86
7)
Pulning qadrsizlanishining qutilishi bo’yicha shov-shuvlar
insonlar o’rtasida
ma’lum tovarlarga talabni kuchaytiradi. O’tish davrida talab hajmini aniqlash va u
to’g’risida ma’lum bir hisob-kitoblar qilish juda murakkab va qiyindir.
8)
Reklama ham talab darajasiga ta’sir qiladi.
Radio, televidenie, matbuotdagi
reklamalar hamda tovarning yuqori sifatli va haridorni jalb etuvchi shaklda o’ralishi.
qadoqlanishi, jilo berilishi hamda uning muayyan afzalliklari va qaerda sotilishi kabi
axborotlar mazkur tovarga talabni kuchaytiradi.
Talabning to’zulishi yuqoridagi omillardan tashqari yana bir necha sabablarga
ham bog’liq bo’ladi. O’tish davri iqtisodiyotida talabning to’zulishi murukkab bo’lib,
uni to’la aniqlash juda qiyindir. Tanqislik, pulning qadrsizlanish darajasining yuqoriligi
natijasida aholi imkoniyati boricha o’z mablag’larini, ko’pincha, oziq-ovqat zahiralarini
to’plash uchun sarf qiladi. Natijada, talab to’zulishi soddalashadi.
Talabni o’zgartirish uchun nafaqat narxga, balki daromadga ham e’tibor berish
darkor. Daromad kam bo’lsa talab qisqaradi, bozor torayib, ishlab chiqarish o’smay
qoladi, natijada tadbirkorlar foyda ola bilmaydilar. Iqtisodiyotning o’sish sharti
daromadni ko’paytirishdir. Binobarin, tadbirkorlar ishchi va xizmatchilarni yaxshi
daromad bilan ta’minlasalar, ularning ishi yurishadi.
Ilg’or, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida esa talab, asosan, sifatli oziq-
ovqatlar va boshqa mahsulotlarga o’smoqda.
Bundan tashqari haridor bozorda tovar yoki xizmat sotib olayotganda mazkur
tovarning unga qanchalik foyda yoki naf keltirishini hisobga olib harid qiladi.
Dostları ilə paylaş: