Qilish qoidalarini tasdiqlash haqida



Yüklə 133,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix11.12.2023
ölçüsü133,4 Kb.
#147719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2348-сон 31.03.2012. Fizioterapevtik bo‘linmalar (kabinetlar) xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida

I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar fizioterapevtik davolash ishlarini olib boruvchi bo‘linma (kabinetlar)
(bundan buyon matnda bo‘linmalar deb yuritiladi)larga taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar bo‘linmalarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta
jihozlashda, davolash jarayonlari hamda asbob-uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari
bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga
rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan,
jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan
saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikning umumiy talablari


1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat
muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi 
namunaviy nizomga
 (ro‘yxat raqami 273, 1996-
yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Bo‘linmalarda quyidagi asosiy hujjatlar yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-
sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga
muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan
o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch
bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum
mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.

Yüklə 133,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə