Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Tovarning nafligi uni iste’mol qilishda haridor oladigan qoniqishdir



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 
Tovarning nafligi uni iste’mol qilishda haridor oladigan qoniqishdir. 
Lekin, bozor iqtisodiyotida tovar nafligining kamayib borishi qonuni bor, unga 
ko’ra har bir harid qilingan keyingi tovarni iste’mol qilishdan olingan qoniqish 
pasayishga moyil bo’ladi, chunki iste’mol darajasi oshgan sari undan tuyinish xosil 
bo’ladi. 
Masalan, zo’r ishtaxa bilan tanovvul qilingan taom bora-bora haridorga 
keltiradigan nafini kamaytirib boradi va undan tuyinish xosil bo’ladi. Shunda haridor 
xohish-istaglari va didi o’zgarib boradi yoki avvalgi tovarga bo’lgan talab so’nadi.
Naflikning pasayish qonuni shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqaruvchi o’z mavqeini 
saqlab qolish uchun bozorning tuyinishini hisobga olib, nafligi yuqori bo’lgan Yangi 
tovarlarni bozorga ko’plab chiqarib turishi kerak. Shundagina ishlab chiqaruvchi o’z 
mahsulotlarini bozorda sotish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Xulosa qilib aytsak, talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini, 
foyda olish va bozorni tuyintirish orqali aholi farovonligi ta’minlanishini 
uyg’unlashtiradi. 
3. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif o’zgaruvchanligi va unga ta’sir 
etuvchi omillar.
Talabni qondirish uchun zarur bo’lgan yana bir iqtisodiy kategoriya - 
taklifdir. Talab bor joyda taklif ham paydo bo’la boshlaydi. Chunki ma’lum ehtiyojlarni 
qondirish uchun odamlar mehnat ya’ni ishlab chiqarish jarayoni orqali hayot uchun 
zaruriy ne’matlar ishlab chiqara boshlaydilar. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan 
vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish uchun haridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va 
xizmatlar miqdoridir. 
Bozorda taklif qonuni amal qiladi. Taklif qonuniga muvofiq barcha omillar teng 
bo’lgan sharoitda taklif bahoning o’zgarishiga binoan o’zgaradi. Demak, tovar 


87 
bahosining o’sishi taklifni ko’paytiradi, va aksincha, tovar bahosining pasayishi taklif 
etilayotgan tovarlar miqdorini kamaytiradi. Taklif qonuniga muvofiq ma’lum tovarlar 
bahosining ortishi bilan ishlab chiqaruvchilar foyda olish uchun mazkur tovarlar yoki 
xizmatlarni ko’plab yaratadilar. Natijada taklif ortadi. Tovarlar va xizmatlar 
miqdorining o’sishi taklifning ortishiga hamda talabning pasayishi bilan bahoning ham 
pasayishiga olib keladi. 
Taklif talabga qarab o’zgarib turadi. Uning o’zgarishini taklif qonuni izohlaydi. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə