Qodirova Mahliyoning O’zbekiston tarixi fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 152,88 Kb.
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü152,88 Kb.
#181334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Toshkent kashtachiligi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Toshkent kashtachilik buyumlari ikki xil bo’ladi: bu palak va gulko’rpadir. Toshkent kashtachiligidagi gulko’rpa va choyshablarning kompozitsiyasi markazdagi yulduz yoki doira shakli va gulli shoxlardan iborat bo’lib, fonining ko’p joylari tikilmaydi, bo’sh qoladi. Tikishda asosan bosma chok qo’llaniladi. Toshkent palaklarining kompozistiyasi esa to’q qizil rangli bir tekis tikilgan doiralardan iborat. Doiralarning soniga qarab, masalan: ―olti oylik palak, ―o’n ikki oylik palak va hokazo deb yuritiladi.
Hozirgi kunda Toshkent kashtalari butunlay o’zgarib ketdi.
Doiralarning soni kamayib, o’lchami kattalashdi, ular qatorini yangi usuldagi bitta katta doira egalladi. Bunday palaklar ―oy palak, ―qiz palak va ―tog’ora palak‖deb ataladi. Ular bir tekis, fonida ochiq joy qolmaydigan qilib tikiladi. Kashta ranglari bir-biriga umuman qarama-qarshidir. Masalan, kashtalarda chiziqlar kulrangda tikilib, qolgan joylar bir tekis to’q qizil rangli iplar bilan to’ldiriladi.
Farg’ona kashtachiligi ham e‘tiborga molik kashtachilik markazlaridan biri hisoblanadi. Farg’ona vodiysi kashtalari shoxsimon grafik gullar yoki konstentrik aylanalardan, doira turunjlardan iborat bo’lgan va yaxshi yigirilgan ipak bilan bosma chokda tikilgan, shuningdek, kompozistiya fonida ko’p bo’sh joy qolishi bilan ajralib turadi. Farg’ona kashtalari to’q ko’k yoki binafsha rang shoyi va satinlarga tikilib, gullar yuzaga erkin joylashadi va ular juda nafisligi bilan ajralib turadi. Ro’yijo uchun qayrilma gulli, kungurali buta motivlarining qo’llanilishi xarakterlidir. Farg’ona kashtasida asosan, qora fonga yorqin ipaklar bilan tikilgan, qizil, pushti rang gulli oq- sariq butalarning galma-gal qaytarilishi natijasida rangdor ritm hosil qilinadi hamda Farg’ona do’ppilarini eslatadi.
Mahalliy kashta maktablari orasida Surxondaryo kashtachiligi ham katta ahamiyatga ega. Surxondaryo kashtalari o’troq va ko’chmanchilik madaniyatining qorishuvini ifodalovchi ranglar jilosi, kompozitsion tuzilmasi, bezak lavhalari tuzilishida o’z ifodasini topadi. Surxondaryo kashtachiligida XX asrning birinchi yarmida o’simlik va geometrik bezaklardan keng foydalanilgan. Ilon izi chiziqlar, gullar tasviri, qo’chqor shoxlari, to’lqinsimon naqshlar shular jumlasidandir.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida deyarli har bir xonadon o’ziga xos xalq madaniyati muzeyiga ega bo’lib, ularda xilma-xil kashtachilik buyumlari, gilamlar, kigizlar namoyish etiladi.
Ular orasida eng ko’p tarqalgan buyumlar borpo’sh, bug’joma, zardevor, joynamoz, bolinpo’sh, belbog’, oyna xalta, choy xalta, so’zana va hokazolar sanaladi. Yorqin kolorit va o’ziga xos gullar Boysun kashtalarining yorqin ko’zga tashlanadigan xususiyatidir.
O’zbekistonning boshqa tumanlarida bo’lganidek, Boysun kashtalarida ham islimiy va handasaviy naqshlar ustunlik qiladi, ularda mayda nuqtalar tushirilgan, yoki qush, jonivorlar shakli qo’shib tikilgan.
Kashtachilik san‘atining qadimgi maktablaridan bo’lmish Buxoro milliy kashtachiligining o’ziga xos xususiyati tabiiy bo’yoqlarning qo’llanilishi, naqshlarining qadimiy nusxalarda tikilishida namoyon bo’ladi. Buxoro kashtalarining o’ziga xos belgilaridan biri ularda ―yo’rma‖ choki mahorat bilan qo’llanilishida va havorang, binafsharang, pushti va och sariq ranglarning kashtadagi qizil, pushti va ko’k ranglar bilan uyg’unlashishidadir. Buxoro kashtalarining kompozistiyasi, tuzilishi va gullarni ham juda xilma- xildir.
Buxoro kashtalari asosan oq, kulrang, malla va tabiiy rangli karbos, qizil satin, oq surp, shoyi va hisori matolarga bajarilganligi bilan farqlanadi. Buxoro so’zanalari joypo’sh va joynamozlari kompozistiyasi an‘anaviy markaziy maydon, keng hoshiya va 2 ta tor hoshiyalardan iborat, markaziy maydonda simmetrik naqshlar ketma-ket holatda joylashtiriladi.
Keng hoshiyada asosan markaziy maydondagi naqshlar simmetrik holatda takrorlanadigan, yoki islimiy naqshdan iborat bo’ladi. Ikkita tor hoshiyada bir-biriga o’xshash geometrik va islimiy naqshlar kompozistiyaning birinchi holatidagi naqshlarni asosan geometrik doiralar, to’pbarggullar, butalar va shoxchalar tashkil qiladi. Ochiq qolgan joylarga barg, shoxcha, ko’zacha, oftoba, ayrim hollarda qushlar tasviri tikib to’ldiriladi.
Kashtalarda butagul, gul daraxt, qo’chko‘rak, tagalak, anguri, shobarg kabi naqshlar uchraydi. ―Chashmi bulbul, ―dandon, ―dutarafa dandon, ―zanjiri, ―barra tishi naqshlari kashta qismlarini chegaralashda qo’llanilgan.
Odatda, yirik kashtachilik buyumlarining nusxalarini maxsus tajribaga ega bo’lgan chizmakash-nusxachilar chizishgan. Naqshlarni rangi siyo‖ – qora tabiiy bo’yoqlar bilan chizilgan. Kashta kompozistiyasi chizilayotganda, mato dioganallari bo’yicha buklanib, markazi topilgan, keyin asosiy maydon va keng hoshiyaga ajratilgan.
Har bir kashta nusxasini yaratish chizmakash uchun ijodiy jarayon hisoblangan. U hech vaqt tayyor naqshdan nusxa ko’chirmagan.
Ammo u kashta nusxasini kashtado’zga ham chizma tariqasida bermagan. Uning hunari shaxsiy sirga ega deb hisoblangan.
Kashtado’zlikning yirik namoyandalaridan Andijondagi rassom kashtado’z X. Nazarov, Samarqanddagi kashtado’z Usmon Shokirov, toshkentlik kashtado’z va chizmakash Xayri Sobirovalar kashta buyumlariga yangi turli xil naqsh kompozitsiya va tikish usullarini yaratdilar. Hozirda yangi kashta naqsh turlari yaratilmoqda. Yetishib chiqqan kashtachilar o’zining san‘ati va tabiatiga ko’ra go’zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar. Har bir inson jamiyatda o’z o’rnini bilishi, o’zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim, zero, bugungi kunning talabi ana shundan iborat. San‘at esa mazkur jarayonlarda insonni go’zallik haqidagi tuyg’ulari, tabiatga bo’lgan munosabati, badiiy adabiyotga qiziqishi, jamiyatga bo’lgan qarashlarini go’zallik va ulug’vorlik asosida yaratuvchanlik qobiliyatini oshirishi bilan diqqatga sazovordir.
Zamonaviy kashdado’zlar Nurotadan A.Sharapova, G.Oralova, F.Omonova, Shofirkondan M.Qo’chqorova, Shahrisabzlik Yu.
Mamadiyorova ijodiy guruhidagi chevarlar va B. Chorshanbiyeva, G’o’s qishlogidan M.Hamdamovalar mahalliy maktablar naqshlari bilan birga ba‘zan boshqa maktab bezak mavzulariga murojaat qiladilar. Ularning kashtalarida anor, qalampir yoki bodomgul, oshpichoq, doiragul, lolagul, buta shoxlaridan iborat tasvirlar asosiy bezakdir.

Yüklə 152,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə