Qirqquloqsimonlilar



Yüklə 55,19 Kb.
səhifə4/14
tarix13.06.2023
ölçüsü55,19 Kb.
#117005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
OCHIQ URUFLILAR TIPI
Ochiq urug‘li o‘simliklar bir tomonidan yuqori sporali o‘simliklarga 2-bir tomondan yopiq urug‘li o‘simliklarga o‘xshaydi. Ochiq urug‘li o‘simliklar urug‘ beradigan qirq-quloqlardan, yopiq urug‘li o‘simliklar ochiq urug‘li o‘simlik-lardan kelib chiqqan.
Ochiq urug‘li o‘simliklarga butalar,daraxtlar kiradi. Yopiq urug‘li o‘simliklar orasida daraxtlar,butalar, yarim butalar va o‘tli o‘simliklar uchraydi. Ochiq
urug‘li o‘simliklar asosan monopodial tipda shoxlanadi. Yopiq urug‘li o‘simliklar esa monopodial,simpodial va dixatomik ravishda shoxlanadi. Ochiq urug‘li o‘simliklarda suv naylari bo‘lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning to‘qimasida esa suv naylari xamda traxeidlar bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning urug‘ kurtagi ochiq yerda taraqqiy etadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarni urug‘i mevaning ichida taraqqiy etadi. Ochiq urug‘li o‘simliklarda esa urug‘ g‘uddalarda taraqqiy etadi. Bularda meva bo‘lmaydi. Ochiq urug‘li o‘simliklardagini aksi, yopiq urug‘li o‘simliklarni mevasi bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning endosperma to‘qimasi otalanish protsessidan oldin hosil bo‘ladi.
Yopiq urug‘li o‘simliklarda esa endosperma to‘qimasi otalanishdan keyin hosil bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarda qo‘shaloq otalanish bo‘lmaydi, yopiq urug‘li o‘simliklarda esa qo‘shaloq otalanish bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligi
doimo yashil o‘simlik hisoblanadi. Ochiq urug‘li o‘simliklar 7 ta sinfga bo‘linadi:

  1. Urug‘li paporotniklar

  2. Sagovniklar

  3. Bennetitlar

  4. Kordaitlar

  5. Ginkgolar

  6. Igna barglilar

  7. Ignacha barglilar Urug‘li qirqquloqlar

Ular o‘zining tashqi tashqi ko‘rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o‘xshar, lekin har xil sporali bo‘lib, urug‘ yordamida ko‘payishi bilan ulardan farq qiladi.
Uning poyasida qo‘sh patsimon yirik - yirik murakkab barglar bo‘lar, ularning asosiy bandlari ko‘pincha dixotomik shoxlanar edi.
Poya o‘zak qismining juda rivojlangan bo‘lishi va kambiy xalqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog‘och, hozirgi ochiq urug‘lilardagiga o‘xshash, traxeidlardan tuzilgan, po‘stlog‘i ancha qalin bo‘lgan. Liginoptenis mikro-makrosporalar xosil qilgan.


Sagovniklar
Sagovniklar hozir yashab turgan o‘simliklar bo‘lib, eski (Cycas, Macrozamia, Bowenia, Encephalarthos, Stangeria kabi avlodlar) va yangi dunyoning (zamia,Microcycas, Ceratoramia, Pioonavlodlari) tropik hamda subtropik mintaqalarida tarqalgan 9 ta avlodi o‘z ichiga oladi.

Yüklə 55,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə