Qo‘l muskullari Odam qo‘l -oyoq skeletlarining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 389 Kb.
səhifə5/9
tarix11.05.2023
ölçüsü389 Kb.
#109710
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qo‘l-oyoq suyaklari

Qo‘l panjasining skeleti (ossa manus 41-rasm), kaft usti (ossa carpi), kaft (ossa metacarpi) va barmoq (falanga) – phalanges digitorum manus suyaklariga ajratiladi.
Kaft usti suyaklari (ossa carpi) turli shakldagi 8 ta mayda suyaklardan iborat bo‘lib, to‘rttadan ikki qator joylashgan. Bulardan birinchi yoki proksimal qator (bosh barmoq tomonidan hisoblaganda), qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak, uch qirrali suyak va no‘xatsimon suyaklardan tashkil topgan.
Qayiqsimon suyak (os scaphoideum – 41-rasm) birinchi qatordagi suyaklarning kattasi bo‘lib, bo‘rtib chiqqan yuzasi va chap tomonda do‘mboqchasi (tuberculum) ko‘rinadi.
Yarimoysimon suyakning (os lunatum, 41-rasm) tepa yuzasi qavariq, pastki yuzasi esa botiq bo‘ladi. Uch qirrali suyakda (os triquetrum, 40-rasm) no‘xatsimon suyak qo‘shiladigan bo‘g‘im yuzasi ko‘rinadi. No‘xatsimon suyak (os piciforme, 41-rasm) eng kichkina suyak bo‘lib, u kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul payining orasida joylashgan. Ana shu to‘rtta suyakning birinchi uchtasi o‘zaro birlashib ellips shaklidagi qabarib turgan bo‘g‘im yuzasini hosil qiladi va bilak suyagining bo‘g‘im yuzasi bilan birikib turadi. Pastki yuzalari esa pastki (ikkinchi) qator suyaklari bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.

rasm. Qo‘l panjasining skeleti (ossa manus). Orqa yuzasi.
1 – phalanx distalis; 2 – phalanx media; 3 – phalanx proximalis; 4 – spatia interossea metacarpi; 5 – os metacarpale V; 6 – os hamatum; 7 – os capitatum; 8 – os piciforme; 9 – os triquetrum; 10 – os lunatum; 11 – os scaphoideum; 12 – os trapezoideum; 13 – os trapezium; 14 – processus styloideus; 15 – os metacarpale I.

Kaft suyaklarining uchidagi bo‘g‘im yuzalari yassi bo‘lib, kaft usti suyaklarining ikkinchi qatorda joylashgan suyaklari bilan qo‘shilsa, yonbosh yuzalari esa o‘zaro bir-biri bilan bo‘g‘im hosil qilib birlashadi. I kaft suyagi kalta bo‘lib, asosida egarsimon bo‘g‘im yuzasi bor. II kaft suyagi eng uzun, V kaft suyagi esa eng kalta.


Kaft suyaklarining boshchasidagi sharsimon bo‘g‘im yuzalari birinchi barmoq falanga suyaklari bilan bo‘g‘im hosil qiladi.

Yüklə 389 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə