Qozon qurilmalari


Qozon qurilmasining asosiy ish tavsiflariga quyidagilar kiradi



Yüklə 16 Mb.
səhifə3/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
kurs ishi

Qozon qurilmasining asosiy ish tavsiflariga quyidagilar kiradi:

  1. Bug‘ unumdorligi (qozonning quvvati), bu vaqt birligida hosil bo‘lgan bug‘ miqdori bilan aniqlanadi.

  2. Bug‘ning parametrlari (bosim va o‘ta qizish temperaturasi).

  3. Qozon agregatining F.I.K.

Qozon qurilmalarini quyidagi belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:
1. Bug‘ unumdorligiga ko‘ra:

    1. bug‘ unumdorligi past -(0,01-5,5 kg/s);

    2. bug‘ unumdorligi o‘rtacha-(30 kg/s gacha);

v) bug‘ unumdorligi yuqori -(500-1000 kg/s gacha); 2. Bug‘ bosimiga ko‘ra:

    1. past bosimli -(P=0,81,6 MPa);

    2. o‘rta bosimli -(P=2,44 MPa);

v) yuqori bosimli- (P=1014 MPa);
g) o‘ta yuqori bosimli -(P=2531 MPa)
3. Ishlatilishiga ko‘ra:

    1. Energetik qozon qurilmalari, bular issiqlik elektr stantsiyalarining bug‘

turbinalarini bug‘ bilan ta’minlaydi;

    1. Sanoat qozon qurilmalari, bular sanoat ehtiyojlari (issiqlik apparatlari, issiqlik almashinuv apparatlari, mashinalarning bug‘ uzatmalari va shu kabilar) uchun bug‘ ishlab chiqaradi;

v) Isitish qozon qurilmalari, bular mahalliy qozon qurilmalari bo‘lib, qozon qurilmasi yaqinida joylashgan binolarni issiq suv bilan ta’minlaydi.
g) Issiqlik–energetik qurilmalar, bularda issiqlikning asosiy qismi elektr energiyasi olishga sarflanadi, kamroq qismi isitish va turli-tuman texnologik jarayonlarni bajarish uchun yuboriladi.
Suv isitadigan qozonlarning issiqlik unumdorligi 4180 Gkal/soat bo‘lishi mumkin. Issiqlik unumdorligi 30 Gkal/soat bo‘lgan qozonlarda, suvning qozondan chiqishidagi temperaturasi 423 K, suvning qozonga kirishdagi bosimi 1,6 MPa bo‘ladi. Issiqlik unumdorligi 30 Gkal/soat va undan yuqori bo‘lgan qozonlarda, chiqishdagi eng yuqori temperatura 450-470 K, suvning kirishdagi bosimi 2,5 MPa bo‘ladi. Qozon agregatlari 14.1-rasmda ko‘rsatilgan ketma-ketlikda takomillashib bordi. Takomillashtirishdan asosiy maqsad metal sarfini kamaytirish, qozonning tejamliligini va bug‘ unumdorligini oshirish, hamda parametrlari yanada ham yuqoriroq bo‘lgan bug‘ olishdir. Hozirgi katta quvvatli qozonlarning boshlang‘ich sxemasi 1.1-rasm (a,b) da keltirilgan silindr shaklidagi oddiy qozon edi.
XIX asrning o‘rtalarida silindrsimon va o‘t-quvurli qozonlardan (v) suvquvurli (v-m) qozonlarga o‘tildi. Qozonlarni takomillashtirish ikki yo‘nalishda bordi: birinchidan gaz-quvurli, ikkinchidan suv-quvurli qozonlar yaratildi.
Natijada quvurlarning diametrini kamaytirgan holda isish sirtini kattalashtirishga erishildi, chunki gazlarga qaraganda suvga issiqlik berish yuqori bo‘ladi, bu esa metallni tejash va unumdorlikni ko‘tarish imkonini berdi.
Kamerali gorizontal suv-quvurli qozonlarda (d,e) qaynatish quvurlar to‘plami o‘zining uchlari bilan yassi kameralarga ulanar edi. Bular anker boltlari ko‘pligi tufayli murakkab bo‘lib, bug‘ bosimini 12-15 bar dan yuqori ko‘tarishga imkon bo‘lmadi.


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə