Qo‘l muskullari Odam qo‘l -oyoq skeletlarining umumiy ko‘rinishi


Bilak suyaklarining o‘zaro birlashuvi



Yüklə 389 Kb.
səhifə8/9
tarix11.05.2023
ölçüsü389 Kb.
#109710
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qo‘l-oyoq suyaklari

Bilak suyaklarining o‘zaro birlashuvi. (rasm)Bilak suyagi bilan tirsak suyagining bir-biriga qaragan qirralari ( margo interossea) o‘rtasida fibroz to‘qimadan tuzilgan parda – membrana interossea tortilgan. Bu pardaning o‘rta qismi qalin va pishiq bo‘lib, ikki suyakni bir-biriga mustahkam birlashtirib turadi, lekin ular harakatiga mutlaqo xalaqit bermaydi. Pardaning fibroz tolalari bilak suyagidan tirsak suyagiga qiyshiq holda tortilgan, uning ustki tomonida bir necha mayda teshiklari bor, ulardan arteriyalar o‘tadi .
Suyaklarning pastki uchlari o‘rtasida hosil bo‘lgan bo‘g‘im – articulatio radioulnaris distalis bilak suyagidagi maxsus kemtik (incisura ulnaris radii) bilan tirsak suyagining boshchasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bilak suyagidagi kemtikning pastki qirg‘og‘idan tirsak suyagining bigizsimon o‘sig‘i tomon fibroz tog‘aydan tuzilgan plastinka – discus articularis tortilgan bo‘lib, u suyaklarning bo‘g‘im yuzalarini moslashtiradi.
Bu bo‘g‘im keng va pishiq kapsula bilan o‘ralgan, yuqori qismida har ikkala suyak o‘rtasida xaltasimon bo‘rtma bo‘shliq (cho‘ntak) – recessus sacciformis ni hosil qiladi. Bo‘g‘im silindr shaklidagi bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.




rasm. Tirsak bo‘g‘imi, suyaklar oraliq parda, pastki bilak-tirsak bo‘g‘imi (old tomoni).
1–capsula articularis; 2–trochlea humeri; 3–cavum articulare; 4–ulna; 5–membrana interossea antebrachii; 6–articulatio radio-ulnaris distalis; 7–radius; 8–chorda obliqua; 9–tendo m. bicipitis brachii (kesilgan); 10–lig. anulare radii; 11–caput radii; 12–capitulum humeri; 13–humerus.

Suyaklarning yuqori uchidagi bo‘g‘imda bilak suyagining boshchasi tirsak suyagidagi kemtikka, pastki uchidagi bo‘g‘imda esa, aksincha tirsak suyagining boshchasi bilak suyagi kemtigiga kirib turadi. Bilak suyaklari o‘zaro birlashib silindrsimon bo‘g‘imlarni vujudga keltirgan. Binobarin, bu bo‘g‘imlarda aylanma harakat (bilak suyagi boshchasi orqali tirsak suyagi atrofida aylanib) yuzaga kelib, kaft pastga (pronatsiya) va yuqoriga (supinatsiya) harakatlanadi.



Yüklə 389 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə