Qirqquloqsimonlilar


Qarag`aytoifa o’simliklarning kelib chiqishi va klassifikastiyasi



Yüklə 55,19 Kb.
səhifə7/14
tarix13.06.2023
ölçüsü55,19 Kb.
#117005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14

3. Qarag`aytoifa o’simliklarning kelib chiqishi va klassifikastiyasi.


Yuksak o‟simliklar ichida urug`li o‟simliklar progressiv evolyustion yo‟nalish sari rivojlanib borgan. Ular sporali o‟simliklardan ancha murakkab tuzilganligi va tashqi muhitda moslashganligi bilan farq qiladi. Urug`li o‟simliklarda sporali o‟simliklarga xos bo‟lgan suv tomchilariga bog`liqlik yo‟q. Jinsiy jarayon, ya‟ni urug`lanish kuruqlikda sodir bo‟ladi. Urug`li o‟simliklarning yangi bir ustunlik tomoni shundaki, changlanish va urug`lanish jarayonlari urug`chili o‟simliklarning o‟zida sodir bo‟ladi.Chunki urug` murtagida ildizcha, poyacha va bargchalarni ko‟rish mumkin. Shu sababdan urug`lar qulay sharoitga tushishi bilan o‟sib, haqiqiy o‟simlikka aylanadi. Sporali o‟simliklarda esa spora o‟sib o‟simta yoki maysachadan jinsiy organlar etilib suv tomchilari yordamida urug`lanish jarayoni sodir bo‟ladi.
Urug`li o‟simliklar sporali o‟simliklarga nisbatan quruqlikka yaxshiroq moslashgan va keng tarqalgan. Bundan tashqari sporada oziq moddalar urug`larga nisbatan kam bo‟ladi. Shu sababdan sporalar tez-tez nobud bo‟lib turadi. Urug`li o‟simliklar ikkita bo‟limga bo‟lib o‟rganiladi:

  1. Qarag`aytoifa (Ochiq urug`lilar) o‟simliklar bo‟limi. 2.Magnoliyatoifa (Yopiq urug`lilar) o‟simliklar bo‟limi.

Ochiq urug`li o‟simliklarda urug` hosil bo‟ladi, lekin meva vujudga kelmaydi. Chunki ochiq urug`larda meva bo‟lmaydi, urug` kurtak ochiq holda joylashgan. Yopiq urug`li o‟simliklarda esa urug` ham, meva ham bor, ya‟ni urug`ni tashqi tomondan meva o‟rab turadi. Shu sababdan ochiq urug`li va yopiq urug`li nomlari kelib chiqqan. Ochiq urug`li o‟simliklarga qaraganda yopiq urug`li o‟simliklar evolyustiyasi yanada progressiv bo‟lgan.
Ochiq urug`li o‟simliklar ham yuksak o‟simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy erasining oxiri, mezazoy erasining boshlarida taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo‟lgan. Ayniqsa, paleozoy va mezozoy eralarida tog` ko‟tarilishi jarayonlari natijasida quruqlik kengayib borgan. Namli muhit biroz bo‟lsa ham qurg`oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o‟zgarishi paporotniklarni siqib chiqarib, ularning o‟rnini ochiq urug`li o‟simliklar egallashiga sabab bo‟lgan. Ochiq urug`li o‟simliklar ba‟zi olimlarning fikricha, eng qadimiy har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug`lilar ham boshqa urug`li o‟simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiylardan mikrospora, megasporagiylardan megaspora voyaga etadi. Bu ikkala spora shakli, katta kichikligi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ko‟pincha mikro va megasporalar strobillarda (qubbalarda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennettitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo‟lgan. Demak, ayrim bennettitlarning strobillari ikki jinsli bo‟lgan.
Ochiq urug`li o‟simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog`ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari xilma-xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababdan ochiq urug`lilarni klassifikastiya qilishda bu belgilar muhim rol o‟ynaydi. Hozirgi paytda bu bo‟limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo‟lib, ular 68 turkum, 10 qabila va 6 sinf (ajdod) ga kiradi. Ochiq urug`lilar Er yuzida keng tarqalgan bo‟lib, Shimoliy yarim sharda Tayga o‟rmonlarini hosil qiladi.
Ochiq urug`li o‟simliklarning chiqib kelishi asosan devon davri bilan bog`liq bo‟lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o‟sgan har xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Ochiq urug`lilar evolyustiyasida kambiyning paydo bo‟lishi, ikkilamchi ksilemaning vujudga kelishi katta rol o‟ynagan, natijada ularning daraxtsimon shakllari taraqqiy etib borgan. Devon davrining oxirlarida arxeopterislar vujudga kelib, ularning bo‟yi 30 m ga etgan. Ularda dastlabki barglar shakllanib borgan, bu esa ochiq urug`li o‟simliklarning paydo bo‟lishida katta rol o‟ynagan. Bu borada 1968 yilda D. J.. Peti va Ch. Beklar yuqori devon davriga xos bo‟lgan urug` yoki urug`li o‟simliklarning mahsuli urug` bundan 370 mln. yil oldin bo‟lganligini isbotlaganlar.
Arxeopterislarda o‟zak va ikkilamchi ksilemaning bo‟lishi ularni ochiq urug`lilarga yaqinlashtiradi. Lekin urug`li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan, umuman bularda yog`ochlik o‟rniga floema yaxshi rivojlangan. Demak ochiq urug`lilar haqiqiy qirqquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o‟simliklardan kelib chiqqan bo‟lishi mumkin.
Ochiq urug`li o‟simliklarda xarakterli belgilardan biri urug`ning hosil bo‟lishidir. Urug` urug`kurtakdan hosil bo‟ladi. Urug`kurtak esa shakli o‟zgargan megosporangiydir. Ular megosporofilda ochiq holda o‟rnashgan. Magnoliyatoifa o‟simliklarda esa urug`kurtak urug`chi tugunchasining ichida joylashgan.
Evolyustiya jarayonida megosporangiya urug`kurtakka, mikrosporangiya esa changdonga aylangan. Mikrosporangiyalar esa changga aylangan.
Qarag`aytoifa o‟simliklar hayotiy shakli jihatdan daraxt, buta va ayrim lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o‟simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan.
Qarag`aytoifalarga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo‟lishidir. Qubbalar o‟q poya, qoplagich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo‟ltig`ida urug`kurtak yoki changdonlar joylashgan, shunga ko‟ra ular changchi (erkaklik) va urug`chi (urg`ochi) qubbalarga ajraladi.
Hozirgi klassifikastiyalar bo‟yicha qarag`aytoifalar quyidagi 6 ta sinfga (ajdodga) bo‟linadi:


  1. Yüklə 55,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə