Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


Pedagogik tadqiqotdan oldin va keyin tezkorlik sifatining darajasi n=10 tadan



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

Pedagogik tadqiqotdan oldin va keyin tezkorlik sifatining darajasi n=10 tadan 
t/

Test mashqlari 
Guruhlar 
Nazorat guruhi 
Tadqiqot 
guruhi 

30 m ga yugurish (soniya) 
4
,
0
6
,
5
5
,
0
8
,
5


 
4
,
0
2
,
5
3
,
0
0
,
6


 

4x6 m ga mokisimon yugurish 
9
,
0
1
,
10
7
,
0
4
,
10


 
4
,
0
8
,
9
5
,
0
2
,
11


 
 
Pedagogik tadqiqot tugagandan so‘ng esa har ikkala guruhda shug‘ullangan 
bolalarda tezkorlik sifatlari darajasi turlicha bo‘lib, bir-biridan keskin farq bilan 
yakunlandi. Chunonchi, nazorat guruhida 30 m ga yugurish 5,8 soniyadan atigi 5,6 
soniyaga yaxshilangan bo‘lsa, shu ko‘rsatgich tadqiqot guruhida 6,0 soniyadan 5,2 
soniyaga yaxshilandi. Birinchi, guruhda o‘zgarish farqi 0,2 soniya, ikkinchi 
guruhda farq 0,8 soniyadan iborat bo‘ldi. 
4x6 m ga mokkisimon yugurish vaqti nazorat guruhida 10,4 soniyadan 10,1 
soniyaga o‘zgardi, tadqiqot guruhida bu ko‘rsattgich 11,2 soniyadan 9,8 soniyaga 
o‘zgardi. Boshqacha qilib aytganda shu test bo‘yicha baholangan tezkorlik sifati 
1,4 soniyaga yaxshilandi. 


58 
Qayd etilgan natijalar shundan dalolat beradiki, nazorat guruhida pedagogik 
tadqiqot muddatida qo‘llanilgan oddiy (an'anaviy) mashqlarning tezkorlik sifatini 
rivojlantirishga bo‘lgan ta'sir etish “kuchi” deyarli uncha ko‘p emas. 
Tadqiqot guruhida 6 oy davomida qo‘llanilgan harakatli o‘yinlar tezkorlik 
sifatini sezilarli farq bilan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi (2 diagramma). Demak, yosh 
voleybolchilarni tayyorlashda, ayniqsa daslabki o‘rgatish bosqichida, tezkorlikni 
rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlarni muntazam qo‘llash shu sifatni rivojlantirishda 
qulay va samarali vosita ekanligi o‘z isbotini topdi. Shunga o‘hshash tadqiqotlar 
ilgari ham o‘tkazilgan va olingan ma'lumotlar ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan 
(M.N.Jukov, 2002; V.V.Kuzin, S.A.Polievskiy, 2000 va b.). lekin, 10-12 yoshli 
voleybolchi bolalar tezkorligi va tezkorlik chidamliligi, “oq terakmi, ko‘k terak?” 
va “o‘rdaklar va ovchilar” kabi harakatli o‘yinlarning murakkablashtirilgan 
variantlari yordamida oshirish imkoniyatlarini izlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar 
deyarli yo‘qligi ma'lum. Shuning uchun biz tomonimizdan o‘tkazilgan pedagogik 
tadqiqotlar natijalari, tezkorlik sifatlarini samarali shakllantiruvchi harakatli 
o‘yinlarni yosh sportchilarni tayyorlash jarayoniga tadbiq etish muhim ahamiyatga 
egadir. 
Tadqiqot guruhida qo‘llanilgan “oq terakmi, ko‘k terak?” va “o‘rdaklar va 
ovchilar” va boshqa, to‘p bilan bajariladigan maxsus mashqlar harakatli 
o‘yinlarning murakkablashtirilgan variantlari (2 bobga qarang) samarali vosita 
sifatida yosh sportchilarni tayyorlashda qo‘llanilishi mumkin.
Bob bo’yicha xulosa 
Yuqorida qayd etilgan pedagogik tajriba natijalari, sinab ko’rilgan 
estafetali - o’yin mashqlari faqatgina tezkorlik sifatlarini samarali 
rivojlantirib qolmay, shu sifatlar asosida ijro etilishi kerak bo’lgan o’yin
malakalarini ham unumli sayqal topishiga imkon yaratdi. Binobarin, jismoniy va 
texnik tayyorgarlikning chambarchas bog‘liqligi hamda bu jarayonlarga oid 
mashqlar majmualarini dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab bir-biriga 


59 
birikkan holda qo’llash texnologiyasi o’zining nazariy-ilmiy va amaliy-
uslubiy jihatlardan qanchalik dolzarb ekanligi oshkor bo’ladi. 
Umuman olganda, yana shu narsani alohida ta'kidlash joizki, dastlabki 
tayyorgarlik guruhlarda shug‘ullanayotgan bolalarning o’quv-trenirovka 
jarayonida pedagogik nazorat ishlarini olib borilishi, ular bajarayotgan har bir 
mashqlarga adolatli baho berish shu bolalarda o’ta qiziquvchanlik, faollik 
fazilatlarini charhlar ekan, mashg‘ulotlarga ijodiy va mas'uliyat bilan 
yondoshishlariga asos bo’lar ekan.
Pedagogik tadqiqot davomida sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan estafetali – o’yin mashqlari bilan shug‘ullangan tajriba 
guruhidagi bolalarda o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning o’sish darajasi o’ta 
samarali rivojlanganligi kuzatildi.
Xulosa 
1. Ishda ko’rib chiqilgan adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ko’p 
yillik sport trenirovkasi jarayonida yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlash 
ustivor jihatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish sur'atiga bog‘liq. Ya'ni ushbu 
sifatlar qanchalik shakllangan bo’lsa, shug‘ullanuvchilarning yoshidan qat'iy nazar 
texnik-taktik mahoratning o’sish darajasi shunchalik samarali kechadi. Bu borada 
sakrovchanlik,kuch 
va 
tezkorlik 


60 
sifatlari, texnik- taktik tayyorgarlik kо’rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqligi hamda 
mazkur sifatlar sport mahoratini progressiv taraqqiy etishida muhim rol o’ynashi 
yana bir bor e'tirof etildi. 
2. Tezkorlik - kuch - sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalashda nostandart o’yin
mashqlarini qo’llash 
tajribasini o’rganish 
natijalari shuni 
ko’rsatadiki, 
respondentlarning aksariyat qismi yosh voleybolchilarni tayyorlashda nostandart 
o’yin mashqlaridan deyarli foydalanmas ekanlar. 
3. Nazorat guruhiga mansub bolalar bilan amaldagi BO’SM dasturi asosida 
o’tkazilgan 6 oylik mashg‘ulotlar boshida va yakunida o’rganilgan sakrovchanlik, 
kuch va tezkorlik sifatlari sust rivojlanganligi kuzatildi. 
4. Shu muddat davomida tajriba guruxida sakrovchanlik, kuch va tezkorlik 
sifatlarini rivojlantirish maqsadida qo’llanilgan estafetali - o’yin mashqlari qayd 
etilgan sifatlarni tez sur'atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. 
5. Sinab ko’rilgan sakrovchanlik, kuch va tezkorlik sifatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan estafetali - o’yin mashqlari an'anaviy standart 
mashqlardan ustun ekanligi hamda estafetali - o’yin mashqlari o’zining emotsional 
mohiyati tufayli mazkur sifatlarni samarali rivojlantirish qiymatiga ega ekanligi 
ilmiy jihatdan asoslandi. 
6. Yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlash bilan bog‘liq bo’lgan ko’p 
yillik trenirovka jarayonida qayd etilgan estafetali - o’yin mashqlarini 
muntazam qo’llash nafaqat sakrovchanlik, kuch va tezkorlik sifatlarini unumli 
shakllantirishga imkon yaratadi, balki shu asosda texnik-taktik imkoniyatlarni 
qisqa muddatlarda o’zlashtirishga asos bo’ladi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə