E
k.
q Tb :V q 32:20 q1,6
Demak,
E
k.
q 1,6
yoki birdan ortiq, ya’ni
E
k.>1
Talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini, foyda topish
bilan bozorni to’ydirib, farovonlikni ta’minlashni uyg’unlashtiradi.
Talabning o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
1)
Iste’molchilar xohish-istagi.
Aholining milliy urf-odatlari, an’analari,
yashayotgan makonining tabiiy iqlim sharoiti, madaniyat darajasi va ular bilan bog’liq
haridorlar xohish-istagi, muayyan sharoitdagi moda ta’siri talabni vujudga keltiradi.
Kiyim tayyorlanayotgan xom-ashyoning o’zgarishi, tikilayotgan kiyim texnologiyasi,
modelining o’zgarishi kabilar ta’sirida ma’lum bir tovarlarga talab o’zgaradi. Natijada,
Yangi turdagi tovarlarga talab kuchayadi;
2)
Aholi tarkibidagi o’zgarishlar.
Aholi tarkibi o’ziga xos talabni shakllantiradi.
Hozirgi O’zbekistonda
aholi
tarkibida 15 yoshgacha bolalar katta salmoqqa ega. Agar
keksalar, qariyalar ko’paysa, meditsina xizmati kabi tovarlarga talab o’sadi. Bu holda
avvalgi, yoshlar salmog’i ko’p bo’lgan sharoitdagi talab, albatta, o’zgaradi;
3)
Aholi pul daromadlarining o’zgarishi.
Aholi pul daromadlarining o’sishi
tovarlarga miqdoriy talablarning ko’payishigagina olib kelmay, mebel televizor,
maishiy xizmat jixozlari va texnikasi hamda yuqori sifatli oziq-ovqatlarga bo’lgan
talabni kuchaytiradi. Agar aholi pul daromadlarining o’zgarishi asosida iste’mol
to’zulushida o’zgarish bo’lib, ular ish haqlarining 14% dan ko’p qismiga oziq-ovqat
harid qilinsa, u holda arzon oziq-ovqatlarga talab kuchayib, sifatli uy-ro’zg’or
tovarlariga talab pasayadi. Bu mamlakat esa kambag’al deb e’tirof etiladi;
4)
Dostları ilə paylaş: |