|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiTovar ishlab chiqaruvchilar soniQayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiTovar ishlab chiqaruvchilar soni.
Ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p
bo’lsalar, ular shunchalik ko’p tovarlarni taklif etadilar, chunki ular ishlab chiqarishni
kengaytirib, ko’proq daromad olishga intiladilar.
Hulosa qilib aytadigan bo’lsak, talab va taklif qonunlarining namoyon bo’lishi
bilan bozor yo’zaga keladi va uning asosiy amal qilish mexanizmiga aylanadi.
4. Talab va taklifning muvofiq kelishi. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy
muvozanat O’zbekistonda shuni ta’minlash.
Bozor iqtisodiyotida talab va taklif baho
orqali bir-biri bilan bog’lanadi. Ular juda o’zgaruvchan bo’lib, bunga ta’sir etuvchi
omillar juda ko’p. Bozor iqtisodiyoti talab va taklifning mos kelishini taqozo etadi.
Bunday moslik bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining talabidan kelib chiqadi. Chunki, busiz
iqtisodiy o’sish amalga oshmaydi.
Bozordagi haqiqiy baho talab bilan taklifning o’zaro harakati tufayli yo’zaga
keladi.
Talab va taklif muvofiq bo’lgandagi baho muvozanat baho deyiladi.
Talab va taklifning bir-biriga monand bo’lishi bozor iqtisodiyotining eng muhim
talabidir. Faqat talab va taklif bir-biriga mos kelgan sharoitdagina oldi-sotdi barqaror
amalga oshadi. Talab va taklif miqdori, ularning tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq
kelgan mana shu holat bozor muvozanatidir. Shu asosida iqtisodiy o’sish yo’z beradi,
ishlab chiqarish rivojlanadi, iqtisodiyot borgan sari o’sadi.
Talab va taklif muvozanatda bo’lishi uchun bo’lgan sotuvchi va haridorlar
harakati to’rt hil o’zgarishni o’z ichiga oladi:
a) muvozanatlashgan tovar miqdori va bahosining o’sishi talabning o’sishini
bildiradi;
b) muvozanatlashgan tovar miqdori va bahosining pasayishi talabning
pasayishini ko’rsatadi;
v) muvozanatlashgan tovar miqdorining ko’payishi va bahosining pasayishi
taklifning ko’payishini bildiradi;
g) muvozanatlashgan tovar miqdorining kamayishi va bahoning ko’tarilishi
taklifning qisqarishini bildiradi.
Muvofiqlik muvozanat baho orqali yo’zaga keladi. Bozor qatnashchilari
harakatining umumiylashuvi, bir-birlariga tushunarli ravishda bo’lishi, bir-biri bilan
kelisha oladigan darajaga yetkazish talab va taklif muvozanatining yo’zaga kelishi
tufayli amalga oshadi. Bunda xabarchi, ko’rsatqich ro’lini
Dostları ilə paylaş: |
|
|