Qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati



Yüklə 133,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix11.12.2023
ölçüsü133,4 Kb.
#147719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2348-сон 31.03.2012. Fizioterapevtik bo‘linmalar (kabinetlar) xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida

4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
13. Bo‘linma o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga
xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori
harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa
ishlar kiritilishi shart.
14. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi
bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
15. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga
muvofiq amalga oshirilishi lozim.


16. Fizioterapevtik bo‘linma qarashli bo‘lgan tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni
rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga
oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
17. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan
standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan
foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
18. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish,
havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asbob-uskunalari, yorug‘likdan
himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda asbob-uskunalar yuzasini
yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
19. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha
xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va bo‘linmani qurish yoki qayta qurish loyihalariga
kiritilishi lozim.
20. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan
miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari
qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb
qilinishi taqiqlanadi.
21. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya
xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
22. Bo‘linmada quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi.
23. Bo‘linmalar xodimlari Sog‘liqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun
maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul
berishning 
namunaviy me’yorlariga 
(ro‘yxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 391-modda) muvofiq yakka tartibdagi
himoya vositalari bilan bepul ta’minlanishi lozim.

Yüklə 133,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə