mavjuddir. 


84 
Talab qonuni tubandagi uch sharoitda amal qilmaydi.
Chunonchi, 
avvalo

tovarlar baholarining o’sishi qutilishi munosabati bilan talabning o’ta kuchayishi 
sharoitida; 
ikkinchidan,
pulni joylashtirish maqsadida qimmmatbaho oltin, antikvariat 
kabi kamyob tovarlarga munosabatda; 
uchinchidan,
talabning bir tovardan ikkinchi 
sifatli tovarga kuchayishi sharoitida, talabning avvalgi muyan bir turdagi, ma’lum sifatli 
va baholi tovardan yanada sifatliroq va qimmatroq tovarga kuchayishidir. 
Talab qonuni birinchi marotaba fransuz olimi Kurno tomonidan ifodalangan.
Olim baho va talab munosabatlarini matematik usulda yechishga harakat qilib, talab 
qonuni baho vazifasining qisman ifodalanishini, talabning kamayishi jarayonini, ya’ni 
baho ko’tarilishi bilan talab pasayishini ko’rsatib bergan edi. Bunday fikrda jon bor va 
baho ko’tarilishi bilan talab kamayib, tovarlarni sotib olish uchun intilish susayishining 
yo’z berishi ma’lum narsa. 
Talabning bahoga bog’liqligi va unga qarab o’zgarishi talab qonunining 
mazmunini bildiradi.
Umuman, aytganda, talab qilinadigan tovarlar bilan baho 
o’rtasidagi bog’liqlik talab qonuni ta’sirida yo’z beradi. O’z navbatida, talab bahoga 
ta’sir o’tkazadi, ya’ni talabning ko’payishi bahoni ko’taradi va aksincha, talabning 
pasayishi bahoni pasaytiradi. Chunki busiz bozor muvozanati yo’zaga kelmaydi.
Talab iste’molchi-haridorning bozordagi harakatini ifodasi bo’lgani tufayli 
iste’molning reallashuvi talab qonuni ta’siriga bog’liqdir. Chunki, bunda 
iste’molchining daromadi, didi, istagi ro’yobga chiqishi kerak. Haqiqatdan ham talab 
o’sar ekan, haridor ko’proq tovar sotib olish, ko’proq xizmatlardan foydalanish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunga o’rinbosar tovarlar haridi ham ta’sir ko’rsatadi.
Bozordagi talab elastik (o’zgaruvchan) bo’ladi. Bu hodisa talab qonuni bilan 
izohlanadi. 
Talab qonuni bozordagi talab tovarlarning narxiga nisbatan teskari 
mutanosiblikda o’zgarishini bildiradi.
Talab qonuni narx darajasi bilan talab miqdorining teskari mutanosiblikda 
bog’liqligini ko’rsatadi. Uni

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə