Qodirova Mahliyoning O’zbekiston tarixi fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 152,88 Kb.
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü152,88 Kb.
#181334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Kurs ishining maqsadi: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligining naqqoshlik, kashtachilik sohalarining paydo bo’lish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari o’rhanishdan iborat
Kurs ishining vazifasi: Yuqoridagi maqsadga erishish uchun kurs ishida quyidagilar vazifa etib olindi:
- O’zbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari, arixi va rivojlanish bosqichlari ilmiy va nazariy taxlil qilish;
- Naqqoshlik san’ati tarixi, rivojlanish bosqichlari va maktablari rivojlanishini organib taxlil qilish;
- Kashtachilik san’ati tarixi va rivojlanish bosqichlari yoritish;
Kurs ishining ob’ekti: ushbu kurs ishi mavzusini yozishda boshqa manbalardan ham foydalanilgan, ammo asosiy e'tibor Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligining naqqoshlik, kashtachilik sohalarining paydo bo’lish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari, maktablarining rivojlanishi ob'ektiviga qaratildi.
Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan bo’lib, tayyorlash jarayonida darsliklar, vaqtli matbuot materiallaridan va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanishga harakat qildik.
Kurs ishining strukturasi: mundarija, kirish, asosiy qism, 3ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kurs ishining xajmi: 34 betdan iborat.


1.Ozbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari, tarixi va rivojlanish bosqichlari
Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san‘atining ko’pdan-ko’p sohalari bilan uyg’unlashib ketadi. Ammo tasviriy va amaliy san‘at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o’ziga xosligi, yo’llari, xususiyatlari bir-biridan farqlanadi. Respublikamizda mavjud bo’lgan xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg’ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta‘limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo’lib, o’ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi.
Hunar – muayyan tayyorgarlikni talab etadigan va tirikchilik manbai bo’lgan ijodiy mehnat faoliyati. Hunarli – biror hunarni puxta egallagan shaxs. Hunarmand – biror hunar turi bilan shug’ullanuvchi usta. Hunarmandchilikning asosiy belgilari oddiy mehnat qurollari yordamida biror ishning bajarilishi va ishlab chiqarishning yakka tartibdaligidadir.
Hunarmandchilik musulmon jamiyatida azaldan erkaklar va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimotini ko’rsatuvchi o’ziga xos oyna bo’lib kelgan. Erkaklar ko’pincha bozorda sotish uchun, xotin-qizlar esa oila ehtiyoji uchun mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, gazlama ishlab chiqarish, tikuvchilik ustaxonalarida kiyim tikish, zardo’zlik, naqqoshlik, yog’och va ganch o’ymakorligi faqat erkaklar shug’ullanadigan ish sanalgan. Xotin-qizlar esa kashtado’zlik, gilam to’qish, namat bosish bilan band bo’lgan. Ular shuningdek, arzon paxta matolar to’qishgan, sopol, ganch o’yinchoq, idishlar yasashgan2.
XX asrga kelib, bu an‘anaviy turmush tarzi keskin o’zgardi.
Shahardagi xotin-qizlar an‘anaviy hunarmandchilik bilan mutlaqo shug’ullanmay qo’yishdi, chekka qishloqlardagi ayollargina ajdodlari kasb-korlarini saqlab qolishdi. Sho’ro davlati tanazzulga yuz tutganidan keyin an‘anaviy hunarmandchilikka munosabatda keskin o’zgarish ro’y berdi. Xotin-qizlar ehtiyoj tufayli hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan faol shug’ullanishga kirishdilar. Chunki sobiq sho’ro davrida iqtisodiyotning barbod bo’lishi barchani yangi ish topishga majbur etdi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida tanazzuldan chiqish uchun an‘anaviy hunarmandchilik bilan shug’ullanish maqbul yo’l bo’lib qolgan edi. Shu tariqa kutilmagan o’zgarish yuzaga keldi – hunarmand ayollar bozorni egallashdi.
Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, yog„och o„ymakorligi, metal o„ymakorligi, kashtachilik, quroqchilik, zardo‟zlik, gilamchilik, gazlama to‟qish, ko„nchilik, pazandachilik, yog„ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido„zlik, sangtaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi sohalarga ega bo’lib, o’zida mehnat va kasb ta‘limining ko’pgina xususiyatlari – amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi, mahalliy xom ashyolarni topish va ta‘mirlashning qulayligi, o’g’il va qiz bolalar mehnatining o’ziga xosligi, murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va dastgohlar talab qilmasligi; mashg’ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o’rgangan, ma‘lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e‘tiborga molikdir.
Bugungi kunda ishlab chiqarilgan hunarmandchilik buyumlarini uch guruhga bo’lish mumkin: ro’zg’orda foydalanish (asosan qishloq tumanlarida), bozor uchun tayyorlangan buyumlar, shuningdek, ko’rgazmalarda ishtirok etishga mo’ljallangan hunarmandchilik buyumlari.
1920-yil sentabrda Turkiston o’lkasi bolsheviklar tomonidan bosib olindi va ular chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini davom ettirdilar. Bu siyosatning mohiyati Turkistonni Rossiyadan keltirilayotgan tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirish bilan bu yerda shakllangan savdo, hunarmandchilik rivojiga zarba berish edi.3
Ruslar bosqini arafasida Turkiston o’lkasida sanoat ishlab chiqarishi asosan aholining maishiy ehtiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi mayda hunarmandchilikdan iborat edi. Aholi orasida hunarmandchilikning kigiz va gilam, teri va mo’yna tayyorlash, uy- ro’zg’or jihozlari ishlab chiqarish turlari keng yo’lga qo’yilgan edi.
Ularga badiiy ishlov berishda, ya‘ni nafis va go’zal naqshlar bilan bezatishda xalq amaliy bezak san‘ati katta rol o’ynagan. Ular ana shu milliy xususiyati bilan ajralib turgan.
Bolsheviklar Turkistonga kirib kelganda bu o’lka butunlay Rossiya paxta xom ashyo bazasi va bozoriga aylanib bo’lgan edi.
Ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi qoloq bo’lganligi sababli ular bilan raqobatlasha olmagan, mahalliy aholi vakillariga belgilangan soliqlar miqdorining yuqoriligiga chiday olmagan o’lka hunarmandchiligi butunlay inqirozga yuz tutgan edi. Shu paytgacha hunarmandlarimiz ishlab chiqargan mahsulotlarni endi Rossiya sanoati ishlab chiqarar va yetkazib berar edi. 1920-yillar boshida ham xususiy mulk va shaxsiy mehnat faoliyatiga barham berilgani tufayli, amaliy san’atning iqtisodiy asosiga putur yetgan edi. Shu asnoda tabiiy iqtisodiy tayanchidan mahrum hunarmand ustaning ijtimoiy maqomi pasayib ketdi. O’z mahsulotlarini mustaqil sotishga intilgan usta-hunarmandlar faoliyati noqonuniy ishbilarmonlik sifatida soliq organlari tomonidan ta’qib ostiga olindi.
Samarqand, Marg’ilon, Qo’qon, Andijon, Buxoro va Toshkent o’lkaning hunarmandchilik markazlari hisoblangan. Shahar hunarmandlari XIX asrning ikkinchi yarmida paxta yigirish uchun charx, qo’lbola to’quv dastgohlari yaratishgan. O’sha davrlarda Buxoro zardo’zligida ishlatilgan Buxoro barquti — baxmali joydor (jaydan), Qarshi olachasi ana shunday dastgohlarda to’qilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiyadan sanoat mahsulotlarining keltirilishi mahalliy hunarmandlarni inqirozga uchratdi4. Hunarmandlar ming mashaqqatlar bilan ishlab chiqargan mahsulotlarini fabrika mahsulotlaridan sifati pastligi tufayli ularni arzon-garovga sotardilar. Shunday qilib, xonavayron bo’lgan hunarmand- kosiblarning soni ortib borgan. XX asr an‘anaviy madaniyatning barcha turlari, jumladan, hunarmandchilik uchun ham murakkab sinov davri bo’ldi. Ularning ayrimlari sanoat ishlab chiqarish mahsulotlari keng tarqalishi oqibatida deyarli yo’qolib ketdi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin amaliy san‘atning ancha turlarini har jihatdan rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar ko’rildi. Eng avvalo davlatning amaliy san‘atga munosabati o’zgardi. Bu o’zgarish
O’zbekistonning milliy merosni asrab-avaylashga yo’naltirilgan yangicha mafkuraviy siyosati bilan bog’liqdir. An‘anaviy san‘at turlariga ustuvor ahamiyat berilishi, madaniyatshunoslarning mustaqillikka erishilganidan keyin jamiyatda etnomadaniy qadriyatlar, jumladan, o’tgan asrlardagi badiiy tajribalarga murojaat qilish kuchayishi to’grisidagi xulosalarini tasdiqladi. Bu esa o’z navbatida, an‘anaviy san‘at rivojiga yangicha yondashish va uning yanada taraqqiy etishi uchun keng yo’l berishni taqozo etadi. Zamonaviy jamiyat rivojlanishi borasida to’plangan tajriba milliy madaniy merosni asrab-avaylash zarurligini ko’rsatmoqda.
Ta‘kidlash joizki, respublikada o’tgan yillar ichida an’anaviy badiiy madaniyatni qayta tiklashda salmoqli tajriba to’plandi. O’zbekistonda an‘anaviy san‘atni tiklash va qo’llab-quvvatlashga doir loyihalarga davlat dasturi maqomida qaraldi. Respublikada an‘anaviy san‘atning barcha turlarini har tomonlama rivojlantirish uchun jiddiy chora- tadbirlar belgilanib, tegishli yangi tuzilmalar tashkil etildi, mavjud tuzilmalar qayta tuzildi. 1995 yil Toshkentda o’tkazilgan birinchi xalq hunarmandchiligi yarmarkasi zamonaviy ustalarning o’zlari tayyorlagan mahsulotlarini taqdim etadigan yarmarka, festival, tanlov, savdo-ko’rgazmalarni boshlab berdi. Ushbu yarmarka BMT ko’magida mazkur tashkilot tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan o’tkazildi.
Yarmarkaning ―Ustoz-shogird‖ shiori ko’p jihatdan ramziy bo’lib, u hunarmandchilikdagi hali unutilmagan ko’nikma, malakalarni saqlab qolishda ustoz-shogirdlik tizimi ahamiyatining beqiyosligini ko’rsatishga qaratilgan edi. Keyinchalik BMT tomonidan bunday yarmarkalar muntazam o’tkazilishi yo’lga qo’yildi. Yarmarka mintaqa miqyosida o’tkazildi. Ushbu tashabbus mahalliy hokimiyatlar tomonidan ham qo’llab-quvvatlandi. Ular o’tkaziladigan yarmarkalarning asosiy homiysiga aylanishdi. 1996 yilda Xalqaro ―Oltin meros‖ xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Tarixiy va madaniy meros noyob osori-atiqalarini izlab topib, ro’yxatdan o’tkazish, sotib olish va saqlash, xalqaro jamoatchilikni O’zbekiston milliy madaniyati va san’ati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib borish ushbu jamg’armaning asosiy maqsadi va vazifasi qilib belgilandi. 1997 yilda an‘anaviy san‘at turlarini qayta tiklash va rivojlantirish chora-tadbirlarini ko’rish, hunarmandchilik va amaliy san‘atning yo’qolib borayotgan turlarini saqlash, rassomlar va ustalarga g’amxo’rlik ko’rsatish, yoshlarga kasb sirlarini o’rgatish maqsadida ― “Musavvir ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Respublika ―Ustoz maxsus ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi” tashkil etildi5. Mazkur tuzilmalar faoliyati tufayli gul bosilgan gazlama, lokli miniatyura rangtasviri, gilamdo’zlik singari hunarmandchilikning deyarli yo’qolgan turlari qayta tug’ildi.
O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 1997 yil 31 martidagi ―Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san‘atni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Farmoni an‘anaviy hunarmandchilikni saqlab qolishga qaratilgan eng muhim hujjat bo’ldi. Ushbu Farmonda xonadonida badiiy buyumlar ishlab chiqaradigan xalq hunarmandlariga amaliy yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan edi. Iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida hunarmandlar besh yil mobaynida daromad solig’i, xalq hunarmandchiligi buyumlarini Respublikadan tashqarida sotganligi uchun bojxona boji to’lashdan ozod qilindi. ―O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi‖ unvoni ta‘sis etildi. Shuningdek, ushbu Farmon asosida ―Musavvir‖ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi huzurida ―Hunarmand‖ O’zbekiston xalq ustalari uyushmasini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bugun Respublikaning barcha viloyatlarida mazkur tuzilmalarning tarmoqlari faoliyat ko’rsatmoqda.



Yüklə 152,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə