Qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 133,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix11.12.2023
ölçüsü133,4 Kb.
#147719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
2348-сон 31.03.2012. Fizioterapevtik bo‘linmalar (kabinetlar) xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida

10-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
41. Bo‘linmada suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki
suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
42. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv
quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
43. Ichimlik suvining harorati 8 S dan 20 S gacha bo‘lishi kerak.
44. Bo‘linmalardagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
45. Bo‘linmada kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan
kelishilgan holda tashqarida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l
yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
11-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
0
0
0
S
0
0
0
0


46. Bo‘linmalarni tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga
mos bo‘lishi lozim.
47. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida
kamida ikki marotaba tozalash lozim.
48. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali
amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
49. Bo‘linmalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi
ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
50. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma
elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Asbob-uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar,
bug‘lantirish kameralari va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr
yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
51. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan
bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali
egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
52. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
53. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari
bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
54. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarning ulanishi taqiqlanadi.
Avariya yoritqichlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.

Yüklə 133,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə