Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Turk davlatlaridan tashqi o‘lkalarda turkiy tilning



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Turk davlatlaridan tashqi o‘lkalarda turkiy tilning 
mavqei masalasi. 
Misr va Suriya tarixida mamluklar davlati 
(1250–1517 yillar) nomi bilan ataluvchi ijtimoiy-siyosiy tuzum 
chuqur iz qoldirgan. Mamluklar ayyubiy sultonlarning qo‘lida 
xizmat qilgan, kelib chiqishi qipchoq qullardan edi. Zamona 
zayli bilan qachonlardir bu yurtlarga qul (mamluk) sifatida 
sotib olib keltirilgan qipchoqlarning yetakchilari, qo‘shin 
boshliqlari mahalliy sultonu amirlarning kuchsizlanuvidan 
foydalanib, davlatni qo‘lga oldilar. Ushbu mamluk-qipchoq 
davlatining asoschisi Sulton Baybars edi.
Mamluklar zamonida davlat va jamiyat boshqaruvi 
turklarning qo‘liga o‘tdi. Mamlakatning madaniy, siyosiy 
ishlarida turklarning ta’siri kuchaydi. Buning oqibatida 
hukumdorlarning tili bo‘lmish turkiy tilga e’tibor qaratildi
hukumdorlarning tili sifatida turkiyning mavqei ko‘tarildi. 
Turkiy til mamluklar davlatining rasmiy tiliga aylandi. Bu 
kezlar arablarning turkiy tilni o‘rganishlari uchun grammatika 
va lug‘atlar, turli qo‘llanmalar yaratilgan. Misr va Suriyada 
turkiy adabiyot ham yuzaga kela boshladi. Amir va 
sultonlarning buyrug‘i bilan turkiy tilda badiiy asarlar ijod 
etildi, arab va fors tillaridan tarjimalar qilindi. Eng sara turkiy 
asarlar ularning kutubxonalari uchun ko‘chirtirildi. Bu kezlar 
Misr va Suriya bilan Anato‘li, Xuroson, Turkiston, Oltin O‘rda, 
Ozarbayjon o‘rtasida madaniy, adabiy aloqalar kengaydi. 


34
Yozishlaricha, 
Qohira 
madrasasida 
Oltin 
O‘rda 
va 
Turkistondan kelgan olimlar mudarrislik qilganlar (Eckmann 
2003,52). 
Mamluk-qipchoq adabiyotining eng eski namunasi Berka 
Faqihning she’ridir. Berka Faqih 1383 yili Iskandariyada Oltin 
O‘rdaning mashhur shoiri Qutbning “Xusrav-u Shirin” 
masnaviysini ko‘chirgan. Uning oxiriga o‘zi 51 baytli xotima 
ham yozib kiritgan. 
Mamluk-qipchoq adabiyotining yirik namoyandasi Sayfi 
Saroiydir. Uning kelib chiqishi Saroy shahridan edi
keyinchalik Misrga ketdi. U 1391 yili Sa’diyning “Guliston” 
asarini turkiyga erkin tarjima qildi. Asar “Kitob-i Guliston bit-
turkiy” deb ataladi. 
Mamluklar davlatining ba’zi hukumdorlari ham ijod 
qilganlar. Ularning turkiy tildagi she’rlaridan yetib kelgan 
(Eckmann 2003,57–59). 
Mamluk-qipchoq adabiyotida tarjima asarlar ham yuzaga 
keldi. 1510 yili Firdavsiyning “Shohnoma”si turkiyga tarjima 
qilingan. Tarjimoni Husayn b. Husan b. Muhammad al-
Husayniydir.
Mamluklar davrida turkiy tilda ilmiy asarlar ham 
yaratilgan, arab yoki fors tillaridan turkiyga tarjima qilingan. 
O‘sha davrda yaratilgan fiqh kitoblari, tibbiy asarlar, 
chavandozlikka oid asarlardan bizgacha yetib kelgan (Eckmann 
2003,60–66).
Fiqh(islom shariat ilmi)ga tegishli asarlar quyidagilardir: 
arab tilidan o‘girilgan “Irshodu-l-muluk vas-salotin”, “Kitobu-
l-fiqh” 
asarlari, 
“Kitob 
muqaddimat 
Abil-Lays 
as-
Samarqandiy”, fatvolar majmuasidan iborat “Kitob fil-fiqh bi-
lisoni-turkiy” risolalaridir. 
Tibbiyotga 
oid 
asarlar 
otlarning 
qiliqlari, 
otlarda 
uchraydigan kasalliklar va ularni davolash choralari to‘g‘risida, 
ot parvarishi bilan bog‘liq. Bular arabchadan tarjima qilingan 


35
“Kitob baytaratu-l-vozih” hamda forschadan o‘girilgan 
“Kitobu-l-xayl” risolasidir . 
Chavandozlikka tegishlilari arabchadan tarjima etilgan 
“Xulosa” yoki “Kitob fi ilmun-nussob” hamda “Munyatu-l-
quzob” asarlaridir.
Arablarga turkiy tilni o‘rgatish uchun yirik grammatik 
asarlar, qo‘llanmalar yaratilgan.
Turkiy til ayrim davrlarda Hindistonda ham amal qilgan. 
Hindistonda turkiy tilga Dehli sultonligi davrida, keyinchalik 
Boburiylar hukumronligi zamonida katta e’tibor qaratilgan edi. 
Atoqli jamoat arbobi, Zahiriddin Bobur o‘z saltanatida turkiy 
va forsiyning amal qiluviga katta e’tibor qaratdi, turkiy 
adabiyotning gullab yashnashiga imkoniyat yaratib berdi. U va 
uning farzandlari zamonida Hindistonda turkiy tilda yirik 
tarixiy, badiiy asarlar yaratildi. Bobur o‘z asarlarining ko‘pini 
o‘sha tuproqda ekanligi chog‘ida bitdi. “Boburnoma”, 
“Mubayyan”, she’riy devoni ham o‘sha chog‘lar Boburning 
saltanat davrida yozib tugallandi. Boburdan so‘ng turkiyda ijod 
etish an’anasini Kamron Mirzo va boshqalar davom ettirdi. 
Hindistonda yaratilgan badiiy adabiyot o‘zbek adabiyoti tarixi, 
adabiy tili (“chig‘atoy turkchasi”)ning noyob namunalaridir. 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə