Qirqquloqsimonlilar



Yüklə 55,19 Kb.
səhifə12/14
tarix13.06.2023
ölçüsü55,19 Kb.
#117005
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qrim qarag`ayi (Pinus pablasiana) . Bu daraxt Buxoro sharoitida juda moslashib 40 yildan ziyod vaqt orasida o‟smoqda. Qrim qarag`ayi 100 yoshgacha yashashi mumkin. Uning yosh davridagi kroni konusini shaklda bo‟lib keyinchalik gorizontal o‟suvchi yon shoxlari xisobidan kroni kuchalasimon shaklga ega bo‟ladi. Ildiz sistemasi kuchli taraqqiy etgan. Tuproqqa talabchan emas, toshloq, qumli, gilli qurg`oqchilikka chidamli. Tashqi ko‟rinishi jixatidan juda manzarali bo‟lganligi uchun uni ochiq joylarda yo‟l bo‟ylarida ko‟plab o‟stirish mumkin.
Buxoro sharoitida 1000 yildan boshlab tikanli el daraxti o‟stirilmoqda. Bu daraxtning kumushrang, moviy va kul rang formalari mavjud. Uning keng konussimon kroni moviy rangli ignasimon barglari ajoyib manzara beradi. Barglari novdalarida g`uj bo‟lib joylashgan. Asli vatani Shimoliy Amerika. U erlarda 1000-3000 metr balandlikdagi tog`larda o‟sadi.
Biroq Buxoro sharoitida er osti suvlari yaxshi bo‟lganligi sababli o‟sishi biroz sust borishi kuzatilmoqda. Bu tur biroz yorug`liqqa chidamsiz, shuning uchun uni keng bargli daraxtlar oralig`ida ko‟paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu tur Buxoro iqlim sharoitida juda ko‟p o‟stirilmoqda.


Sarvnamolar qabilasi.

Sarvdoshlar (Archadoshlar) oilasi - (Cypressaseas)


Oilaga 19 ta turkum 130 ga yaqin tur kiradi. Ular har ikala yarim sharda ham tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli daraxt va butalar bo‟lib, ularda smola yo‟llari bo‟lmaydi. Barglari ninasimon yoki tangasimon, novdada qarama-qarshi yoki halqasimon o‟rnashgan. Erkaklik (changchi) qubbalari yakka holda bo‟lib, mikrosporafillari qalqonsimon, mikrosporangiylari 2-6 ta. Erkaklik gametofiti redukstiyalangan. Urg`ochi (urug`chi) qubbasida qoplagichtangacha barg va urug` tangachasi qo‟shilib, o‟sib bittaga aylangan, qoplagich tangacha bargi yog`ochlangan yoki yumshoq etli (archalar)dir. Bu oilaga turkumlari orasidan uchtasi : archa (Juniperus), sarv (Cupressus) va tuya (Thuja) turkumlari katta ahamiyatga ega.
Sarv (Kiparis) - (Cupressus) - 15-20 ta turga ega. Ular O‟rta er dengizi atrofida Ximolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari O‟zbekistonda ham manzarali o‟simlik sifatida o‟stirilmoqda. Bularning piramidasimon sarvi (S. sempervirens) degan turi ayniqsa ko‟p tarqalgan. Bu tur Eron va Suriyadan kelib chiqqan va qadimdan buyon Qrimda hamda Kavkazning Qora dengiz qirg`oqlarida manzarali o‟simlik sifatida o‟stirib kelinmoqda. O‟zbekistonda piramidasimon sarvi Samarqandda uchraydi.
Tuya (Thuja) turkumi qalin shox – shabbali, bir uyli daraxt va butalardan iborat bo‟lib, 6 turga ega. Shulardan g`arb tuyasi (Thuja occidentalis) asosan Xitoyda tarqalgan. Manbalarda ko‟rsatilishicha Sharq tuyasi-sarv O‟rta Osiyoda muqaddas daraxt sifatida o‟stirilgan. Barglari tangachasimon, novdalari esa bir oz yalpoq bo‟ladi.
Archa (Juniperus) turkumiga 14 ta tur kiradi. Shundan 3 ta turi: Zarafshon archasi (J. zeravschanica), yarim sharsimon (J. semiglobosa) va Turkiston archasi (J. turcestanica) O‟zbekistonning tog`li xududlarda tarqalgan. Bundan tashqari Virgin archasi (J. virginia) manzarali o‟simlik sifatida respublikamiz shaharlarida o‟stirilmoqda. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o‟simlikdir. Ularda erkaklik(changchi) qubbalari kichik bo‟lib, mikrosporafillarida 2-6 ta mikrosporangiyalar hosil bo‟ladi. Ularning erkaklik qubbalari 1 yil daraxtda qishlab, ikkinchi yilning bahorida pishib etiladi.
Bu turkumga bir yoki ikki uyli, doim yashil daraxt va butalardan iborat o‟simliklar kiradi. Bargi tangachasimon yoki ninasimon tikan shaklida bo‟lib, qarama – qarshi yoki doira bo‟ylab joylashgan. G`uddalari rezavor mevaga o‟xshaydi yoki bir oz cho‟ziq, yopiq bo‟ladi. Ichida 1 -10 ta urug`i bo‟lib, ikkinchi yilda etiladi. Archaning xillari juda ko‟p bo‟lib, ular 60 dan ortiq turga bo‟linadi. Ular Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan.Sobiq soyuzning o‟rmonlar zonasida archaning yovvoyi xolda o‟sadigan 20 ga yaqin turi ma‟lum (Uzoq Sharq bundan mustasno). Bular orasida eng ko‟p tarqalgan oddiy archa (Juniperus communis) bo‟lib, u katta buta, ba‟zan bo‟yi 18 sm, diametri 30 sm chamasidagi daraxtdir. O‟rta Osiyo tog`laridagi archazor o‟rmonlar tog` yon bag`rlarini suv yuvib ketishidan va tog` daryolarini yozda qo‟rib qolishidan saqlashda juda katta rol uynaydi. Hozirgi archa o‟rmonlari va daraxtlari, ayrim siyrak
archazorlar qadimgi katta – yaxlit o‟rmonlar qoldig`idir. Bu o‟rmonlar inson faoliyati natijasida shu holga tushib qolgan.
Urg`ochi (urug`chi) qubbalari qisqargan novdalarning qo‟ltig`ida kuzda hosil bo‟ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar etiladi. Urug`lanishdan keyin yumshoq etli urg`ochi qubbalarda urug` hosil bo‟ladi. Urug`i ko‟pincha ikkinchi yili etiladi.
Archalar tog`lik tumanlarda erroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o‟zida fitonstid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom ashyo, manzarali o‟simliklar sifatida ham katta rol o‟ynaydi.
Eng chiroyli va kelgusida respublikamizni ko‟kalamzorlashtirish soxasida katta istiqbolga ega bulgan Virginiya archasi (Juniperus virginiana)dir. U bir uyli o‟simlik bo‟lib, ba‟zan ikki uylilari ham uchraydi. Bo‟yi 15-30 m keladi. Ba‟zi joylarda erga yaqin joylarda shoxlaydi. Sobiq soyuzda bu archa Qrimda va Kavkazning janubiy qirg`oqlarida o‟stiriladi. U O‟zbekiston Fanlar Akademiyasining botanika bog`ida ham yaxshi o‟smoqda. Virginiya archasi va uning ayrim turlari juda chiroylidir. Bu archa er tanlamaydigan daraxtlardan hisoblanadi. Uning yog`ochi engil va yumshoq bo‟lib, asosan qalam, mebel, va boshqa durudgorlik buyumlari yasashda ishlatiladi.



Yüklə 55,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə