Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə39/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121
kurs ishi

Javob: VRO2= 0,86 m3/kg; SO2= 18,5%; SO2 = 0,2%.
24-Masala. Qozon о‘txonasida 2.103 kg/soat miqdorda mazut yoqiladi, uning tarkibi: SI= 84,65%; NI= 11,7%; SI=0,3%; OI= 0,3%;
AI= 0,05%; WI = 3,0%. Agar shu yoqilg‘i tо‘la yongan paytda hosil bо‘lgan tutun gazlarining tarkibidagi SO2 ning miqdori 15% dan 12% gacha kamaygani ma’lum bо‘lsa, о‘txonaga berilayotgan havoning hajmi qanchaga ortgani aniqlansin.
Javob: VH= 6666 m3/soat.
III- BOB. QOZON O’TXONASIDA YONISH JARAYONI.YOQILG'INING YONISH MAHSULOTLARI

3.1. Yonish to’g’risida tushuncha


Tayanch iboralar: organik yoqilg’i, yonish kamerasi, gamogen geterogen, elektron qobiq, ballast, tsiklonli o’txona
Issiqlik olish maqsadida qazilma organik yoqilg'ining yonish jarayonidan sanoatda, hamda maishiy sohalarda keng foydalanilib kelinmoqda.
Boshqariladigan yonish jarayonlari yoqish kamera deb nomlangan maxsus qurilmalarda olib boriladi. Yoqish kameralariga bug' generatorlarining o'txonalari, gaz uyurmali qurilmalari, isitish pechlarining yoqish kameralari va energetik qurilmalarini boshqa generatorlari kiradi.
Yonish jarayoni - bu yoqilg'ining murakkab fizik-kimyoviy oksidlanish jarayoni bo'lib, intensiv issiqlik ajralishi bilan kechadi va gazsimon yonish mahsulotlarining harorati oshib borishi bilan tavsiflanadi.
Yonish jarayoni yoqilg'i va oksidlantiruvchi birligida kechishi mumkin. Keng tarqalgan oksidlantiruvchi, bu havoning kislorodidir, organik yoqilg'ilarni barcha turlari yonish jarayonida ishtirok etadi.
Havo har xil gazlar aralashmasidan iborat: Hajmiga ko'ra havoda
azot 78,08% kislorod 20,7%
uglerod (IV)oksid 0,03% suv bug'i 0,47%
argon, azot 0,72%
geliy, neon, ksenon, kripton Izlari
Oddiylashtirish maqsadida havo tarkibi odatda quruq deb hisoblanadi. Haroratga bog'liq bo'lgan suv bug'ining havo bug'i tarkibiga ta'siri kam: misol uchun 200C haroratda va nisbiy namlik 4-60% da, namlik miqdori 12 g/m3 dan yuqori emas; namlangan havo hajmiga ko'ra 1% ni tashkil qiladi. Bunda quruq havo tarkibi, agarda undagi kam miqdorga ega argon, uglerod (IV) oksid va boshqa gazlarni inobatga olmasak, % da quyidagilarga baravar:
Hajmga ko'ra % da massaga ko'ra % da
Kislorod 21 23
Azot 79 77
Azot oksidlanish jarayonlarida deyarli ishtirok etmaydigan gazdir.
Yoqilg'ining agregat holatiga va oksidlantiruvchisiga ko'ra yonish reaksiyasi gomogen va geterogenliga bo'linadi.
Yoqilg'i va oksidlantiruvchi bir xil agregat holatida kechadigan reaksiya gomogen reaksiyasi deb nomlanadi. Ular reaksiyaga kirishuvchi moddalarning
orasida sirtli bo'linishi yo'qligi bilan tavsiflanadi.
Gaz yoqilg'isining yonishi, bu gomogenli yonishdir. Yoqilg'i va oksidlantiruvchi har xil agregat holatida kechadigan reaksiya geterogen reaksiya deb aytiladi. Bu reaksiya fazalarning bo'lish sirtida kechadi.
Qattiq va suyuq yoqilg'ilarning yonishi geterogen reaksiyalarga tegishli. Ushbu reaksiya harorat va bosimda yoqilg'i va oksidlantiruvchi yonuvchi moddalarning aralashmasi, issiqlik ichki energiyasidan tashqari, kimyoviy energiyaga ham ega.
Kimyoviy energiya ajralib chiqadigan va yutiladigan energiyaning yoqilg'i moddalarini va oksidlantiruvchi orasidagi kimyoviy reaksiya kechishini nazarda tutadi. Yonish jarayonida reaksiyaga kiruvchi moddalarni o'zaro atom-molekulyar
ta'siri bo'ladi.
Shunday qilib, yonish bu yoqilg'ining boshlang'ich moddalarida elektron qobig'ining buzilishini sodir etadi va yonish mahsulotlari molekulalari hosil bo'lishi bilan davom ettiriladi.
Ko'rsatilgan fizik-kimyoviy reaksiyalar natijasida yoqilg'i kimyoviy energiyasining issiqlik va nur energiyasiga o'zgarishi kuzatiladi.
Yonish jarayonining kechishi energiya va massa saqlanish qonuniga muvofiq o'tadi. Bu qonunga muvofiq boshlang'ich moddalarning massa yig'indisi oxirgi moddalarning massa yig'indisiga teng.
Huddi shunday yoqilg'ining kimyoviy energiyasini boshqa tur energiyaga o'zgarishi energiyani saqlanishiga muvofiq ma'lum nisbatda o'tadi.
Yoqilg'ining yonishida kechadigan kimyoviy reaksiyalar issiqlikning ajralishi (ekzotermik) va yutilishi (endotermik) bilan o'tishi mumkin.
Misol uchun, uglerod, vodorod va oltingugurt oksidlanishi, kimyoviy reaksiyalari oksidlantiruvchining etarli miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan kechadi, yoki ular ekzotermik kimyoviy reaksiyalariga mansub. Endotermik reaksiyalar misolida uglerod (IV) oksidining o'ta qizdirilgan uglerod bilan o'zaro birikishini keltirish mumkin:
(СО2+С=2СО);
Endotermik reaksiyalari natijasida har xil uglevodorod birikmalari hosil bo'ladi, misol uchun asetilen
(2С+Н22С2)
va boshqalar. Kimyoviy reaksiyalarning kechishi harorat, bosim va hajmga
bog'liq bo'ladi.
Agarda reaksiya bir xil harorat va hajmda kechadigan bo'lsa, bu reaksiya izoxora-izotermik reaksiya deyiladi.
Izobara-izotermik reaksiya bir xil harorat va bosimda kechadi. Yangi moddalarning hosil qilinishida moddalarning mol sonlari o'zgarishi bilan davom etishi mumkin. Bir tartibli (monomolekulyar) va ikki tartibli (bimolekulyar) reaksiyalarni ajratish mumkin.
Agarda boshlang'ich bitta moddaning parchalanishi natijasida bir nechta boshqa moddalar hosil bo'lsa, unda bu reaksiya bir tartibli reaksiyalarga taalluqlidir.
Uglerod, vodorod va oltingugurt oksidlanish reaksiyalari ikki tartibli reaksiyalarga taalluqlidir. Bunda boshlang'ich moddalarning ikkita molekulasi hosil bo'ladi.
Yoqilg'idagi organik moddalarning yonish reaksiyasi gazsimon moddalarni hosil qilish bilan kechadi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə