Qozon qurilmalari


-rasm. Gaz-mazutda ishlaydigan DKVR –20-13-250 qozon agregati. DKVR qozon agregatlarining asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 16 Mb.
səhifə6/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
kurs ishi

1.5-rasm. Gaz-mazutda ishlaydigan DKVR –20-13-250 qozon agregati.
DKVR qozon agregatlarining asosiy ko‘rsatkichlari.
1.1-jadval.

Qozon turi







Qozonni
ng isitish yuzasi, m2
















DKVR-2,5-
1,4

0,695/2,
5

1,4

to‘yingan*

17,7

72,6

91,3

-

DKVR-4-
1,4-523

1,1/4

1,4

523

21,4

107,6

129

8,5

DKVR-6,5-
1,4

1,8/6,5

1,4

to‘yingan

27,9

197,4

225,3

-

DKVR-10-
2,4-643

2,78/10

1,4/2,4

643

47,9

207,5

255,4

17

DKVR-20-
1,4-523

5,56/20

1,4/2,4

523

73,5

285

358,5

34

DKVR-35-
1,4

9,75/35

1,4

to‘yingan

86,1

437,4

523,5

-

To‘yinish temperaturasi.
DKVR turidagi qozon agregatlar sanoat issiqlik energetikasida va issiqlik ta’minoti tuzilmalarida keng qo‘llanilmoqda. Bunday qozonlarda barcha turdagi yoqilg‘ini yoqish mumkin. Shu sababli qozonlarning o‘txonalari turlicha bo‘lishi mumkin, F.I.K. esa, 75 dan 91% gacha bo‘ladi. DKVR qozon agregatlarini suvisitish qozonlari sifatida ishlatish mumkin. Buning uchun qozon ustiga bug‘-suv isitkichi o‘rnatiladi va qozonning tsirkulyatsiya sxemasiga ulanadi. Bug‘ tarmoq suvini isitib kondensatsiyalanadi, kondensat esa, isitkichdan pastki barabanga o‘zi oqib tushadi.
Hozirgi vaqtda DKVR turidagi qozonlar past bosimli KE, DE, E-GMN kabi bug‘ qozon agregatlari bilan asta-sekin almashtirilmoqda. Bular ikki barabanli, vertikal suv-quvurli qozonlar bo‘lib, ularning konvektiv quvurlar to‘plami bukilgan quvurlardan tashkil topgan. Qozon qoplamasining vazni kamaytirilgan, qaynatish quvurlar to‘plami zich joylashgan, yonish yuzasining issiqlik kuchlanishi va o‘txona bo‘shlig‘ining solishtirma issiqlik kuchlanishi yuqori.
Bug‘ qozon agregatlarinig asosiy ko‘rsatkichlari.
1.2-jadval.

Qozon
turi

agregati

Bug‘ unumdorlig
i, t/soat

Bug‘ bosimi,
MPa

Bug‘ turi

KE-2,5-14S*

2,5

1,4

To‘yingan bug‘

KE-10-14S

10

1,4

To‘yingan bug‘

KE-10-14-225S

10

1,4

t=225С li o‘ta
qizigan bug‘.

KE-25-24-250S

25

2,4

t=250С li o‘ta
qizigan bug‘.

DE-4-14 GM

4

1,4

To‘yingan bug‘

DE-25-14-GM

25

1,4

To‘yingan bug‘

DE-16-14-
225GM

16

1,4

t=225С li o‘ta
qizigan bug‘.

DE-25-24 GM

25

2,4

To‘yingan bug‘

E-4-14 GMN

4

1,4

To‘yingan bug‘

E-10-14 GMN

10

1,4

To‘yingan bug‘

E-10-14 225
GMN

10

1,4

t=225С li o‘ta
qizigan bug‘.

E-25-14 GMN

25

1,4

t=225С li o‘ta
qizigan bug‘.

Buning natijasida yangi qozon agregatlarining bug‘ unumdorligi ortdi. Masalan, KE-4 (D=4 m/soat) qozon agregatining o‘txona kamerasi o‘lchamlari DKVR-2,5 (D=2,5 t/soat) qozon agregati kabi; KE-6,5 (D=6,5 t/soat) va KE-10 (D=10 t/soat) qozon agregatlari o‘txona kamerasi o‘lchamlari mos ravishda DKVR-4 (D=4 t/soat) va DKVR-6,5 (D=6,5 t/soat) qozon agregati o‘lchamlari kabi. KE,DE, E-GMN seriyadagi qozonlarning asosiy ko‘rsatkichlari 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2. Qozon qurilmasining umumiy tasnifi

Bug' qozoni - yoqilg'ini yoqqanda o'choqda ajraladigan issiqlik hisobiga, atmosfera bosimidan yuqori bosimli bug' olinadigan qurilmadir. Qozon qurilmasining asosiy tashkil etuvchi uskunalariga o'choq, qizdirish va bug'lantirish yuzalari, bug' o'taqizdirgichlar, suv ekonomayzeri va havoisitgich kiradi. Qozon agregatiga esa karkas, o'tga chidamli qoplama, quvurlar, armaturalar, nazorat va avtomatika asboblari kiradi.
Bug' turbinali qurilmalarda ishchi jism sifatida suv ishlatiladi. Bug' qozoni o'chog'ida hosil bo'lgan issiqlik suvga asosan, nurlanish (o'choqni ichida) va konvektiv (shaxtani ichida) usullar orqali etkaziladi. Konvektiv usulda issiqlik tashuvchi oqim sifatida yonish mahsulotlari, ya'ni, tutun ishlatiladi.
O'choqda, yuqori darajada qizigan tutun gazlarini olish uchun, organik
yoqilg'i yoqiladi. Qattiq yoqilg'i yoqiladigan o'choq - qatlamli va kamerali (siklonli va uyurmali) bo'ladi. Suyuq (mazut) va gazsimon yoqilg'i faqat kamerali o'choqda yoqiladi.
Qozonning qizish va bug'lantirish yuzasi - qozonning issiqlik qabul qiluvchi yuzasidir.
Bug' o'taqizdirgich - bug'ni o'ta qizigan holatga etkazib beradigan maxsus yuzadir. Suv ekonomayzeri - ta'minot suvini yonish mahsulotlari orqali qaynash holatiga keltiruvchi maxsus issiqlik almashgich yuzadir.
Havo isitgich - o'zidan o'tayotgan havoni qizdiradigan almashinuv apparati. Havo isitgichdan chiqqan issiq havo o'txonaga yuboriladi.
Qozon agregati yuzalarida suv va bug' harakati asosan uch xil usulda tashkil qilingan: tabiiy, majburiy va to'g'ri oqimli. Shularga asoslanib bug' qozonlari tabiiy, ko'p karrali majburiy va to'g'ri oqimli bo'lishi mumkin (1.6-rasm).

1.6- rasm. Asosiy bug'lantirish chizmalari:
a, b - tabiiy sirkulyasiyali; v - majburiy sirkulyasiyali; g - to'g'ri oqimli; 1 - ta'minot nasosi; 2 - ekonomayzer; 3 - baraban-separator; 4 - tushiruvchi quvurlar; 5 - pastki kollektor; 6 - bug'latish sirtlar; 7 - bug' o'taqizdirgich; 8 - sirkulyasiya nasosi.
Isitilmaydigan quvurlar 4 barabanli bosimda zichligi ' bo'lgan suv bilan to'ldirilgan. Ekran quvurlarida esa zichligi bug'-suv aralashmasi hosil bo'ladi. Natijada quvurlar konturida H(-)g bosim farqi paydo bo'ladi. Shu bosim tabiiy sirkulyasiya bosimi deb ataladi.
S=H(’-)g, (1.1)
bu erda: S - sirkulyasiya bosimi, Pa; N - kontur balandligi, m; ' -- suv va bug'suv aralashmasining zichligi, kg/m3; g – erkin tushish tezligi, m/s.
Sirkulyasiyadagi suv va hosil bo'lgan bug' miqdorlari nisbati sirkulyasiya karraligi deb ataladi:
G0 , (1.2)
K D
bu erda: G0 - sirkulyasiya harakatida bo'lgan suv sarfi, kg/c; D - hosil bo'lgan
bug' sarfi, kg/s.
Tabiiy sirkulyasiyali qozonlarda K = 4÷30, majburiy sirkulyasiyali qozonlarda K = 3÷10 va to'g'ri oqimli qozonlarda esa K = 1 bo'ladi.
1.3. Bug' qozonlarining texnologik chizmalari va asosiy tavsiflari

IES dagi bug' ishlab chiqarish qozonxonasining texnologik chizmasi 1.7 - rasmda tasvirlangan. Bu chizmada qattiq yoqilg'ini changsimon holatda
ishlatadigan to'g'ri oqimli qozon ko'rsatilgan.
Temir yo'l orqali elektr stansiyaga keltirilgan qattiq yoqilg'i vagonag'daruvchi yordamida bunkerga tushiriladi. Bunkerdan keyin ko'mir lentali konveyer yordamida maydalash korpusiga yuboriladi. Maydalash korpusida ko'mir 25 mm o'lchamgacha maydalanadi. Shundan so'ng maydalangan ko'mir qozon bo'limida o'rnatilgan bunkerga kelib tushgan ko'mirni ko'mir maydalovchi tegirmonlarda 300-500 mkm gacha maydalab va quritib tayyor holga keltiriladi va yondirgichlar orqali qozonning o'txonasiga purkaladi.
Yoqilg’ini quritish uchun gaz qizitilgan konvektiv havo isitgich yordamida 250 dan 4500 OC gacha qizdiruvchi birlamchi havo ishlatiladi. Ikkilamchi havo esa, yonish jarayonini amalgan oshirish uchun to'g’ridan-to'g’ri yondirgich orqali o'txonaga yuboriladi.


1.8- rasm. Barabanli bug' qozoninig chizmasi:
1 - o'choq kamerasi; 2 - ekran quvurlari; 3 - yondirgich; 4 - tushuvchi quvurlar; 5 - baraban; 6 - radiasion bug' o'taqizdirgich; 7 - konvektiv bug' o'taqizdirgich; 8 - oraliq bug' o'taqizdirgich; 9 -ekonomayzer; 10 - o'tish hududi; 11 - havo isitgich
Bug' unumdorligi D, t/s (yoki kg/s) – bir soat mobaynida qozonda hosil bo'lgan bug' miqdori.Zamonaviy IES larda soatiga 1000, 1650, 2650 va 3950 tonnagacha bug' ishlab chiqaradigan qozon agregatlari ishlatiladi.
O'ta qizigan bug' ko'rsatkichlari uning bosimiga va haroratiga bog'liq. IES da o'rnatiladigan qozonlar, bosimi bo'yicha uch xilga bo'linadi; bular o'rta (10 MPa gacha), yuqori (14 MPa) va o'ta yuqori (25 MPa) bosimli qozonlardir.
Bug' qozoni va bug' turbinasi energetik blokni tashkil etadi. IES da quriladigan bloklarning quvvati 300, 500, 800 va 1200 MVt ga ega bo'ladi..
Qozonlar markasida P belgisi ko'rsatilsa, u to'g'ri oqimli, YE - tabiiy sirkulyasiyali, Pr - majburiy sirkulyasiyali, Pp - to'g'ri oqimli oraliq bug' o'taqizdirgichli, YEp - tabiiy sirkulyasiyali oraliq bug' o'taqizdirgichli qozon bo'ladi.
Masalan, P-950-255 markali qozon quyidagini bildiradi:
Тo'g'ri оqimli, bug' unumdorligi soatiga 950 тоnna, o'ta qizigan bug' bosimi 25 MPa (255 kgs/sm2), qattiq yoqilg'i ishlatiladi.
Agar markadan keyin M belgisi ko'rsatilsa - suyuq yoqilg'i, G - gaz, GM - gaz va mazut ishlatiladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Issiqlik elektr stansiyalarning turlari.
2.Renkin siklini T-S diagrammada chizib tushuntirib bering.
3.Renkin siklini h-S diagrammada chizib tushuntirib bering.
4.Bug' qozonining asosiy uskunalari nimalardan iborat?
5.Bug' qozonining qanday turlarini bilasiz?
6.Sirkulyasiya karraligi nimani aniqlaydi?
7.Barabanli qozonning texnologik chizmasini keltiring.

1.4. To‘g‘ri oqimli qozonlar


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə