83
Mavzu: Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati
Reja:
1.
Talab tushunchasi. Talab va bozor bahosi.
2.
Talab qonuni. Talab o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar.
3.
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif o’zgaruvchanligi va unga ta’sir
etuvchi omillar.
4.
Talab va taklifning muvofiq kelishi. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy
muvozanat. O’zbekistonda shuni ta’minlash.
1. Talab tushunchasi. Talab va bozor bahosi.
Insonlar hayotida turli ehtiyojlar
paydo bo’ladi.
Bular moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlardir. Ehtiyojlar jamiyat
taraqqiyotining mahsulidir. Ehtiyojlarning harakteri, tuzilishi va ularni ta’minlash
uslublari ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyot darajasi, fan-texnika taraqqiyoti,
ijtimoiy to’zumning xususiyatlariga bog’liqdir.
Ehtiyojlar ichida moddiy, iqtisodiy
ehtiyojlar muhim bo’lib, ular ishlab chiqarish faoliyati bilan chambarchas bog’liq
bo’lib, unda ishlab chiqarish ehtiyojlarining shakllanishi va taraqqiyotida asosiy ro’l
o’ynaydi.
Insonlar ehtiyoji ularning iste’molini qondirish borasidagi talabga aylanadi.
Talabning asosi ehtiyojdir. Bozor pul bilan ta’minlanmagan ehtiyojga ahamiyat
bermaydi. Demak, har qanday tovarga yoki xizmatga tug’ilgan ehtiyoj, albatta, sotib
olish quvvatiga ega bo’lishi lozim.
Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj talabga aylanadi va
haridorlarning u yoki bu tovarni sotib olishga tayyorligini bildiradi.
Bozorda haridorlar
u yoki bu tovarga talab bilan,
sotuvchilar esa, tovar taklifi bilan o’zaro uchrashadilar.
Talab-bu, zarur tovarlar va xizmatlar miqdori bo’lib, to’lovga qobil ehtiyojdir.
Talab tovarni sotib olishga tayyor haridor holatini namoyon etadi. Talab, eng
avvalo o’z hajmiga ega. Bozorning bir tovarga bo’lgan talab hajmi-bu, haridorlarning
ma’lum bir davrda biror turdagi tovarlarning muayyan miqdorini sotib olish
xohishlaridir. Talab hajmi mazkur mahsulot bahosiga va boshqa ta’sirlarga bog’liqdir.
Masalan, haridor daromadi, didi, boshqa tovarlar baholari va boshqalar.
2. Talab qonuni. Talab o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar.
Bozorda
talab qonuni namoyon bo’lib, u tovarning bozor bahosi bilan unga bo’lgan talab miqdori
o’rtasidagi aloqaning teskari bog’liqligini ifodalaydi. Agarda ma’lum bir tovarning
bahosi pasaysa, mazkur tovarga bo’lgan talab ortadi. Agarda, tovarning bahosi ortsa, u
holda mazkur tovarga bo’lgan talab uzayadi. Demak, tovarning
bahosi va unga talab
miqdori o’rtasida qarama qarshi munosabat mavjuddir.
84
Talab qonuni tubandagi uch sharoitda amal qilmaydi.
Chunonchi,
avvalo
,
tovarlar baholarining o’sishi qutilishi munosabati bilan talabning o’ta kuchayishi
sharoitida;
ikkinchidan,
pulni joylashtirish maqsadida qimmmatbaho oltin, antikvariat
kabi kamyob tovarlarga munosabatda;
uchinchidan,
talabning
bir tovardan ikkinchi
sifatli tovarga kuchayishi sharoitida, talabning avvalgi muyan bir turdagi, ma’lum sifatli
va baholi tovardan yanada sifatliroq va qimmatroq tovarga kuchayishidir.
Talab qonuni birinchi marotaba fransuz olimi Kurno tomonidan ifodalangan.
Olim baho va talab munosabatlarini matematik usulda yechishga harakat qilib, talab
qonuni baho vazifasining qisman ifodalanishini, talabning kamayishi jarayonini, ya’ni
baho ko’tarilishi bilan talab pasayishini ko’rsatib bergan edi. Bunday fikrda jon bor va
baho ko’tarilishi bilan talab kamayib, tovarlarni sotib olish uchun intilish susayishining
yo’z berishi ma’lum narsa.
Talabning bahoga bog’liqligi va unga qarab o’zgarishi talab qonunining
mazmunini bildiradi.
Umuman, aytganda, talab qilinadigan tovarlar bilan baho
o’rtasidagi bog’liqlik talab qonuni ta’sirida yo’z beradi. O’z navbatida, talab bahoga
ta’sir o’tkazadi, ya’ni talabning ko’payishi bahoni ko’taradi
va aksincha, talabning
pasayishi bahoni pasaytiradi. Chunki busiz bozor muvozanati yo’zaga kelmaydi.
Talab iste’molchi-haridorning bozordagi harakatini ifodasi bo’lgani tufayli
iste’molning reallashuvi talab qonuni ta’siriga bog’liqdir. Chunki, bunda
iste’molchining daromadi, didi, istagi ro’yobga chiqishi kerak.
Haqiqatdan ham talab
o’sar ekan, haridor ko’proq tovar sotib olish, ko’proq xizmatlardan foydalanish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunga o’rinbosar tovarlar haridi ham ta’sir ko’rsatadi.
Bozordagi talab elastik (o’zgaruvchan) bo’ladi. Bu hodisa talab qonuni bilan
izohlanadi.
Talab qonuni bozordagi talab tovarlarning narxiga nisbatan teskari
mutanosiblikda o’zgarishini bildiradi.
Talab qonuni narx darajasi bilan talab miqdorining
teskari mutanosiblikda
bog’liqligini ko’rsatadi. Uni
Dostları ilə paylaş: