Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


O‘ZBEK ADABIY TILINING YUKSALUVI



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

O‘ZBEK ADABIY TILINING YUKSALUVI 
O‘zbek adabiy tili o‘z tarixini qadimgi turkiy til – ko‘k turk 
bitiglari hamda uyg‘ur, moniy, brahma, sug‘d yozuvlarida 
bitilgan eng ko‘hna turkiy obidalar tilidan boshlaydi.
Turkiy adabiy tilning shakllanishi va uning takomilga 
erishuvida VI–VIII yuzyilliklarda hukum surgan Birinchi va 
Ikkinchi ko‘k turk xoqonliqlari davri ayricha o‘rin tutadi. 
O‘sha kezlar qudratli turk saltanatlarining yuzaga kelishi turkiy 
xalqlar madaniyati, adabiyoti va adabiy tilining taraqqiyotiga 
keng yo‘l ochib berdi. Davlat va jamiyat boshqaruvi, davlat ish 
yuritish va xalqaro diplomatik munosabatlarni tartibga solish, 
ilm-fan va adabiyot uchun saltanat tuproqlarida yagona adabiy 


36
tildan foydalanish ehtiyoji tug‘ildi. Turk xoqonlari va dovrug‘li 
kishilar sharafiga tiklangan yodnomalar ana shu adabiy tildadir. 
Bitiglar butun turk uluslariga qarata yozilgan. Ular xoqonning 
o‘z yaqinlari, urug‘lari, yurt egalari, to‘rt yoqdagi o‘lkalarga, 
butun turk ulusiga, kelajak o‘g‘il-qizlarga murojaatidir. 
Jumladan, 732 yili ulug‘ sarkarda Kul tigin sharafiga tiklangan 
yodgorlik bitigi shunday so‘zlar bilan boshlangan: 
Sabïmïn 
tükäti esidgil: ulayu ini yägünüm, oğlanïm, biriki oğušum, 
bodunum, biryä šadapït bäglär, yïrya tarqat, buyruq bäglär, 
otuz … toquz oğuz bägläri, bodunï, bu sabïmïn edgüti esid, 
qatïğdï tiŋlä
. – So‘zimni tugal eshitgil ketimdagi ini, jiyanim, 
o‘g‘lonim, ittifoq, urug‘im, xalqim, o‘ngdagi shadapit beklar, 
chapdagi tarxonlar, buyruq beklar, o‘ttiz ... to‘qqiz o‘g‘uz 
beklari, xalqi, bu so‘zlarimni yaxshilab eshit, diqqat bilan 
tingla (Ka.1–2). Bu jumlalar ko‘k turk bitiglarining butun turk 
uluslariga tushunarli, ular uchun umumiy bo‘lgan til bilan 
bitilganligidan dalolat beradi. 
Ko‘k turklar zamonida yuzaga kelgan adabiy til an’analari 
uyg‘ur xoqonliqlari davrida ham davom etdi. 
Uyg‘ur xoqoni Mo‘yun-cho‘r sharafiga tiklangan yodgorlik 
bitigida davlat nizomi bilan bog‘liq misol bor. Bitigda 750 yil 
voqealari hikoya qilinar ekan, shunday bitiladi: 
Ol yïl …bašï 
anta aqsïraq ordu örgin anta ititdim, čït anta toqïtdïm, yay 
anta yayladïm, yaqa anta yaqaladïm, belgümin bitigimin anta 
yaratïtdïm.
– O‘sha yili ... (Kem) boshida oq o‘rda chodirini 
tiktirdim, mudofaa devorlarini qurdirdim, yozni o‘sha yerda 
o‘tkazdim, o‘sha yerda tangriga ibodat qildim, tug‘roimni, 
bitigimni (tuzugimni) o‘sha yerda yarattirdim (MČ.20). 
Qadimgi turkiy tilda 
belgü
– “belgi”, forschadagi “nishon” 
ma’nosini beradi, 
belgü bitig
esa juft holda “davlat tuzugi, 
nizomi, bosh qonuni” ma’nosini anglatadi. Bitigdan olingan 
misolda o‘sha chog‘lar Mo‘yun-cho‘r tomonidan uyg‘ur 
xoqonlig‘ining 
davlat 
nizomi 
(tuzugi) 
yaratilgani 
ta’kidlanmoqda. Yoki bitigda tovushqon yil, beshinchi oy 


37
voqealari shunday ta’riflanadi: 
Anta Ïduqbaš kedintä, Yabaš, 
Toquš beltirintä anta yayladïm, örgin anta yaratïtdïm, čït anta 
toqïtdïm, bïŋ yïllïq, tümän künlük bitigimin belgümin anta yasï 
tašqa yaratïtdïm.
– O‘shanda g‘arbda Iduqboshda, Yabash va 
To‘qush (daryolarining) quyilishida yozni o‘tkazdim. O‘sha 
yerda saroyimni qurdirdim, mudofaa devorlarini o‘sha yerda 
tiklatdim, ming yillik, tuman kunlik bitigimni-tuzugimni o‘sha 
yerda yassi toshga yozdirdim (MČ.21). Ushbu misoldagi 
“ming yillik, tuman kunlik bitig” uyg‘ur xoqonlig‘i davrida 
qadimiy til va yozuv, matn tuzish an’analari davom etganligi, 
ming yillik an’analar asosiga qurilgan davlat nizomining yassi 
toshga yozdirilganligi qayd etilmoqda. 
Uyg‘ur xoqonliqlari davrida eski an’analar davom etishi 
bilan birga, adabiy til yangi bir bosqichga ko‘tarildi. Bu 
jarayon sharqiy turklarda buddizm, moniylikning keng yoyiluvi 
bilan bog‘liq. Turkiy muhitga buddizmning tarqalishi, avvalo, 
tarjimachilik sohasida katta burilish yasadi. Ko‘plab budda 
yodgorliklari qadimgi turkiyga tarjima qilina boshladi. Odatda, 
ushbu asarlar sanskrit, tohar, sug‘d va xitoy tillaridan o‘girilar 
edi. O‘sha kezlar sharqda budda asarlarining toharcha, 
sug‘dcha, xitoycha versiyalari ham keng tarqalgan edi. Budda 
yodgorliklari faqat sanskritchadan emas, o‘rni bilan, ana shu 
tillardagi versiyalaridan ham tarjima qilingan. Bunday 
tarjimalarda boshida toharcha nusxalardan foydalanildi. 
Keyinchalik, tohar tilining mavqei susayganligi uchun bo‘lsa 
kerak, xitoychadagi budda asarlari turkiyga o‘girilgan. 
Shuningdek, turk ijodkorlari diniy mazmundagi asarlar ijod 
etdilar. Bu kezda yaratilgan budda no‘m kitoblari, sutra va 
shastarlar diniy-falsafiy asarlargina emas, ular qadimgi turk 
yozma adabiyoti va adabiy tilining qimmatli namunalari 
hamdir. 
Budda asarlari uzoq davr taraqqiy etib takomilga erishgan 
klassik yozma adabiy tilda, uning kitobiy uslubida yaratilgan. 
Diniy asarlarda bu kitobiy ko‘tarinki uslub qat’iylashib 


38
me’yorga aylangan. Keyinchalik, asar nusxalari qay zamonda 
ko‘chirilishidan qat’i nazar, tarixiy o‘lchovlarga amal 
qilinavergan. 
X asrda qoraxoniylar davlatida islom dini rasman qabul 
qilindi. Bu jarayon adabiy til, yozma adabiyot, madaniy hayot 
va falsafiy qarashlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayni 
kezlardan adabiy tilning yangi bir bosqichi boshlanadi. 
Mo‘g‘ullar saltanati davrida ham butun saltanatga qaram 
yerlarda, to‘rt ulusda – Chig‘atoy, Jo‘ji, Xulagu, O‘ktoy 
(Ugadoy) uluslarida mo‘g‘ul tili emas, qoraxoniylar adabiy tili 
an’anasini saqlagan turkiy til amalda bo‘ldi.
Adabiy til xususida so‘z ketganda Oltin O‘rda davlatida 
yoki boshqa qipchoq ellarida o‘sha chog‘lar yuzaga kelgan 
yozma til an’anasini ham unutmaslik kerak. Bu muhitda 
yaratilgan yodgorliklar tili ayrim dialektal o‘zgachaliklari bilan 
o‘zga muhitda yaratilgan asarlar tilidan farqlanib turadi. Ushbu 
yodgorliklar tilida qipchoq elementlarining ta’siri kuchli. 
Ayrim asarlarda ularning “qipchoq tili”da ekanligi ham 
ta’kidlangan (manbalardagi “qipchoq tili” atamasi qipchoq 
lahjasi ta’sirida bo‘lgan yozma adabiy tilni anglatadi). Oltin 
O‘rda zamonidagi yozma-adabiy til “chig‘atoy turkiysi”ning 
qipchoq ta’siriga berilgan bir ko‘rinishi edi. Keyinchalik bu til 
hozirgi qipchoq tillarining shakllanuvida asos bo‘lib xizmat 
qildi. 
Ko‘k turk, qadimgi uyg‘ur, qoraxoniylar davri adabiy tili, 
Oltin O‘rda davlatida yuzaga kelgan yozma yodgorliklar tili 
an’analari ta’sirida o‘rta asrlarda turk musulmon dunyosida 
ikki ulkan yozma-adabiy til shakllandi. Shulardan biri 
tilshunoslik 
tarixida 
“chig‘atoy 
turkiysi” 
otini 
olgan. 
“Chig‘atoy turkiysi” tarixda qo‘llangan atama bo‘lib, XIII–
XVI asrlardagi eski o‘zbek adabiy tilining boshqa bir otidir. Bu 
til O‘rta Osiyoda temuriylar davrining adabiy tili sifatida 
yuzaga keldi. Mavlono Lutfiy, Atoiy, Alisher Navoiy, 
Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ allomalarimiz 


39
o‘zlarining o‘lmas asarlari bilan eski o‘zbek tilini yuksak 
bosqichga ko‘tardilar, uning keyingi takomil yo‘lini belgilab 
berdilar. “Chig‘atoy ulusi” deyilganda O‘rta va Markaziy 
Osiyodagi turkiy ulus, “chig‘atoy turkiysi” deganda esa uning 
uzoq asrlardan beri rivojlanib, takomil bosqichiga erishgan 
yozma adabiy tilini anglamog‘imiz kerak. 
E’tiborga sazovor yeri shundaki, o‘rta asrlarda eski o‘zbek 
tili (“chig‘atoy turkiysi”) O‘rta Osiyodagi barcha turkiy xalqlar 
uchun umumiy adabiy til sifatida xizmat qildi. Temuriylar 
davrida takomillashib, yuksak bosqichga erishgan eski o‘zbek 
adabiy tilining an’analari O‘rta Osiyo turkiy xalqlari orasida 
uzoq davom etdi. Turli o‘lkalarda – kerak Qashqarda, kerak 
Hirot, Yazd yoki Samarqandda bo‘lsin yashab ijod etgan 
adabiyot 
ahlining 
asarlari 
bir-biriga 
tushunarli 
tilda 
ekanligining boisi ham shunda. O‘zbek tili tarixida ushbu 
an’analar XX asr boshlariga qadar saqlanib qoldi.
Ko‘k turk, qadimgi uyg‘ur, qoraxoniylar davri adabiy tili 
an’anasi ta’sirida XIII asrda saljuqiylar davrida o‘g‘uz guruhi 
asosidagi ikkinchi bir adabiy til ham tarmoq ota boshladi. U 
ilmiy adabiyotlarda “eski anato‘lu turkchasi” otini olgan. 
Saljuqiylar davlatida ham, undan keyingi chog‘larda ham O‘rta 
va Markaziy Osiyoda bo‘lgani singari turkiy tilga katta e’tibor 
qaratilgan. 1277 yili Anato‘lidagi Karaman bekligining 
hukumdori Karamano‘g‘lu Mehmetbey davlat ishlarida turkiy 
tilni joriy etish bo‘yicha farmon chiqargan edi. Farmonda 
shunday deyiladi: Šimdän girü hič kimesnä qapuda-vu divānda 
va majālis-u seyranda türki: dilindän ğayrï dil söylämäyä. 
Eski Anato‘li turkchasi asosida keyinchalik usmoniy 
turkchasi yuzaga keldi. Usmoniy turkchasi eski o‘zbek adabiy 
tiliga parallel holda amal qilgan. Mazkur adabiy til usmoniylar 
saltanatining, Anato‘lida yuzaga kelgan adabiy va madaniy 
muhitning yozma tili edi. Shu o‘rinda ba’zi usmoniy 
shoirlarining Navoiy va boshqa o‘zbek klassiklariga ergashib, 


40
o‘z adabiy tili bilan bir qatorda, “chig‘atoy turkiysi”da ham 
ijod qilganliklarini eslash o‘rinlidir.
Usmoniylar 
zamonida 
Anato‘li 
adabiy 
muhitida 
shakllangan usmoniy adabiy tili eski o‘zbek adabiy tiliga juda 
yaqin turadi. Buni Qonuniy Sulton Sulaymon she’ridan olingan 
quyidagi baytda ham ko‘rish mumkin: 
Xalq ičindä mo’tabar bir näsnä yoq davlat kibi, 
Olmaya davlat jihānda bir nafas sihhat kibi. 
Hozirgi o‘zbek tili eski o‘zbek adabiy tili (“chig‘atoy 
turkiysi”) negizida shakllangan bo‘lsa, turk adabiy tili 
usmoniycha asosida yuzaga kelgan. 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə