Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


  Mavzu bo’yicha tayanch iboralar



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 


91 
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar 
 
1. Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj talabga aylanadi va haridorlarning u yoki bu 
tovarni sotib olishga tayyorligini bildiradi. 
2. Talab-bu, zarur tovarlar va xizmatlar miqdori bo’lib, to’lovga qobil ehtiyojdir.
3. Talab qonuni tubandagi uch sharoitda amal qilmaydi.
Chunonchi, 
avvalo

tovarlar baholarining o’sishi qutilishi munosabati bilan talabning o’ta kuchayishi 
sharoitida; 
ikkinchidan,
pulni joylashtirish maqsadida qimmmatbaho oltin, antikvariat kabi 
kamyob tovarlarga munosabatda; 
uchinchidan,
talabning bir tovardan ikkinchi sifatli tovarga kuchayishi sharoitida, 
talabning avvalgi muyan bir turdagi, ma’lum sifatli va baholi tovardan yanada sifatliroq 
va qimmatroq tovarga kuchayishidir. 
4. 
Talab qonuni birinchi marotaba fransuz olimi Kurno tomonidan ifodalangan.
Olim baho va talab munosabatlarini matematik usulda yechishga harakat qilib, talab 
qonuni baho vazifasining qisman ifodalanishini, talabning kamayishi jarayonini, ya’ni 
baho ko’tarilishi bilan talab pasayishini ko’rsatib bergan edi. 
5. 
Talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini, 
foyda topish 
bilan bozorni to’ydirib, farovonlikni ta’minlashni uyg’unlashtiradi. 
6. Narxning o’zgarishiga nisbatan talabning o’zgarish darajasi talabning
 
elastikligi
deyiladi. 
7. 
Tovarning nafliligi 
uni iste’mol qilishda haridor oladigan qoniqishdir. 
8. Talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini, foyda olish va 
bozorni tuyintirish orqali aholi farovonligi ta’minlanishini uyg’unlashtiradi. 
9. 
Taklif qonuni 
taklifning miqdori narxga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda
o’zgarishini ifodalaydi. 
10. Narx o’zgarishiga nisbatan taklifning o’zgarish darajasi
taklif elastikligi
deyiladi. 
11. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish 
uchun haridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. 
12. Talab va taklif qonunlarining namoyon bo’lishi bilan bozor yo’zaga keladi va 
uning asosiy amal qilish mexanizmiga aylanadi.
13. Talab va taklif muvofiq bo’lgandagi baho
 
muvozanat baho deyiladi.
14. Bozordagi to’qnashuv, munosabat tufayli talab va taklifning miqdoriy 
jihatdan baho bo’yicha bir-biriga tengligi, moslashuvi yo’z berib, bozor muvozanatini 
ta’minlaydi. Muvozanatsiz bozor me’yorsiz holatda bo’ladi. 
15. Bozor bahosi-muvozanatli bahoga teng bo’lmasa, sotuvchilar va haridorlar 
muayyan sharoitdagi bahoni muvozanat bahosi tomon yo’naltiradilar. 
Haridor o’z 
talablariga muvofiq tovar yoki xizmatlar hajmini bozor bahosi muvozanat bahosiga 
muvofiq bo’lgan sharoitda sotib oladi. Sotuvchilar esa o’zlari belgilagan tovarni yoki 
xizmatni aynan shu vaziyatda pullaydilar. 
 


92 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə