Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


O’rnini bosuvchi tovarlar bahosining o’zgarishi



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

O’rnini bosuvchi tovarlar bahosining o’zgarishi.
Masalan, saryog’ 
bahosining o’zgarishi margarinning bahosini o’zgarishiga olib keladi. Saryog’ 
bahosining o’sishi uni o’rnini bosuvchi margaringa bo’lgan talabning ko’payishiga olib 
keladi. 
5) 
Bir birini to’ldiruvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. 
Bozorda benzin 
bahosining ko’tarilishi avtomobillarga bo’lgan talabni qisqarishiga yoki kamroq benzin 
iste’mol qiluvchi avtomobillarga talabni ortishiga olib keladi. YOki fotoplyonka 
narxining o’sishi uni ishlatish uchun zarur to’ldiruvchi fotoapparatlarga bo’lgan talabni 
ma’lum darajada kamayishiga olib keladi;
6) 
Bozor miqyoslarini. 
Ma’lumki, bozorlar o’z ko’lamiga binoan mahalliy, 
regional, milliy va jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor miqyoslari qanchalik kattalashsa, 
ma’lum tovarlarga bo’lgan talab shunchalik o’sadi, talab ham o’z navbatida o’z hajmini 
kuchaytiradi; 


86 
7) 
Pulning qadrsizlanishining qutilishi bo’yicha shov-shuvlar 
insonlar o’rtasida 
ma’lum tovarlarga talabni kuchaytiradi. O’tish davrida talab hajmini aniqlash va u 
to’g’risida ma’lum bir hisob-kitoblar qilish juda murakkab va qiyindir. 
8)
Reklama ham talab darajasiga ta’sir qiladi. 
Radio, televidenie, matbuotdagi 
reklamalar hamda tovarning yuqori sifatli va haridorni jalb etuvchi shaklda o’ralishi. 
qadoqlanishi, jilo berilishi hamda uning muayyan afzalliklari va qaerda sotilishi kabi 
axborotlar mazkur tovarga talabni kuchaytiradi. 
Talabning to’zulishi yuqoridagi omillardan tashqari yana bir necha sabablarga 
ham bog’liq bo’ladi. O’tish davri iqtisodiyotida talabning to’zulishi murukkab bo’lib, 
uni to’la aniqlash juda qiyindir. Tanqislik, pulning qadrsizlanish darajasining yuqoriligi 
natijasida aholi imkoniyati boricha o’z mablag’larini, ko’pincha, oziq-ovqat zahiralarini 
to’plash uchun sarf qiladi. Natijada, talab to’zulishi soddalashadi. 
Talabni o’zgartirish uchun nafaqat narxga, balki daromadga ham e’tibor berish 
darkor. Daromad kam bo’lsa talab qisqaradi, bozor torayib, ishlab chiqarish o’smay 
qoladi, natijada tadbirkorlar foyda ola bilmaydilar. Iqtisodiyotning o’sish sharti 
daromadni ko’paytirishdir. Binobarin, tadbirkorlar ishchi va xizmatchilarni yaxshi 
daromad bilan ta’minlasalar, ularning ishi yurishadi.
Ilg’or, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida esa talab, asosan, sifatli oziq-
ovqatlar va boshqa mahsulotlarga o’smoqda. 
Bundan tashqari haridor bozorda tovar yoki xizmat sotib olayotganda mazkur 
tovarning unga qanchalik foyda yoki naf keltirishini hisobga olib harid qiladi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə