Qodirova Mahliyoning O’zbekiston tarixi fanidan kurs ishi mavzu


Kashtachilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar



Yüklə 152,88 Kb.
səhifə10/11
tarix22.03.2024
ölçüsü152,88 Kb.
#181334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Kashtachilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar
ashta tikish jarayonida gul, naqshlar chizish uchun chizg’ichlar, yumshoq va qattiq qalamlar, daftar, albom, o’chirg’ich, millimetrlangan qog’oz, nusxa ko’chiradigan qog’oz va shaffof qog’ozlar kerak bo’ladi.
Kashta tikish jarayonida asosiy hisoblangan chambarak gazlamaning tarang turishi uchun ishlatiladi. Chambarak, asosan, yog’ochdan yasaladi, u doira, to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi.
Chambaraklar ikkita gardishdan iborat bo’lib, bir-birining ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak. Kichik turdagi kashtalarda doira shaklidagi chambaraklar ishlatiladi14 (18-rasm).

18-rasm. Kashtachilik asbob-uskunalari.
Kashta tikiladigan gazlamani chambarakka tortishda uning kichik gardishi qo’yilib, gazlama iplari to’g’irlanadi. Katta gardishni uning ustiga bosib, gazlama tarang tortib qo’yiladi. Chambarak tortilayotgan yupqa gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir bo’lmasligi uchun uning ustiga o’rtasi chambarakning diametridan kichikroq bo’lgan boshqa gazlama qo’yiladi. Chambaraklar stolga mahkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin. Kashtalarning ko’p xillarida umuman chambarak ishlatilmaydi.
Kashta tikish uchun uzun ko’zli, kalta 1 va 2 tartibli ignalar tanlanadi. Ignaning ko’zi katta bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish oson bo’ladi. Bunday ignalar sanama va oddiy choklarni tikishda hamda ipni sanash va ajratib olish uchun qulay. Jun ipni ignaga o’tkazish qiyin. Bu ipni o’tkazish uchun ip o’tkazgichdan foydalanish mumkin. Uni bir qatim ipak yoki ingichka g’altak ip bilan o’tkazsa ham bo’ladi. Buning uchun ipak ipdan halqa hosil qilinadi, hosil bo’lgan halqa ichiga jun ip kiritiladi, ipakning ikkala uchini igna ko’zidan o’tkazib, jun ip bilan birga tortib olinadi.
Zich va yupqa (markizet, shoyi, batist, shifon) gazlamaga kashta tikishda, ko’zi kichik, ingichka igna kerak bo’ladi. Chunki yo’g’on igna sanchilgan joylarda teshik qoladi. Katta ko’zda esa, ingichka ipni yaxshi tutib bo’lmaydi. Buyumlarni biriktirib ko’klash uchun 1 va 3- raqamli ignalarni ishlatish qulayroq.
Kashtani chambaraksiz tikishda, bir necha qavat gazlamaga igna sanchishda, buyumlar chetini buklab tikishda angishvona kerak bo’ladi. Ang – forscha ―angusht, ya‘ni barmoq, vona – bona saqlovchi degan ma‘noni bildiradi, boshqacha aytganda, qo’lga igna kirib ketmasligi uchun barmoqqa taqiladigan metall g’ilof.
Angishvonaning usti va yoni ignani qadashda sirpanib ketmasligi uchun unda chuqurchalar o’yiladi. Angishvona o’ng qo’lning o’rta barmog’iga taqiladi, uni barmoqning yo’g’onligiga qarab tanlanadi, lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qoladigan bo’lmasligi kerak (19-rasm).

19-rasm. Angishvona turlari.
Naqshlar uchun o’tkir uchli 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Ishlash uchun uch xil qaychi ishlatiladi – uchi ingichka kichkina qaychi gazlamadagi ipni qirqish va tortib olib tashlash uchun; uchi qayrilgan o’rtacha kattalikdagi qaychi kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun; katta qaychi gazlama va kalava iplarini qirqish uchun. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig’larining uchi to’la yopiladigan bo’lishi kerak15 (20-rasm).



20-rasm. Qaychi turlari.
Santimetrli tasmadan buyum o’lchamlarini aniqlash, gazlamaga bezakni rejalash, tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi.
Kashtachilikda yog’och dastali ikki xil, ya‘ni ilmoqli-ilmoqsiz bigizlar ham ishlatiladi. Ayrim materiallarga kashta tikishda, masalan, charm yoki kartonga ninani qiynalmay o’tkazish uchun oldin ilmoqsiz bigiz bilan teshib olinadi, so’ngra kashta tikiladi. Millimetrli qog’oz naqshlar, ayniqsa, geometrik, sanama naqshlar chizishda kerak bo’ladi. Kashta naqshini gazlamaga ko’chirish uchun shaffof qog’oz ishlatiladi. Naqsh avval shaffof qog’ozga, keyin qog’ozdan gazlamaga ko’chiriladi. Kashta naqshini gazlamaga ko’chirish uchun nusxa ko’chiradigan shaffof qog’ozdan foydalansa ham bo’ladi. Kashta tikish uchun gazlama bilan ip buyumning nimaga mo’ljallanganiga, bezakning xarakteriga va tikish usuliga muvofiq tanlanadi. Kashta tikiladigan gazlamaga mos rangdagi ip ranglarini tanlash kashtado’zlikda katta ahamiyatga ega. Bu kashtado’zdan katta mahorat va did talab qiladi. Kashtada foydalaniladigan iplar rangining o’zaro muvofiqligi ham kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo’ladi.


XULOSA
Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, taraqqiy etdi, yuksaldi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi.
Oʻzbekiston hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmogʻi hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va toʻqimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va boshqalar).
Dastlabki qo`lda ishlangan sopol buyumlari neolit davriga xos bo`lib, yurtimizda Kaltaminor madaniyati bu borada bizga nihoyatda ahamiyatli ma’lumotlarni taqdim qiladi. Sopollar qo`lda ishlangan bo`lib olovda kuydirib pishirilgan. Sopol buyumlariga turli xil botiq shakldagi naqshlar solingan, arxeologlar e’tiborini tortgan yana bir jihat sopollardagi mato izlaridir, bu sopolning yasalish texnikasi bilan bog`liq bo`lib, quritilgandan so`ng yonib ketgan matodan “yodgorlik” hisoblanadi. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yoʻli muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ushbu davrda Surxon vohasida mavjud boʻlgan qadimiy davlatlar( Yunon- Baqtriya, Kushon podsholigi )da hunarmandchilikning kandakorlik yuqori darajada rivojlandi. Dalvarzintepadan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan. Kushon sanʼatida mahalliy anʼanalar, Qadimgi Sharq va Qdimgi Yunoniston ellinistik sanʼati uslublari muvofiqlashgan.
Keyingi Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida poʻlat, Oʻrta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni, qogʻoz) Yevropa bozorlarida qadrlandi. Hindistonda paxtadan nafis mato, Xitoyda ipak mato toʻqiydigan dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va Oʻrta Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi takomillasha bordi. Surxon vohasi ushbu davrlarda Buyuk Ipak yoʻlining janubiy tarmogʻi yoʻlida joylashib, hunarmanchilik taraqqiyotining qorishuv uslublarini oʻzida aks ettirdi va yuksaltirdi.
Moddiy madaniyatning ajralmas bir qismi boʻlmish hunarmandchilik taraqqiyoti uzoq tarixiy davrni oʻz boshidan oʻtkazib, Oʻzbekiston hududida bronza davri madaniyati sanalmish Sopolli madaniyati yodgorliklari hunarmandchilik taraqqiy etgan madaniy makon sifatida koʻzga tashlanadi. Sopollitepa madaniyati Surxondaryo viloyatining Sherobod va Sho`rchi tumanlarining 3 zonasi hudularida joylashgan. Yodgorliklarning 1- guruhi eski Ulanbuloq daryosining oʻzanlari hududlari bo`ylab joylashgan, 2- tipdagi yodgorliklar Bo`ston daryosining bo`ylarida paydo bo`lgan, 3- guruhdagi yodgorliklar esa Qizilsoy daryosining o`zani bo`ylab joy olgan. Ulanbuloq guruhi yodgorliklari uch manzilgohdan tashkil topgan: Sopollitepa, Kultepa va kichiktepa yodgorliklaridir, ular orasida eng keng miqyosda o`rganilgan yodgorlik Sopollitepa hisoblanadi. Bo`ston daryosining oʻng qirg`og`ida joylashgan yodgorliklar Jarqo`ton, chap qirg`oqdagilari esa Bo`ston deb yuritiladi. Bu yodgorliklar manzilgohlar xarobalari va qabristonlardan iborat. Uchinchi guruhda tilga olingan Mo`lali tipida ham qabristonlar ham aholi yashagan hududlar joylashgan, biroq, asosiy qazish ishlari qabristonlar hududlarida olib borilgan.
Bugungi kunda hunarmandchilik, tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida oʻzini toʻla oqlamoqda. Oʻzbekistonda mustaqillik boshlangach tadbirkorlik, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkiy oʻzgarishlarning muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ushbu jihatdan yaqin oʻtmishda faoliyat koʻrsatgan tadbirkorlar, hunarmandlar va savdo-sotiq tarmoqlarining tajribalari va tadrijiy rivojlanishini oʻrganish muhim ahamiyatga egadir. Bundan koʻrinadiki bizning diyorlar qadimdan hunarmandchilik markazlari boʻlgan. Buni rivojlantirish, jahon bozorlarini egallash uchun davlat tomonidan barcha shart sharoitlar yaratilmoqda.



Yüklə 152,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə