Qodirova Mahliyoning O’zbekiston tarixi fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 152,88 Kb.
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü152,88 Kb.
#181334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Xiva naqqoshlik maktabi. Xorazm naqshlarining ham o’ziga xos uslubi mavjud. U Samarqand, Toshkent, Farg’ona, Buxoro naqshidan tubdan farq qiladi. Xiva naqshida asosan zangori va yashil ranglar juda ko’p ishlatiladi. Islimiy naqsh kompozitsiyasida novda, marg’ula, shkufta, barg, no’xat, gul, oddiy oyguldan tashkil topadi. Ko’pincha yulduz hosil qiluvchi girihlar ishlatilib, orasi spiralsimon islimiy naqsh bilan boyitiladi. Xiva naqshlari umuman madoxilli naqshlar asosida tuziladi. Islimiy naqsh esa spiralsimon mayda qilib ishlanadi.
Xorazm naqshlarini turlanishida uch-to’rt xil rang tuslari ishtirok etib,
naqsh zaminlari havorang-yashil, novdalar oq rangda pardozi esa qora rangda bo’ladi. Xiva naqqoshlik maktabining yorqin namoyandalari: Abdulla Boltayev, Ro’zimat Masharipov, Xo’janiyoz Saidniyozov, Odamboy Yoqubov, Eshmurod Sapayev, aka-uka Vafo va Bolta Mirzayevlar va boshqalardir.
Buxoro naqqoshlik maktabi. Buxoro naqshi boshqa maktab naqshlaridan naqsh kompozitsiyalarining murakkabligi, mukammalligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi. Buxoro naqshlarida murakkab girihlar aniq, puxta o’lchamda ishlatilishi o’simliksimon naqshlarning o’ziga xos san‘at bilan ishlangani naqshlarning yaproq, meva, gul barglar ritmiga alohida e‘tibor berilishi bilan farqlanadi. Buxoro naqshlarida ko’proq namoyon naqsh kompozitsiyalari shuningdek kosamon, kitoba, mehrob naqshlariga xos namunalar ko’plab ishlanadi.
Samarqand naqqoshlik maktablari. Samarqand naqshlari Toshkent, Farg’ona naqshlariga o’xshab ketadi. Samarqand naqshlarida zangori-yashil rang tuslari ko’plab qo’llaniladi.
Samarqand naqshlari o’ta guldorligi, barg va gullarining o’ta harakatchanligi, jonliligi bilan farq qiladi. Naqsh kompozitsiyalaridan o’simliksimon murakkab girih turlari alohida joziba kashf etadi.
Usta Rahmonqul, usta Jamoliddin, usta Abduzohid, usta Sharif, usta Aminjon, usta Boqi, usta Mahmud keyinchalik usta Jalol va Bolta Jalilov kabi naqqoshlar Samarqand naqqoshlik maktabining yaratilishiga asos soldilar va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdilar.
Naqsh turlari va naqshlardagi ramziylik
O’zbek naqqoshligida keng tarqalgan naqshlar to’rt turga: geometrik (handasaviy), o’simliksimon (islimiy), murakkab (gulli girih) va ramziy naqshlarga bo’linadi.

Yüklə 152,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə