Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, tarjimon va



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, tarjimon va 
kotiblarning adabiy til yuksaluviga qo‘shgan ulushi 
Turkiy adabiy tilining yuzaga kelishi, yozma uslublar va 
grammatik me’yorlarning muayyan qolipga tushuvi, ularning 
yuksaluvida shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, 
tarjimonu kotiblarning xizmati kattadir. 
Qadimgi turk adabiyotining eng keksa namoyandalaridan 
biri Ikkinchi turk xoqonlig‘i davrida yashab, ijod etgan adib va 
tarixnavis, yirik davlat arbobi To‘nyuquqdir. U uch xoqon – 
Eltarish, uning inisi Bo‘gu, Eltarishning o‘g‘li Bilga xoqon 
taxtda ekanligi chog‘ida maslahatchi va sarkarda edi. 
Saksondan o‘tib vafot etgan. To‘nyuquqning bir asari ma’lum. 
Asar adibning o‘z xotirasiga tiklangan qabrtoshga bitilgan.
Bitigda adibning oti 
uu#v
c
 AGlib
bilgä Toñuquq
deb qayd 
etilgan. Otiga qo‘shilayotgan 
AGlib
bilgä
so‘zi uning unvoni 
bo‘lib, “bilimdon, аlloma” degan ma’noni bildiradi. U ulug‘ 
donishmand, хоqon maslahatchisi bo‘lgani uchun shunday 
unvonga erishgan. 
Qadimgi turk adabiyotining yana bir namoyandasi adib va 
tarixnavis Yo‘llug‘ tigindir. U ham Ikkinchi turk xoqonlig‘i 
davrida yashagan, o‘zi Bilga xoqonning o‘g‘li edi. Bitigda 


41
adibning oti ngitxLvJ 
Yol(l)uğ tigin
ko‘rinishida yozilgan. 
Otiga ngit 
tigin
so‘zining qo‘shib aytilishi ham shundan, 
tigin
– 
qadimgi turkiy tilda “shahzoda” degani. 
Turkiy adabiyot va turk tarixnavisligi o‘tmishida Yo‘llug‘ 
tiginning ikki asari dovrug‘ qozongan. Biri Bilga xoqonning 
inisi, Yo‘llug‘ning amakisi Kul tigin sharafiga, ikkinchisi Bilga 
xoqon sharafiga bitilib, ularning qabrtoshiga yozdirilgan. 
Bitiglar fanda yodgorlik atalgan kishilarning oti bilan 
yuritiladi. Kul tigin bitigi 732 yili, Bilga xoqonga 
bag‘ishlangani 735 yili tiklangan. 
E’tiborlisi shundaki, Kul tigin kichig bitigining 1

11- 
qatorlari Bilga xoqon bitigi muqaddimasining 1

7- qatorlarida, 
Kul tigin ulug‘ bitigining 1

30- qatorlari Bilga xoqon ulug‘ 
bitigining 3

23- qatorlarida qaytalaydi.
Mashhur sarkarda Kul tiginga atalgan bitig Bilga 
xoqonning buyrug‘i bo‘yicha tiklangan, undagi matn ham 
xoqon tilidan so‘zlanadi. Ehtimol, uni xoqonning o‘zi aytib 
turib yozdirgan chiqar. Yozuvchi Yo‘llug‘ tigin otasining 
so‘zlarini matnga tushirgan. Endi oradan uch yil o‘tib, Bilga 
xoqon vafot etgach, unga bag‘ishlangan bitigni ham Yo‘llug‘ 
tigin 
yozdi. 
Xoqonning 
burungi 
yodgorlikka bitilgan 
murojaatini olib, bunisiga ham kiritdi. Biroq, keyingi 
bitigdagisi burungi matnning so‘zma-so‘z qaytarig‘i emas, 
balki yozuvchi tomonidan qayta ko‘rilgan, tahrir etilgan 
variantidir. Matnning qolgan qismi o‘zicha davom etadi: Kul 
tigin bitigida sarkardaning faoliyati yoritilgan bo‘lsa, Bilga 
xoqon bitigida xoqonning el erki, ulus farovonligi yo‘lida 
ko‘rsatgan qahramonliklari bayon etilgan. 
Bilga xoqon bitigning asosiy qismi xoqon tilidan, xotima 
qismi va ilovalar esa muallif Yo‘llug‘ tigin tilidan keltirilgan. 
Ushbu tarixiy asarlar o‘zining bayon uslubi, tili bilan badiiy 
asar darajasida. Bitiglarda turk xoqon va sarkardalari milliy 
qahramon 
sifatida 
ulug‘lanadi, 
ularning 
faoliyati, 
qahramonliklari xalqqa ibrat qilib ko‘rsatiladi. Bitiglarda ular 


42
turk xalqining xalaskori, ulug‘ yo‘lboshchilar deya ta’rif 
etilgan. Muallif turli badiiy vositalardan foydalanadi. Unda 
og‘zaki va yozma adabiyotning sara an’analari umumlashgan. 
Muhimi, adib bu ta’riflar bayonida turkiy tilning bor badiiy-
uslubiy imkoniyatlari, boyligini ishga solgan. Bu asarlarni 
qadimgi turk adabiyoti va adabiy tilining eng ajoyib 
namunalari deyish mumkin. 
Qadimgi 
turk 
adabiy 
tilining 
rivoji, 
adabiy 
til 
me’yorlarining turg‘un bir shaklga tushuvida tarjimonlarning 
ham ulushi bor. Sharqiy turklar orasida moniylik, buddizm, 
nasroniylikning yoyilishi oqibatida sharq xalqlarining madaniy, 
adabiy aloqalari kengaydi. Turkiy dunyoda buddashunoslar, 
moniy 
falsafasining 
donishmandlari, 
sharq 
tillarining 
bilimdonlari yetishib chiqdi. Bu jarayon tarjimachilikning 
rivojiga keng yo‘l ochib berdi. Anatkak (sanskrit), tabg‘ach 
(xitoy), eroniy tillardan qadimgi turkiyga diniy-falsafiy asarlar 
tarjima qilindi. 
Turk-budda muhitida yashab o‘tgan tarjimonlardan biri 
yirik buddashunos, sanskrit va tohar tillarining bilimdoni 
Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə