Qimmatli qog‘ozlar


Qimmatli qog‘ozlar va emissiya risolasini chiqarishni ro‘yxatdan



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə63/82
tarix31.12.2021
ölçüsü209,85 Kb.
#82212
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
qimmatli qogozlar

Qimmatli qog‘ozlar va emissiya risolasini chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish. Ushbu operatsiyani emitent-bank qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organida amalga oshiradi.

  • Emissiya risolasini nashr etish va qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida chop etish. Buning uchun emitent–bank, odatda, risolani alohida broshyura shaklida, ko‘pchilik xaridorlarni xabardor qilish uchun yetarlicha miqdorda nashr ettiradi.

  • Qimmatli qog‘ozlarni sotish. Emitent-bank qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazib, emissiya risolasi va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi xabarni tarqatganidan keyingina ularni sotishni boshlashi mumkin. Emissiya risolasi ro‘yxatdan o‘tkazilmaguniga qadar o‘z qimmatli qog‘ozlarini reklama qilish man etiladi. Aksiyalarni joylashtirish xaridor bilan tuzilgan muayyan miqdordagi aksiyalarni oldi–sotdi shartnomasiga asosan so‘mlarga sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank vositachilar – brokerlik firmalari bilan maxsus vositachilik va topshiriq shartnomalari tuzib, ularning xizmatidan foydalanishi mumkin. Sotilgan aksiyalarning soni chiqarilishi mo‘ljallangan va ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan aksiyalar sonidan oshmasligi shart.


  • Yüklə 209,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə