Qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni



Yüklə 133,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix11.12.2023
ölçüsü133,4 Kb.
#147719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2348-сон 31.03.2012. Fizioterapevtik bo‘linmalar (kabinetlar) xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida

2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni
tashkil etish
7. Bo‘linmalar xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari,
ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
8. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat
muhofazasi bo‘yicha o‘qitishni va bilimlarni sinashni tashkil qilish to‘g‘risidagi 
namunaviy nizomga
(ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
9. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi
bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi 
nizomga
 (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar)
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari
axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda xodimlarining ish joylarini ushbu
yo‘riqnomalar bilan ta’minlash fizioterapevtik bo‘linmalar qarashli bo‘lgan tashkilot rahbariyati
zimmasiga yuklatiladi.
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
10. Bo‘linmalar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning
tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik
darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
11. Ish joylaridagi muhit hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va
mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali
belgilanishi lozim.
12. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish
uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga
tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.

Yüklə 133,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə