Qimmatli qog‘ozlar


Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə60/82
tarix31.12.2021
ölçüsü209,85 Kb.
#82212
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
qimmatli qogozlar

Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok


etish maqsadlari

Qayd etib o‘tilganidek, qimmatli qog‘ozlar bozorining barcha qatnashchilari orasida banklar shu bilan farqlanadiki, ular bir yilning o‘zida fond bozorining qonunchilik bilan ruxsat berilgan deyarli barcha moliyaviy vositalarida: aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari va veksellarda emitentlar sifatida qatnashishi mumkin.

Banklar faoliyatida o‘z shaxsiy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ish katta o‘rin tutadi. O‘zbekistonda, xususan, banklarning aksariyat ko‘pchilik qismi aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo‘lib, bu hol ustav fondlarini shakllantirish uchun avvalambor ushbu qimmatli qog‘ozlarning muomalaga chiqarilishini ko‘zda tutadi. O‘sha davr emissiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iborat ediki, banklarning e’lon qilingan ustav kapitali bir necha yillar davomida real shakllanganidan ancha yuqori bo‘lar edi, bank aksiyadorlari esa, avvalambor ularning mijozlari bo‘lgan edi.

Har bir bank emissiya siyosati (qimmatli qog‘ozlarni chiqarish) to‘g‘risida ishlab chiqilgan va Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizomiga ega bo‘lishi kerak, unda majburiy tartibda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi lozim:

·bank emissiya faoliyatining strategiyasi va maqsadlari (ustav kapitalini shakllantirish, likvidlikni qo‘llab – quvvatlash, qarz mablag‘larini jalb etish);

·bank tomonidan chiqarilishi rejalashtirilayotgan qimmatli qog‘ozlar turi va xillari, emissiya muddatlari;

·qimmatli qog‘ozlar likvidliligi va aylanishini qo‘llab – quvvatlash;

·qarz majburiyatlarining o‘z yilida to‘lanishini ta’minlash.

Tijorat banklarining o‘z aksiyalarini chiqarish va ularni ochiq bozorda joylashtirishdan manfaatdorligi bir qancha shart–sharoitlar bilan izohlanadi. Eng avvalo bu – bank passivlarini shakllantirish zaruriyatidir. O‘z kapitallarini doimiy ravishda qadrsizlantirib turadigan inflatsiya, banklarning uzoq muddatli depozitlarni jalb etish imkoniyatidan mahrum qiladi. Shu sababli nisbatan uzoq muddatli qo‘yilmalarni amalga oshirish uchun banklar o‘sib borayotgan miqdorlarda o‘z kapitalidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Yana shuni qayd etish kerakki, tijorat banklari tomonidan ustav sarmoyasini ko‘paytirish va qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish, qayta tuzilmaviy o‘zgarishlar qilish – aksiyadorlarning ulushini o‘zgartirish uchun foydalaniladi. Nihoyat, ilgari qayd etilganidek, tijorat banki ustav sarmoyasining eng kichik miqdoriga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, tegishli tartibga solib turuvchi tashkilotlar (Vazirlar Maxkamasi, Markaziy bank) tomonidan banklar uchun belgilangan iqtisodiy me’yorlar mavjud bo‘lib, ularga rioya etish shartdir.

MDH davlatlarida tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish tartibi, odatda, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:




    1. Yüklə 209,85 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə