Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Beg chog‘ida-da qilgan xizmatlarini hargiz  o‘zga qilmadi. Tangri



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Beg
chog‘ida-da qilgan xizmatlarini hargiz 
o‘zga qilmadi.
Tangri
inoyat (14) qilib, Sohibqiron (15) 
Beg
otamning 
taxtini (16) menga nasib qildi ersa, sen ham otang yurtini (17) 
bilib, el-ulusingni boshlagandan beri (18) yaxshilig‘ing, chin 
e’tiqodingni bildirib (19) erding. 
Tangri
inoyati bilan mardlar 
himmatidan bu chog‘larda burungi kechgan (20) ota-
og‘alaringdan ortiq, ko‘ngil tilagandek, shoyasta xizmat(21)lar 
qilding. Ini-o‘g‘illik, do‘stlik, qarindoshlig‘ingni bildirding. 
(22) Sening bu xizmatlaringdan benihoya rozi bo‘ldik. Endi 
sen yana bilursen-(23)kim, ulus egasi (24) 
Temer beg
tamom 
mamlakatlarni zabt qilib, (ularni o‘z yaqinlariga) ulashganda 
Tabriz (25) taxtini (26) mening otam (27) 
Mironshoh Mirzo
ga 
bergan edi. Senga-da ma’lum turur-kim, (28) ota yurti o‘z 
yurting bo‘lur. 
Tangri
inoyatiga sig‘inib (29) bu fursatlarda 
Azarbayjon viloyatlarini zabt qilib, (30) otam yurtini burungi 
yo‘sun [ya’ni, Temurbek zamonidagi qonun] bilan boshqarayin 
deb kelyapman(31). Hasan Alining buzuq xabari chappasidan 
keldi. Davlat uchun bag‘oyat (32) munosib (bir) ish bo‘ldi. 
Miyonaga yetganda ining Murod (33) bilan yaxshi so‘zlaring 
keldi. Sening ko‘nglingda andoq (34) kechmasin-kim, Tabrizda 
Jihonshoh turur erdi, menga bermadilar, deb. (35) Sen yana 
bilursen-kim, Jihonshohga bir vosita bilan andoq tushib erdi 
[ya’ni, bir sabab bilan berilgan edi]. (36) Orada bir ahd so‘zi 
ham kechib erdi. So‘ng (37) biz ham Xuroson viloyatlariga 
qaytib kelib erdik. Bir necha (38) viloyatlarning zabtini qilmoq 
muhim erdi. 
Tangri_inoyati_bilan_(50)_Tabrizga_kelganimda_sen_ham_yiroqsinmay,_kelib_ko‘rishning_yarog‘ini_[ya’ni,_ilojini]_(51)_topsang,_kelib_ko‘rgin._Tangri'>Tangri
inoyati (39) bilan, mardlar himmatidan ul 
viloyatlar musahhar bo‘lib (40) erdi-kim, Jihonshoh sening 
ustingga yuridi, deb eshitganimizda (41) ul ahd orada qolmadi. 
Sen ham eshitgan bo‘lsang kerak-kim, (42) Ali beg degan 
jo‘ramni bitiglar bitib Jihonshohga choptirdim-kim, (43) sening 
bilan ahd qilganda bir-birimizning do‘stiga do‘st, dushmaniga 


349
(44) dushman bo‘laylik deb, so‘z kechib erdi. Endi (45) 
bizning Hasan begdan yaxshiroq do‘stimiz yo‘q turur. Yuz 
yildan (46) beri o‘zga (bilan) bo‘lmagan ahd sening ustingda 
bo‘ldi. (47) Men ham 
Tangri
inoyatiga sig‘inib, sening 
ustingga yuridim deb (48) bildirgulik yuborib edim. Yuborgan 
elchi Tabrizga yetganda (49) Jihonshohning ishini bir yoqli 
qilgan emishsan.
Tangri
inoyati bilan (50) Tabrizga kelganimda sen ham 
yiroqsinmay, kelib ko‘rishning yarog‘ini [ya’ni, ilojini] (51) 
topsang, kelib ko‘rgin. 
Tangri
inoyatidin umidim ul turur-kim, 
Rum, Misr, (52) Shom boshli butun mamlakatlar fathini bot 
(53) bizga nasib qilsa, Alloh taolo shunga yetishtirgandan (54) 
so‘ng, umidim ul-kim, barcha ish ko‘ngil tilagandek bo‘lg‘ay. 
(55) U yoqlardagi viloyatlarning harbiy qudratini (56) sen 
yaxshiroq bilursen. Agar (57) men o‘zim bormoqqa hojat 
topmay, o‘g‘lonlarimdan, so‘ngra (58) beklardan, cherigdan ne 
miqdor kerakli bo‘lsa, (59) (cherigning) harbiy ahvolini qarab 
chiqib, yana tilasang, ul choqli kishi yuborayin. Bunga (60) 
teng keladigan [ya’ni, bunga arzirli] inilik, qarindoshlik, 
xizmatkorlikni sen qilding. 
(61) 
Tangri
inoyati bilan, mardlar himmatidan Misr, Rum, 
Shomdek yerlarni (62) olib bermakni (63) men bilayin [ya’ni, 
men shuni bilay; o‘z ustimga olay]. Sendan 
Tangri
inoyati 
bilan umidim ul turur-kim, (64) bundan so‘ng ham ini-o‘g‘illik, 
xizmat(65)korlikni 
orttirg‘aysen. 
Hargiz 
o‘zga 
bo‘lmag‘ay(66)sen. Bu qanday o‘g‘il-kim, bu kechar dunyoda 
burungi yaxshi(67)lari yuz yildan beri qilgan do‘stlik, 
qarindoshlik(68)ni o‘zga qilsa?! 
(69) 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə