Qirqquloqsimonlilar


Qarag`aysimonlar-Pinopsida



Yüklə 55,19 Kb.
səhifə10/14
tarix13.06.2023
ölçüsü55,19 Kb.
#117005
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qarag`aysimonlar-Pinopsida sinfi (ajdod).
Sinf vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Ularning Er sharida 8 ta oila, 55 ta turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi. Sinf ikki sinfchaga: kordaitkabilar va qarag`aykabilarga bo‟linadi. Kordaitkabilar sinfchasining vakillari karbon davridan permning oxirigacha o‟sib, keyinchalik qirilib ketgan.
Ular bitta qabila (Kordaitnamolar - Cordaitales) va bittadan oiladan (Kordaitdoshlar-Cordaitaceae) ga bo‟linadi. Kordaitlar yirik daraxtlar bo‟lib, ularning balandligi 20 m dan to 30 m gacha etgan. Poyasida ikkilamchi ksilema ham yaxshi taraqqiy etgan. Poyasida ikkilamchi ksilema ham yaxshi taraqqiy etgan bo‟lgan. Barglari bir necha sm dan to 1 m gacha uzunlikda va 1-2 sm kenglikda bo‟lib, ular qalami, nashtarsimon, ellipssimon, teskari tuxumsimon shakllarga ega bo‟lgan. Barglarning oralig`ida joylashgan qubbalarining uzunligi 30 sm gacha etgan. Keyingi ma‟lumotlar urug`larida murtak izlari borligi aniqlangan. Strobillari bir jinsli bo‟lgan. Kordaitlarga urug`li qirqquloqlardan kelib chiqqan deb qaraladi.

Qarag`aykabilar (Pinidae)


Sinfcha 7 ta qabila, 7 ta oila va 55 ta turkumga mansub 560 dan ziyod turni birlashtiradi. Ilmiy manbalarda keltirilgan 7 qabiladan 2 tasi bizgacha etib kelmagan, qolgan 5 tasi quyidagilardan iborat:

  1. Araukariyanamolar (Araucariales) - qabilasi 2 ta turkum, 35 ta turdan iborat. Ularga Janubiy yarim shardagi tropik hududlarda tarqalgan daraxtlar kiradi.

  2. Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi.

  3. Sarvnamolar (Cupressales) qabilasi

  4. Tissanamolar (Taxales)-qabilasi doim yashil va butalardan tashkil topgan. Qabila 2 ta oilaga mansub 20 ta turni o‟z ichiga oladi. Ular asosan Shimoliy yarim shardagi issiq hududlarda tarqalgan.

  5. Podokarpnamolar (Podocarpales) qabilasi ochiq urug`li o‟simliklarning eng takomillashgan guruhini o‟z ichiga oladi bitta oila (Polakarpdoshlar-Podocarpaseae), 9 ta turkum va 140 ta turdan tashkil topgan. Ular asosan janubiy Yarim sharda tarqalgan.

Qarag`aykabilar sinfchasiga kiruvchi turlar Shimoliy Evrosiya va Shimoliy Amerikada katta o‟rmonlarni hosil etadi. Janubiy yarim sharda esa ular ko‟proq mo‟‟tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Ayniqsa, Xitoyning Janubiy-Sharqiy va markaziy qismida, Tayvanda, Yaponiyada, Yangi Kaledoniyada, Tasmaniya, Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qismida, Chili Janubida, Yangi Zellandiyada, yangi Gvinieyada tarqalgan.
Qarag`aykabilar sinfchasi vakillarining tarixi karbondan (370 mln. yillar muqaddam) boshlanidi. Trias davrida (240 mln. yillar muqaddam) ular Shimoliy yarim sharning o‟simliklar qoplamida katta rol o‟ynagan.
Qarag`aykabilarning ko‟pchilik turlari baland bo‟yli, ayrimlari esa gigant daraxtlardan iborat. Masalan: Kaliforniyada o‟suvchi doim yashil sekvoyning (Sequoia sempervirens) balandligi 110 m gacha, poyasining diametri esa 10 m gacha etgan. Meksika taksoidnumi poyasining diametri 16 m, mamont daraxti poyasining yo‟g`onligi esa 12 m ga etgan. Mamont daraxtlaridan ayrim turlarining 3000 dan ziyod yoshda ekanligi aniqlangan. Qarag`aykabilar orasida yoshi jihatdan eng kattasi Shimoliy Amerika qarag`ayi sanaladi. Nevida sharqida topilgan daraxtning yoshi taxminan 4900 yoshga teng deb aniqlangan. Gigant daraxtlar bilan bir qatorda, ular orasida podakarpdoshlar oilasiga mansub er bag`irlab o‟sadigan turlari ham bor. Bu sinfcha vakillarida o‟zak qavat kam taraqqiy etgan. Uni tashqi tomondan yaxshi rivojlangan ikkilamchi yog`ochlik o‟rab olgan. Undan so‟ng kambiy, kambiydan tashqarida ikkilamchi floema joylashgan. Poyani tashqi tomondan qalin po‟stloq qavat qoplab olgan. Ularga xos belgilardan yana biri po‟stloq va yog`och qavatida smola yo‟llari (kanallari) ning bo‟lishidir.
Sinfcha vakillarining barglari asosan ignasimon yoki tangachasimon. Eng yirik ignasimon barg Shimoliy Amerikada o‟suvchi botqoq qarag`ayi (pinus palustris) niki bo‟lib, uning uzunligi 45 sm ga etadi.
Aksincha ko‟pchilik sarvlarning barglari kichik tangachasimon bo‟lib, shoxlar bilan qo‟shilib o‟sgan. Qarag`aykabilar asosan urug`lari orqali ko‟payadi. Qubbalari ayrim jinsli. Ayrim vakillari qubbalar to‟p bo‟lib, murakkab qubbalarni hosil etadi. Har bitta daraxtda ko‟p sondagi mikrosporalar hosil bo‟ladi.
Sinfcha vakillarining urg`ochi (urug`chi) qubbasi ham xilma-xil. Tisslarda qubba taraqqiy etmagan.
Qarag`aykabilar asosan shamol yordamida changlanuvchi o‟simliklar bo‟lganligi sababli erkaklik (changchi) urg`ochi (urug`chi) urug` kurtakning chang yo‟li orqali chang kamerasiga borib tushadi. Changlanishdan so‟ng ma‟lum vaqt o‟tgandan keyin urug`lanish jarayoni boshlanadi.
Urug`lanish jarayonidan so‟ng urug` kurtakdan urug` hosil bo‟ladi.
Qarag`aykabilarning urug`i 3 tadan to 18 tagacha urug` pallaga ega.
Sinfchadagi eng yirik va bizning sharoitda turlari ko‟plab ekiladigan qarag`aynamolar qabilasiga qisqacha to‟xtalib o‟tamiz.



Yüklə 55,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə