Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

 
 
 
 


51
Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilini yuksaltirishdagi 
ulushi
Turkiy adabiy tilning rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar 
orasida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyga (Nizomuddin Mir 
Alisher Navoiy bin G‘iyosuddin Bahodur) tenglashadigani 
chiqmadi.
Alisher Navoiy merosini quyidagi turkumlarga ajratish 
mumkin:
I. Devonlari: 1) “Xazoyinu-l-moniy” (“Ma’nolar xazinasi”. 
Bu to‘rt devonni o‘ziga birlashtiradi: “G‘aroyibu-s-sig‘ar” 
(“Bolalik qiziqliqlari”); 
“Navodiru-sh-shabob” (“Yigitlik 
nodiralari”); “Badoyiu-l-vasat” (“O‘rta yosh badialari”); 
“Favoyidu-l-kibar” (“Qarilik foydalari”).
2) Forscha devoni (“Devon-i Foniy”). 
II. Dostonlari. Bularning beshtasi “Xamsa” tarkibida: 1) 
“Hayratu-l-abror” (“Yaxshilarning hayrati”); 2) “Farhod-u 
Shirin”; 3) “Layli-vu Majnun”; 4) “Sab’a-i sayyora”; 5) “Sadd-
i Sikandari” (“Iskandar devori”). Yana bir dostoni “Lisonu-t-
tayr” (“Qush tili”)dir. 
III. Tazkiralari: 1) “Majolisu-n-nafois”; 2) “Nasoyimu-l-
muhabba min shamoyimi-l-futuvva”.
IV. Filologik asarlari: 1) “Risola-i muammo”; 2) 
“Me’zonu-l-avzon” (“Vaznlar mezoni”); 3) “Muhokamatu-l-
lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”); 4) “Sab’at abhur” lug‘ati. 
V. Tarixga oid asarlari: 1) “Tarix-i anbiyo-vu hukamo”; 2) 
“Tarix-i muluk-i Ajam”; 3) “Zubdatu-t-tavorix” (“Tarixlar 
xulosasi”).
VI. Diniy-axloqiy asarlari: 1) “Munojot”; 2) “Arbain” 
(“Qirq hadis”) = “Nasru-l-laoliy” (“Marvaridlar sochmasi”); 3) 
“Nazmu-l-javohir” 
(“Javharlar 
tizmasi”); 
4) 
“Siroju-l-
muslimin” (“Musulmonlar chirog‘i”); 5) “Mahbubu-l-qulub”. 


52
VII. Manoqiblar (avtobiografik asarlar): 1) “Holat-i Sayyid 
Hasan Ardsher”; 2) “Xamsatu-l-mutaxayyirin”; 3) “Holat-i 
Pahlavon Muhammad”.
VIII. Hujjatlar: “Vaqfiyya”; 2) “Munshaot”. 
Alisher Navoiy asarlari tilining hozirgi o‘zbek shevalariga 
munosabati xususida o‘zbek tilshunoslari orasida har turli 
qarashlar yuradi. Shulardan biri Zahiriddin Muhammad 
Boburning “Boburnoma”da Navoiy asarlarining tili haqida 
keltirgan so‘zlari asosida yuzaga keldi. Chunonchi, Bobur 
Farg‘ona viloyatiting poytaxti Andijon ta’rifida yozadi: Eli 
türkdür. Šahri-vu bāzārïsïda türkî bilmäs kiši yoqtur. Eliniŋ 
lafzï qalam bilä rāsttur. Ne üčün-kim, Mir ‘Ališer Navāyînïŋ 
musannafātï bāvujud-kim, Hirida našu namā tapïptur, bu til 
bilädür (B.critical.5).
Zahiriddin Boburning ushbu so‘zlarini ro‘kach qilib, ba’zi 
olimlar Navoiy asarlari tilining asosini andijon shevasi tashkil 
etgan deya qaraydilar (Дониёров 1968). Boshqa bir olimlar 
Navoiyning Andijonda bo‘lmaganligini vaj’ qilib, bu fikrni 
inkor etadilar (Aбдуллаев 1968).
Ta’kidlash joizki, bu o‘rinda Bobur haq. Tarixda Navoiy 
merosiga, qolaversa, uning ijodiga, mahoratiga xolis baho 
berganlardan biri ham Bobur bo‘ladi. Biroq, “Boburnoma”dagi 
ma’lumotlarni, to‘g‘rirog‘i, matnni xato tushunish, noto‘g‘ri 
talqin etish oqibatida olimlarimiz ichida turli bahslar kelib 
chiqmoqda. 
Anglashilmovchilik matndagi Eliniŋ lafzï qalam bilä rāsttur 
jumlasining xato talqin etilayotganida. Buni ular “andijon 
elining tili (ya’ni shevasi) adabiy til bilan mos keladi” deya 
izohlaganlar. Shunday bo‘lgan taqdirda buning davomidagi 
Navoiy asarlari xususida aytilgan mulohazalar ham o‘z-o‘zidan 
shunga bog‘lanadi-qoladi. O‘sha qarashni quvvatlaydigan 
bo‘lsak, matnni “Hirotda yuksakliklarga erishgan Navoiy 
asarlarining tili ham ayni shevaga mos” deya talqin etishdan 
boshqa yo‘l qolmaydi. 


53
Fikrimizning isboti uchun Bobur aytgan o‘sha jumlalarning 
ma’nisini bir boshdan chaqib ko‘raylik. E’tibor berilsa, muallif, 
matnda Farg‘ona viloyati to‘g‘risida ma’lumot bera turib, bu 
yurtning xalqi turklar, tilining esa turkiy til ekanligini 
ta’kidlamoqda. Matndagi 
Eliniŋ lafzï qalam bilä rāsttur
jumlasi 
ikki xulosaga olib keladi: 1) mazkur jumlada Farg‘ona 
(Andijon) elining lafzi (ya’ni turkiy til) yozma shaklda (badiiy 
adabiyot orqali) mashhur ekanligi ta’kidlanmoqda; 2) bu jumla 
mantiqan xalq tili adabiy tilga yaqin ekanligini ham anglatadi. 
Adabiy til tarixida bunday hodisa uchrab turadi. Masalan, 
qoraxoniylar davri adabiy tilida koshg‘ar shevasi yetakchilik 
qilgan. Shundan kelib chiqib, o‘sha davr adabiy tili ayrim 
manbalarda “koshg‘ar tili” deb ham atalgan. Boburning 
yozmalaridan ham o‘sha davrda farg‘ona shevasi adabiy tilga 
yaqin ekanligi ma’lum bo‘ladi. 
Matn tahlilida davom etamiz. Bobur Hirot adabiy 
maktabining namoyandasi bo‘lgan Alisher Navoiy haqida 
so‘zlab, uning ham asarlari ushbu turkiy adabiy tilda ekanligini 
ta’kidlaydi. Buning bilan Bobur Navoiy asarlarining tiliga 
andijon shevasi asos bo‘lganligini emas, balki Farg‘ona va 
Hirot adabiy muhitlarida yagona adabiy til amal qilganini 
ta’kidlamoqda. Boburning ushbu ma’lumoti temuriylar 
davlatining barcha o‘lkalarida yagona turkiy adabiy til (eski 
o‘zbek adabiy tili // “chig‘atoy turkiysi”) amal qilganiga 
guvoh. 
Mulohazalardan kelib chiqib, Boburning Farg‘ona elining 
tili to‘g‘risida yozgan so‘zlarini shunday talqin qilish mumkin: 
“Eli turkdir. Shahri va bozorlarida turkiy bilmas kishi yo‘qdir. 
Elining lafzi qalam bilan [yozma adabiyot tili, yozma adabiy til 
bilan] mosdir. Ne uchun-kim [ajablanarlisi], Mir Alisher 
Navoiyning tasniflari [asarlari], (uning o‘zi) Hiriyda o‘sib-
ulg‘ayganligiga qaramay, ushbu tilda [Farg‘ona va Hirot 
adabiy muhitlari uchun yagona bo‘lgan adabiy tilda]dir”.


54
Navoiy asarlarining tili haqida so‘z ketganda uni o‘sha 
kezlardagi mavjud shevalarning birortasiga bog‘lab qo‘yish 
mumkin emas. U Xurosondagina emas, butun Temuriylar 
saltanatida, Oltin O‘rda, qolaversa, musulmon turk ellarida 
amal qilgan adabiy tilda ijod qildi. U o‘z ijodi bilan temuriylar 
zamonida amal qilgan butun bir adabiy oqimning boshida turdi, 
turkiy adabiy tilga yetakchilik qildi. Buni “Lisonu-t-tayr” 
asarida uning o‘zi ham ta’kidlagan edi: 
Türk nazmïda ču men tartïp ’alam 
Äylädim ul mamlakatni yakqalam (LT.268). 
Navoiy 
mamlakatni yakqalam äylädim
deganda o‘z 
asarlarining hamma uchun tushunarli bo‘lgan adabiy tilda 
ekanligini qayd etmoqda. 
Alisher Navoiy asarlarining tili Navoiydan burun o‘tgan 
yoki unga zamondosh shoirlarning asarlari tilidan o‘zlashgan 
so‘zlar sonining ortiqligi bilan ajralib turadi. Mavlono Lutfiy, 
Sakkokiy, Atoiy, hatto Husayn Boyqaro asarlari ham tilining 
soddaligi bilan ajralib turadi. Buni o‘sha kezlar Hirot aholisi 
asosan forsiyzabonlar edi, bu jarayon Novoiy asarlarining tilida 
o‘z aksini topgan, deya baholamaslik kerak. Bu, avvalo, adabiy 
muhitning ta’siri, qolaversa, Navoiy asarlari uslubining 
ko‘tarinkiligi, o‘ta murakkabligi bilan bog‘liq. Adabiy ta’sir, 
adabiy an’analar bilan til vaziyati boshqa hodisa. O‘sha davr 
Hirot adabiy muhitida turkigo‘y shoirlar orasida fors tilida ijod 
etish 
an’anaga 
aylangan 
edi. 
Buni 
“Muhokamatu-l-
lug‘atayn”da Navoiyning o‘zi ham ta’kidlaydi. Temuriylar 
zamonida Samarqand, Andijon yoki boshqa o‘lkalarda ikki 
tillilik buning qadar emasdi. Navoiy o‘z asarlarini o‘ta badiiy 
ko‘tarinki uslubda yaratdi, arabiy, forsiy so‘zlardan keng 
foydalandi. Bu xizmatlari bilan u eski o‘zbek adabiy tili 
tarixida o‘ziga xos bir uslubga asos soldi. 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə