Qirqquloqsimonlilar



Yüklə 55,19 Kb.
səhifə6/14
tarix13.06.2023
ölçüsü55,19 Kb.
#117005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • II Bob
Ginkgo barglari juda g‘alati: ular odatda ikki bo‘lakka bo‘lingan uchburchak plastinkadan iborat bo‘lib, uzun bandga aylanadi; ba’zan plastika yaxlit bo‘ladi.
Ginkgo - ikki uyli o‘simlikdir: uning mikro - va makro-sporangiylari har xil individda hosil bo‘ladi.
1-5 biz o‘tmaymiz, bular yo‘q bo‘lib ketgan.


IGNA BARGLILAR
Bu sinfga 6 ta oila,40 avlod,450 tur kiradi. Bular xozirgi zamon iqlimiga ham moslashgan. Ignabarglilar sinfiga daraxtlar, qisman butalar kiradi. Bu sinfga kiruvchi o‘simliklardan yer yuzida ko‘p tarqalganlari: Sosna-qarag‘ay, archa, pixta, kiparis, mojevelnik va boshqalar. Igna barglilarning bargi qattiq, ensiz, ignasimon, ba’zan tangachasimon bo‘lib, yosh shoxchalarda spiral yoki qarama-qarshi joylashgan. Igna barglilarning barglari ko‘pchiligi ignasimon bo‘lgani uchun ularga shunday nom berilgan. Igna barglilar asosan monopodial, qisman simpodial tipda
shoxlanadi. Mas: Mamont daraxti simpodial tipda shoxlangan bo‘ladi. Bu daraxt yer yuzida uchraydigan daraxtlarning eng kattasidir. Uning bo‘yi 150m, eni esa 40 m bo‘lib u uzoq yil yashaydi.
Igna bargli o‘simliklarning ildizida ildiz qini bo‘l-maydi. Ildiz qini
o‘rnida ektotrof mikorizalar bo‘ladi. Igna barglilar jonsiz va jinsli yo‘lda ko‘payadi. Igna barglilarga vakil qilib oddiy qarag‘ay-sosna obыknovennayani olamiz. Oddiy qarag‘ay 1 uyli doim yashil 2 jinsli o‘simlik bo‘lib, yer yuzida juda ko‘p tarqalgan.
Qarag‘ay daraxti-ning bo‘yi 40-50 m bo‘lib, u 500 y-gacha yashaydi. Qarag‘ay daraxtining poyasida va bargida smola yo‘llari bo‘lib, unda smola ishlanib chiqadi. Shuning uchun ham poyasini binokorlikda ko‘p ishlatiladi. Qarag‘ay poyasi uzoq muddatgacha chirimaydi. Qarag‘ayning otalik va onalik gullari g‘uddalarda joylashgan bo‘ladi. Bu g‘uddalar turini o‘zgartirgan barglardan tashkil topgan.
Otalik guli-mikrosporalistik, onalik guli esa makrosporalistik deb ataladi. Otalik gulining pastki tomonida changdon/mikrosporangiyalar taraqqiy etadi.
Mikrosporangiya xujayralari reduksion bo‘linishi natijasida mikrosporalar, ya’ni changlar hosil bo‘ladi. Chang 2 qavat po‘sti bilan qoplangan.
1.Ekzina-tashqi qavati 2.Intina-ichki qavati.
Qarag‘ayni o‘zi sporofit, changi, urug‘kurtak arxegoniya-game-tofit chang bilan tuxum xujayra qo‘shilib ya’ni gametofit bilan gametofit diploid jinssiz giploid nasl hosil bo‘ladi.
Ekzina bilan intina orasida bo‘shliq bo‘lib, u yer havo bilan to‘lgan, shuning uchun ham qarag‘ay changi havoda uzoq muddat tura oladi. Changda 2 xil yadro bor:
1.Anteridial yadro 2.Vegetativ yadro
Onasi g‘uddasi 2 xil turni o‘zgartirgan barglardan tashkil topgan 1- xili g‘uddaning tashqi tomonida bo‘lib, qoplag‘ichlik vazifasini bajaradi. Buni "kroyuщaya cheщuya" deyiladi. Bu barg urug‘ hosil qilmaydi. 2 xil bargi urug‘
beruvchi barg-semennaya cheshuya deyiladi. Urug‘ beruvchi bargni pastki tomonida 2 ta urug‘ kurtagi, ya’ni makrosporangiya joylashgan. Urug‘ kurtagi quyidagi qismlardan tashkil topgan.

  1. Urug‘ kurtagining bandi-funikulus.

  2. Urug‘ kurtagining qoplog‘ich to‘qimasi-intugument 3.Urug‘ kurtagining asosiy to‘qimasi-nutsellus 4.Chang yo‘li-mikropille

Urug‘ kurtagining markazida bola qopchig‘i, endosperma xamda 2 ta arxegoniya korpuskula joylashgan. Qarag‘ay shamol yordamida changlanuvchi o‘simlikka kiradi. Qarag‘ay changi shamol yordamida onalik g‘uddasiga kelib tushdi. Onalik g‘uddasidagi urug‘ kurtagining asosiy to‘qimasi-nutsellusga kirib, 1 yil dam oladi. 2-yili una boshlaydi.
Changning anteredial yadrosi 2 ga bo‘linadi. Natijada 2 xil yadro hosil bo‘ladi:

    1. Bazal yadro.

    2. Generativ yadro.

Changning vegetativ yadrosi esa, chang trubkasiga aylanib ketadi. Anteredial yadrodan hosil bo‘lgan bazal yadro chang trubkasining o‘sishiga yordam beradi.
Generativ yadro bo‘linib, 2ta spermiya hosil qiladi. Spermiyalarning 1 tasi chang trubkasi orqali siljib kirib, arxegoniyalarning 1 tasini otalantiradi. 2 arxegoniya otalanmasdan qoladi. Otalangan arxegoniyadan embrion vujudga keladi. Onali g‘uddasida otalanishi protsessidan oldin qizg‘ish rangda bo‘lib, otalangandan so‘ng yashil rangli bo‘lib qoladi. Urug‘i yetilishi davrida qo‘ng‘ir rangga aylanadi.
Qarag‘ayni otalanish protsessini rus olimi Gorojanin tekshirgan. Qarag‘ay poyasidan skipidar, bargidan smola olinadi. Skipidar bod kasalligida surtiladi.


IGNANABARGLILAR SINFI
Bu sinfga kiruvchi o‘simliklar 1 uyli 2 jinsli yoki 2 uyli 1 jinsli bo‘ladi.
Bularda smola yo‘llari mutlaqo bo‘lmaydi. Ignacha barglilar sinfi quyidagi tartibga bo‘linadi:
1. Efedralar
Efedra buta bo‘lib, u tog‘li rayonlarda va cho‘llarda uchraydi. Efedraning tashqi ko‘rinishi qirqbo‘g‘imga o‘xshab ketadi. Efedra 2 uyli 1 jinsli o‘simlik.
Efedradan efedrin degan alkaloid olinadi. Efedrin alkaloidi medi-sinada katta ahamiyatga ega. U bod va boshqa kasalliklarga ishlatiladi.
1.Velvichiyalar
Velvichiyalar tartibidan faqat 1 ta tur saqlanib qolgan. Bu tur, ya’ni Velvichiya janubiy Afrikada o‘sadi. Velvichiyaning bo‘yi juda past. Uning 2 ta bargi bo‘lib, bu barg 100 y gacha yashay oladi.

II Bob


QARAG`AY TOIFA O’SIMLIKLARGA UMUMIY TAVSIF.
Qarag`aytoifalar (Pinophita) bo‟limi vakillarida o‟simliklar olamining boshqa bo‟limi turlaridan farqli ravishda urug` hosil qilgan. Ma‟lumki barcha urug`li o‟simliklarning ya‟ni yopiq va ochiq urug`lilar har xil sporali o‟simliklar hisoblanadi. Demak ularda spora ikki xil: erkaklik sporalari – mikrosporalar va urg`ochilik sporalari
– makrosporalar bo‟ladi. Bunda mikrosporalar erkaklik gametofiti, makrosporalar urg`ochilik gametofiti boshlang`ichini beradi. Shu holatga ko‟ra urug`li o‟simliklar urug`siz turli sporali o‟simliklardan (selaginella, polushnik, marsiliya yoki salviniya) farq qilmaydi. Shunday bo‟lsada ular orasida muxim farq bor. Urug`siz yuksak o‟simliklarning urug`lanish jarayonlari suvda amalga oshadi, urug`li o‟simliklarda esa jinsiy ko‟payishda suvning bo‟lishi shart emas. Shu tufayli urug`li o‟simliklar suvsiz sahrolarda yilning yomg`irsiz vaqtlarida ham jinsiy yo‟l bilan ko‟payaveradi.
Deyarli barcha urug`siz yuksak o‟simliklarda megasporalar megasporangiydan chiqib ketadi, urug`li o‟simliklarda esa megasporangiy ichida etilgan bitta makrospora, ichkarida qolib undan urg`ochi gametofitning rivojlanishi va urug`lanish jarayoni sodir bo‟ladi. Bu jixatdan qaraganda ba‟zi turli sporali yuksak o‟simliklarda shu yo‟nalishda dastlabki siljishlar kuzatiladi. Selaginellaning ba‟zi turlarida megasporalar megasporangiy ichida qoladi va urug`lanishdan keyin murtakning muayan o‟sishiga hatto yosh o‟simlikkacha rivojlanadi. Yuksak o‟simliklarga o‟xshash tomonlari ko‟p bo‟lgan turlar qirilib ketgan ba‟zi plaunsimonlarda miadesma (Miadesmia) va lepidokarpan (Lepidocarpon) turkumlarida kuzatiladi. Ularda megasporangiya sporafloidlar deb nomlanuvchi yon o‟simtalari qayrilib o‟sib qolishidan hosil bo‟ladi. Bu holat urug`ga eng yaqin tuzilma bo‟lsada u hozirgi urug`ga gomologik emas, balki analog bo‟ladi. Chunki ochiq urug`lilarda urug` miadesmiya va lepidokarpondan ancha oldinroq paydo bo‟lgan. Urug`li o‟simliklarda megasporangiy urug`li plaunsimonlardan farqli o‟laroq “integument” (lotincha – integumentum – qoplag`ich, qoplam degan ma‟noni anglatadi) deb nomlanuvchi maxsus qoplam bilan qoplangan. Ularning kelib chiqishi lepidokarpon yoki miadesmiya megasporangiylari qoplag`ichidan butunlay farq qiladi. Integument bilan qoplangan megasporangiy urug`kurtak deb nomlanadi. Bu haqiqatdan ham urug`ning boshlang`ichi bo‟lib undan urug`lanishdan keyin urug`
rivojlanadi. Ma‟lumki megasporaning rivojlanishi ya‟ni urg`ochi gametofitning rivojlanishi megasporangiyada (urug`kurtak ichida) sodir bo‟ladi. Urug`kurtak ichida urug`lanish sodir bo‟lib, murtak rivojlanadi. Bu hol urug`lanishni suvsiz sodir bo‟lishini ta‟minlaydi.
Murtakning rivojlanish jarayonida urug`kurtak urug`ga aylanadi. Ko‟pchilik urug`li o‟simliklarda urug`murtakning unib chiqib tayyor urug` holiga kelishi ona organizmining o‟zida sodir bo‟ladi .Ammo sagovniklarda va ginkgo turkumi vakillarida urug`kurtak murtak hosil bo‟lgunga qadar hattoki urug`lanishga qadar ham erga to‟kilishi mumkin va shunday ekan ularda murtakning rivojlanishi qisman erda amalga oshadi. Bu holat qirilib ketgan ochiq urug`lilarda, urug`li qirquloqlar va kordaitlarda yanada ko‟proq namoyon bo‟lgan.
Ginkgo va sagovniklarda shuningdek qirilib ketgan ba‟zi bir guruxlarda urug` evolyustiyasining boshlang`ich bosqichlari namoyon bo‟ladi. Shunday qilib murtak erta yoki kech shakllanadimi, u erda yoki ona organizmida paydo bo‟ladimi, har ikkala holda ham urug`kurtak urug`ga aylanadi. Sagovniklar va ginkgo urug`larida primitiv urug`larga xos xarakterli xususiyat mavjud bo‟lib, ularda tinim davri bo‟lmaydi. Urug`li o‟simliklarning ko‟pchiligida urug`larida tinim davri bo‟ladi. Agar urug` tinim davrini o‟tamasa urug` unib chiqmaydi.bundan tashqari tinim davri muhim biologik ahamiyatga ega bo‟lib, u urug`ni uzoqroq masofalarga tarqalishiga hamda, yilning noqulay sharoitlaridan saqlanishiga imkon beradi.
Ichki urug`lanish murtakning urug`kurtak ichida rivojlanishi urug`li o‟simliklarning qirqquloqlar va boshqa urug`li yuksak o‟simliklarga nisbatan er yuzida keng tarqalishiga, yuqori darajada moslasha olishiga imkon beradi. Spora bilan ko‟payishda juda ko‟p (odatda millionlab) avlod paydo bo‟ladi. Urug` bilan ko‟payishda esa bundan bir necha marta kam avlod paydo bo‟ladi. Shunga ko‟ra urug` sporaga nisbatan o‟simliklarning ishonchli tarqalish hosilasidir. Urug` yaxshi tarkibiy tuzilmali bo‟lib, unda murtak – kichkina ildizcha, kurtakcha, va urug`palladan iborat. urug` po‟stiga biriki b turgan ildizcha po‟stloqdan ajralgach tashqariga chiqadi va yangi o‟simlik ildiz tarzida rivojlanadi. Murtak urug`da biroz rivojlanadi va urug` po‟stini yorib chiqadi. Lekin buning uchun unga ba‟zi dastlabki oziq moddalar va fermentlar
kerak. Urug`ning o‟zida zaxira oziq moddalar va murtakning kichkina biokimyoviy laboratoriyasi tayyor bo‟ladi. Bu holatlar hayvonot dunyosidagi avlodga g`amxo‟rlik instinktiga o‟xshab ketadi.
Bugungi kunda fanga ma‟lum bo‟lgan barcha ochiq urug`li o‟simliklar (qirilib ketganlari ham) o‟zlarining qadimiy hayotiy shakliga ya‟ni, daraxt va butalardan iboratligi bilan ajralib turadi. ko‟pincha ular ninabargli daraxtlar singari yirik daraxt bo‟lib, ba‟zan esa ninabarglilarning ba‟zi turlari yoki efedra kabi uncha yirik bo‟lmagan buta bo‟lib o‟sadi. Ba‟zi bir ilashib o‟suvchi ninabarglilarni hisobga olmaganda deyarli barcha ochiq urug`lilar tik o‟suvchi o‟simliklar hisoblanadi. Lekin bular orasida gnetum turkumining ko‟pchilik turlari va ba‟zi efedralar liana bo‟lib o‟sadi. Ochiq urug`lilarning faqatgina ikki turi Chimborasoning stenneya (MDH da dekorativ o‟simlik) o‟rmonlarida o‟sadigan Gnetum trinerve – uch tomirli gnetum va Yangi Kaledoniyada o‟sadigan Parasitaxus ustus shular jumlasidandir. Ba‟zi ochiq urug`lilar nisbatan katta yoki kichik bo‟lib ko‟plab shox shabba hosil qiladi, qisman tangachasimon bargli, boshqalari esa kam shox shabba hosil qiladi yoki qilmaydi barglari esa nisbatan yirik ko‟plarida patsimon bo‟ladi. Ko‟p shox shabba hosil qiladigan ochiq urug`lilarga kordaitlar, ginkgolar va ninabarglilar kirsa, aksincha kam shox shabba hosil qiladigan turlarga urug`li qirqquloqlar, bennititsimonlar, sagovniklar kabilar kiradi. Bu ikki guruxning barglari nafaqat o‟lchami va soni bilan balki anatomik va morfologik tuzilishi bilan farqlanadi. Ko‟p hollarda ochiq urug`lilar bargining tuzilishi turkum, oila yoki qabilani aniqlashda xarakterli belgi sanaladi.
Ochiq urug`li o‟simliklarning barg og`izchalari asosan 2 xili gaploxeyli (oddiy labchali) va sindetoxeyli (murakkab labchali) farqlanadi. Bulardan gaploxeyli tipi qadimiy va sodda tip hisoblanadi. U shunisi bilan xarakterlanadiki og`izchaning murtak hujayrasidan faqat oxirgi hujayra hosil bo‟ladi. Qo‟shimcha hujayra esa og`izchaning qo‟shni ona hujayra protodermasi hujayrasining bo‟linishidan hosil bo‟ladi. Gaploxeyli tip ko‟pchilik ochiq urug`lilarda kuzatiladi (shuningdek ginkgolarda ham gaploxeyli og`izchalar mavjud). Sindetoxeyli tip takomillashgan va evolyustion jihatdan yosh tip sanaladi. Unda o‟sha dastlabki (murtak) hujayradan ham oxirgi hujayra ham qo‟shimcha
hujayra hosil bo‟lishi bilan xarakterlanadi. Sindetoxeyli tip bennetitsimonlar va unga yaqin ba‟zi qirilib ketgan guruxlarga shuningdek hozirgi velvichiya turkumiga xos.
Qarag`aytoifa o‟simliklarning yana bir qator o‟ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularning generativ kurtaklarida barcha sporali yuksak o‟simliklar singari arxegoniy rivojlanadi. Murtak va endospermli haqiqiy urug`ning bo‟lishi ko‟pchilik ochiq urug`li o‟simliklar uchun xos. Murtak borligi va uning yashirin joyda bo‟lishi bu o‟simliklarning erda yashashga moslanishdagi ko‟p xususiyatlaridan biridir. Ularning yog`ochligi faqat traxeyadan iborat bo‟lib, ularda yopiq urug`li o‟simliklar uchun xos bo‟lgan haqiqiy naychalar bo‟lmaydi. Ammo zog`oza, gnetum va velvichiya singari urug`i po‟stga o‟ralgan ochiq urug`lilar bundan mustasno. Qadimgi ochiq urug`lilar (urug`li paporotniklar va sagovniklar) ning tanasida o‟zak va po‟stloq kuchli, yog`ochlik zaif rivojlangan. Hozirgi ochiq urug`lilarda (masalan, ninabargli daraxtlarda) esa po‟stloq juda yupqa, o‟zak biroz rivojlangan bo‟lib, tanasi asosan yog`ochdan iborat.
Ochiq urug`li o‟simliklarning guli (qazilma bennettitlarni hisobga olmaganda) bir jinsli. Erkak gullari g`udda, boshoqcha yoki kuchala shaklida bo‟ladi. Urg`ochi gullari esa xilma – xil tuzilgan, ko‟pincha g`uddaga to‟plangan bo‟ladi. Ular bir yoki bir necha yoki juda ko‟p makrosporachi bargchalardan iborat bo‟lib, bitta yoki bir necha urug`kurtagi ochiq holda joylashadi. Ko‟pchiligining murtakli haqiqiy urug`i ham bo‟ladi. Faqat yo‟qolib ketgan urug`li paporotniklar va kordaitlarda juda sodda urug` bo‟lgan. Ochiq urug`li o‟simliklar devon davridan ma‟lum, mezozoy erasida avj olib rivojlangan, paleozoy erasida esa birmuncha kamaygan. Toshko‟mir davrining oxirida erda iqlim juda o‟zgarib ancha quruq va sovuq bo‟lgan. Bunday sharoit o‟simliklar dunyosida o‟zgarishlarni vujudga keltirgan. Qirqquloqsimonlarning ko‟pi qirilib ketgan. Ularning o‟rniga yangi sharoitga moslashgan ochiq urug`li o‟simliklar paydo bo‟lgan. Hozir ularning 600 ga yaqin turi ma‟lum.
Ochiq urug`li o‟simliklarning hammasi daraxt yoki butalar bo‟lib, o‟t o‟simliklari bo‟lmagan, ular butun er yuzida uchraydi.shimoliy yarim sharda ular ninabargli o‟rmonlarni hosil qilgan.
Sporali o‟simliklarning asta – sekin urug`li o‟simliklarga aylanishining evolyustion yo‟lini (urug`kurtak, urug` va mevachi barglarning kelib chiqishi, gul va to‟pgullarning rivojlanishi, poyaning anatomik rivojlanish tarixi kabilarni) aniqlashdaochiq urug`li o‟simliklarni o‟rganish katta ahamiyatga ega.



Yüklə 55,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə