Qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy mohiyati


Fan, texnika taraqqiyoti va intensivlashtirish



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə2/4
tarix07.10.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#126055
1   2   3   4
texnik taraqqiyot va qishloq xo`jaligini intensivlashtirish

Fan, texnika taraqqiyoti va intensivlashtirish

Intensivlashtirish o`z mohiyatiga ko`ra, qishloq xo`jaligida ma`lum chegaralarga ega. Masalan, qishloq xo`jaligi ekinlarini parvarishlashda har bir texnologik jarayon uchun optimal agrotexnika muddatlari mavjud. Yer haydash uchun yer haydovchi traktor, ekish uchun ma`lum miqdordagi ekish agregati, hosilni o`rish uchun (donchilikda) kombaynlar bo`lishi kerak.


Har bir ekin turi uchun zarur mineral o`g`it miqdori belgilangan. Agarda me`yordan ortiq mineral o`g`it solinadigan bo`lsa, ekining hosildorligiga salbiyta`sir etib, uning kamayishiga ham olib kelishi mumkin. Bu, o`z navbatida, intensivlashtirishning ma`lum darajada cheklanganligidan dalolat beradi. Bu masalaning yechimi fan – texnika taraqqiyotidadir. Fan – texnika taraqqiyoti deganda fanning, texnianng va texnnig barqaror rivojlanib borishi tushiniladi. Boshqacha qilib aytganda, fan – texnika taraqqiyoti – mavjud bilimlar natijasida ularning boyitilishi va boyitilgan bilim asosida yangi unimli texnikalar, progressiv texnologiyalarning yaratilishidir. Oldingisiga qaraganda unimli texnika va texnalogiyalar yaratilishi natijasidagina intensivlashtirish cheksiz rivojlantirilishi mumkin.
Fanning rivojlanishi natijasida o`simlik va chorva hayvonlarining yangidan – yangi xususiyatlari ochilmoqda. Natijada, ushbu yangi xususiyatlar talabidan kelib chiqqan holda texnologiyalar o`zgaradi va mahsulot ishlab chiqarish ko`payadi. Bu borada fan – texnika taraqqiyotining ishlab chiqarishni intensivlashtirishga ta`siri cheklanmagan. Ishlab chiqarishga qishloq xo`jaligi ekinlari yangi navlarining joriy etilishi bilan intensivlashtirish yanada kuchayadi. Masalan, hozirda paxta va bug`doyning serhosil navlari yaratilmoqda. Bu, o`z navbatida, qishloq xo`jaligini yangi bosqichga ko`taradi. Ishlab chiqarishni intensivlashtirish ishlab chiqarish konsentratsiyasinioshiradi, korxonalarda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishni kuchaytiradi. Ixtisoslashuvning kuchayishi ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashish jarayonini oshiradi, mahsulotlar birligi tannarxining nisbatan oshib ketmasligini ta`minlaydi. Bu esa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samarasi oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biridir.



Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə