Qozon qurilmalari


Yoqilg'ining yonish reaksiyasi



Yüklə 16 Mb.
səhifə40/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121
kurs ishi

3.2. Yoqilg'ining yonish reaksiyasi


Yoqilg'ining yonishi to'liq va to'liqmas (chala) bo'ladi. Yoqilg'ining yonuvchi elementlari kislorod bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib, to'liq yonsa, bunday yonishga to'liq yonish deyiladi:
С+О2 =СО2; 2Н22 =2Н2О. (3.1)
Bu reaksiyalar natijasida uglerod va vodorodning yonishda olinishi mumkin bo'lgan barcha issiqlik chiqadi. Yonish mahsulotlarida yona olmagan uglerod (IV), oksid CO2 va suv bug'lari H2O qoladi. Yonish mahsulotlari orasida yonuvchi elementlar va yonmay qolgan yoqilg'i zarralari qolgan bo'lsa, bu yonishga to'liqmas (chala) yonish deyiladi.
Yoqilg'i ikki sababga ko'ra to'la yonmasligi mumkin: Birinchidan, mexanik to'la yonmaslik, bunda yoqilg'i zarralari kislorod bilan reaksiyaga kirishishga ulgurmay, yonish ma'sulotlariga (kul va tutunga) o'tadi; ikkinchidan, yoqilg'i yonuvchi elementlarining chala oksidlanishi (kimyoviy chala yonish), bunda issiqlik chiqishi ancha kamayadi. Masalan, chala yonishda (CO gacha oksidlanishda) issiqlik to'la yonish (CO2 gacha oksidlanishda) dagiga qaraganda deyarli 3, 5 marta kam chiqadi.
Yonuvchi elementlar chala oksidlanganda yonish mahsulotlari bilan birga ko'p miqdorda uglerod (II) oksid, gaz holatidagi vodorod H2, metan CH4 va yona oladigan hamda issiqlik chiqaradigan boshqa uglevodorodlar ham o'txonada oxirigacha yonganda edi, u holda ajralib chiqqan issiqlik hisobiga o'txonadagi harorat yanada ko'tarilar edi.
Yoqilg'i to'liq yonishi uchun o'txonaga kerakli miqdorda havo berish va yoqilg'ining havo bilan yaxshi aralashishini ta'minlash kerak.
Yoqilg'ida har qaysi yonuvchi elementning yonishi uchun zarur bo'lgan kislorod miqdori yonish reaksiyasidan aniqlanadi. Masalan, uglerod uchun
1 mol С + 1 mol О2 = 1 mol СО2 , (3.2)
12 kg 32 kg 44 kg
ya'ni, 12 kg uglerodning yonishiga 32 kg kislorod 1 kg uglerodning yonishiga
esa, 32/12 = 2,67 kg kislorod sarflanishi lozim.
H uchun 1 mol N2 + 0,5 mol O2 = 1 mol N2O, (3.3)
2 kg 16 kg 18 kg
ya'ni, 2 kg vodorodning yonishiga 16 kg kislorod, 1kg vodorodni yonishiga
esa, 16/2=8 kg kislorodni sarflash lozim.
S uchun 1 mol S + 1 mol O2 = 1 mol SO2 (3.4)
32 kg 32 kg 64kg
ya'ni, 1 kg oltingugurtning yonishiga esa 1 kg kislorodni sarflash lozim.
Massaviy % lar tarkib hisobida Ci+Hi+Si+Oi+Ni kiradigan 1 kg qattiq yoki suyuq yoqilg'ining yonish uchun sarflanishi lozim bo'lgan kislorod miqdori quyidagiga teng
QH= 2 .67 C i  8 H n S n O n .kg .kislorod (3.5)

100 .kg . yoqi lg' i
Yoqilg'ini yondirish uchun o'txonaga sof kislorod emas, balki, tarkibida 23.2% (massa bo'yicha) kislorodi bor havo beriladi. Yoqilg'ining to'la yonishi uchun zaruriy havoning massaviy birliklarda hisoblangan nazariy miqdori quyidagicha bo'ladi:
mН= ОН=0,115Сi+0.343Hi+0.043 (3.6)
(Si-Oi) kg havo / kg yoqilg'i
Hajmiy birliklarga qayta hisoblash uchun tenglikni havoni zichligi ga bo'lamiz. normal sharoitda =1,293 kg/m3. Bundan quyidagini olamiz:
H mH 0.115 C и  0.343 H и  0.043 (Sи Oи ) м3/кг (3.7)

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə