Qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy mohiyati



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə1/4
tarix07.10.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#126055
  1   2   3   4
texnik taraqqiyot va qishloq xo`jaligini intensivlashtirish


Reja:



1. Qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy mohiyati
2. Fan, texnika taraqqiyoti va intensivlashtirish
3.Qishloq xo`jaligining intensivlashtirish darajasi va iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar
Qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy
mohiyati
Iqtisodiy fan ishlab chiqarishni rivojlantirishning ikki yo`lini bir-biridan farq qiladi. Birinchi yo`l ekstensiv rivojlanish yo`li bo`lib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining ko`payishi ishlab chiqarish jarayoniga yangi va yangi resurslar (yer, chorva mollarining soni va h.k.) jalb qilish hisobiga ta`minlanadi. Bunda mahsulot hajmining ko`payishi asosanishlab chiqarish omillarining ko`payishi hisobiga yuz beradi.Masalan, o`tgan yili xo`jalik 500gektar yerga don ekib, har gektaridan 40 sentnerdan, jami 2000 tonna yalpi hosil olgan edi. Joriy yilda esa donli ekinlardan 3000 tonna yalpi hosil olindi. Shu 3000 tonna hosilni olish uchun jami o`tgan yildagidan 100 gektar ko`p yoki 600 gektarga don ekiladi. Hosildorlik esa joriy yilda ham 40 sentinerni tashkil qildi. Mahsulot ishlab chiqarishni bu yil bilan ko`paytirish ekstensiv yo`l hisoblanadi. Albatta, 600 gektar yerga 500 gektar yerga nisbatan ko`p urug`lik,ko`p mehnat resurslari va boshqa xarajatlar sarflangan. Lekin bu xarajatlar bir gektar yerga oldingi yil darajasida qolgan.
Ishlab chiqarish resurslarini ko`proq jalb etish natijasida rivojlantirishga ekstensiv rivojlanish yo`li deb baho berish qabul qilingan. Bu yo`lning imkoniyatlari cheklangan. Chunki barcha ishlab chiqarish resurslari – yer, suv, mehnat resurslari, texnika, xomashyolar, barcha barchasi cheklangan.
Darhaqiqat, har bir davlatning hududi, yer resurslari cheklangan bo`lib, uni xohlagancha ko`paytirish mumkin emas. Resurslar cheklangan holda insonlarning, ishlab chiqarish talab va ehtiyojlari o`sib boradi. Bunday holda ishlab chiqarishni rivojlantirishning boshqa yo`lini topish zarurati tug`iladi. Bu yo`l – intensiv rivojlanish yo`lidir.
Qishloq xo`jaligining intensiv rivojlanishi – bir gektar yer yoki bir bosh chorva moliga sarflanayotgan mehnat va moddiy sarflarni oshirish evaziga mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishdir. Yer birligi yoki bir bosh chorva moligasarflanadigan mehnat va moddiy xarajatlar samarasiz o`sishi mumkin emas. Intensiv rivojlanishning iqtisodiy mohiyati shundaki, sarflanayotgan mehnat va moddiy xarajatlarning o`sishi nisbatan olinayotgan mahsulot miqdori tezroq o`sishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir birligi tannarxi nisbatan kamayib borishi lozim. Masalan, o`tgan yili yetishtirilayotgan 2000 tonna donning hosildorligi 40 sentnerni har bir sentneri tannarxi 500 so`mni tashkil etadi, deb faraz qilaylik. Joriy yilda don ekilgan xar gektar maydonga mehnat va moddiy sarflarni 10 foizga ko`p qildik. Agarda hosildorlik ham 10foizga yoki undan kamga oshsa, intensiv rivojlanishning samarasi 0 ga yeng bo`lar edi. Bu holda intensiv rivojlanishning iqtisodiy mohiyatini ko`rsatish imkoni yo`q. Agarda sarflangan mehnat va moddiy xarajatlar o`sishiga nisbatan hosildorlik tezroq o`sgan bo`lsa, intensivlashtirishning iqtisodiy mohiyati ochilgan bo`lar edi. Masalan, xarajatlar 10 foizga oshgan holda hosildorlik 12 foizga oshsa, demak, mahsulot birligining tannarxi nisbatan pasaygan bo`ladi.ana shu tarzda rivojlanish yo`li intensiv rivojlanish yo`li deb yuritiladi. Intensiv rivojlanish yo`lining imkoniyatlari cheklanmagan bo`lib, resurslar tanqisligi yoki cheklanganligi sharoitida juda muhim ahmiyatga ega. Shu sababli ham mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini, jumladan, qishloq xo`jaligini intensivlashtirish har bir davlat iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etadi.



Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə