ko‘rinib turadi. Kurak suyagining uchchala chekkasi o‘zaro uchta burchak hosil qilib qo‘shiladi: shulardan biri pastga qaragan burchak (angulus inferior), ikkinchisi yuqori tomondagi burchak (angulus superior) va uchinchisi lateral burchak (angulus lateralis).
Lateral burchak yo‘g‘onroq bo‘lib, undagi chuqurroq bo‘g‘im yuzasi (cavitas glenoidalis) orqali yelka suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib birlashadi. Bo‘g‘im yuzasining tepasidagi do‘mboq – tuberculum supragenoidale, pastidagi do‘mboq – tuberculum infraglenoidale ko‘rinib turadi. Bo‘g‘im yuzasi orqa tomonga ingichka bo‘yin (collum scapulae) orqali tanaga o‘tadi.
Kurak suyagining bo‘g‘im yuzasi ustida tumshuqsimon o‘siq (processus coracoideus) bo‘rtib turadi.
Kurakning oldingi, qovurg‘alarga qaragan yuzasi (facies costalis) botiqroq bo‘lib, kurak osti chuquri (fossa subscapularis)ni hosil qiladi, ana shu yuzadagi bir necha g‘adir-budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi. Kurakning orqa yuzasi baland qirra (spina scapulae) bilan ikkita teng bo‘lmagan qismga bo‘lingan bo‘ladi. Qirraning tepasidagi qirra usti
chuqurchasi fossa supraspinata, pastki chuqurcha fossa infraspinata deyiladi. Bu chuqurchalarga shu nomdagi muskullar yopishib turadi. Kurakning baland qirrasi lateral tomonga davom etib, baquvvat yelka o‘sig‘i – akromion (acromion) bo‘lib tugaydi. Ana shu o‘siq uchidagi bo‘g‘im yuzasi faeies articularis acromialis orqali o‘mrov bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: