Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə42/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   121
kurs ishi

3.2-rasm. Changsimon yoqilg'ining kamerali yondirishdagi izotermalar. aqattiq shlakni chiqarib tashlash; b-suyuq shlakni chiqarib tashlash;
1-sovuq voronka; 2-o'txona osti; 3-suyuq shlakni chiqarish moslamasi.
Suyuq yoqilg'ida ballast deyarli bo'lmaydi, shuning uchun u faqat mash'ala qilib yoqiladi. Yoqish paytida yoqilg'ini butunlay to'zitib yuborish kerak. Yoqilg'i yaxshi to'zitilmasa yonish mahsulotlari ichida ko'p miqdorda yonmagan sof uglerod C, uglerod-oksid CO va og'ir uglevodorodlar CnHm qolishi mumkin.

3.3-rasm. Siklonli o'txonalar.
a – gorizontal siklonli o'txona; b – vertikal siklonli o'txona;
1 – yonish kamerasi (siklon); 2 – shlak ushlab qoluvchi panjara;
3 – sovutish kamerasi; 4 – yondirgich; 5 – ikkilamchi havo soplosi; 6 – shlak chiqarish moslamasi; 7 – shlak vannasi.
Suyuq va qattiq yoqilg'iga qaraganda gaz yoqilg'ini mash'ala usulida oson va yaxshi yoqish mumkin. Lekin barcha yoqilg'ini yoqishdagi singari, uni ham havo bilan yaxshi aralashtirish lozim
Yoqilg'ini uyurmaviy usulda yoqish, o'txonada hosil qilingan gaz-havo uyurmasi bo'lishi bilan tavsiflanadi. Oqimlar yoqilg'ining havo bilan yaxshi aralashishiga imkon beradi, bu esa yoqilg'ini yanada to'liq yonishini ta'minlaydi (3.3-rasm).
Uyurmaviy usulda qattiq yoqilg'ini chang holida emas, balki yaxshi maydalangan bo'laklar holida yoqish mumkin.
Yoqishning bu usulida o'txonada yoqilg'i zahirasi mash'ala usulidagiga qaraganda ko'p, lekin qatlam usulidagiga qaraganda kam bo'ladi. Shuning uchun yoqishning uyurmaviy usulining barqarorligi mash'ala usulidagiga qaraganda katta, qatlam usulidagiga nisbatan esa kichik bo'ladi.Ortiqcha havo koeffisienti. Havoning nazariy jihatdan zaruriy miqdorini hisoblashda, havo yoqilg'i bilan ideal aralashtiriladi va kislorodning har qaysi zarrachasi yonuvchi element bilan birikishga ulguradi, deb faraz qilinadi. Lekin amalda havoning hisobiy miqdori yoqilg'ining to'liq yonishi uchun etarli bo'lmaydi. Yonish jarayonida kislorodning hammasini yoqilg'i bilan reaksiyaga kirishadigan qilib o'tkazib bo'lmaydi. Uning bir qismi yonish reaksiyasiga kirishmaydi va tutun-gazlar bilan birga erkin holda chiqib ketadi.
Yoqilg'ining to'liq yonishi uchun havoni nazariy hisoblab aniqlangandan ko'proq miqdorda berish zarur. Haqiqiy berilgan havo miqdori nazariy hisoblab aniqlanganidan necha marta ko'pligini ko'rsatuvchi songa ortiqcha havo
koeffisienti deyiladi va bilan belgilanadi.
=V/Vн. (3.8)
Koeffisient ning kattaligi yoqilg'ining turiga, jarayon sodir bo'ladigan sharoitlarga, yoqish usuliga, o'txonaning konstruksiyasiga va hakozolarga bog'liq. Hisoblashlarda ning qiymati tegishli tajriba ma'lumotlari asosida tanlanadi.
Ortiqcha havo koeffisienti qanchalik kichik bo'lsa, yonish jarayoni shunchalik tejamli bo'ladi. Lekin ortiqcha havo koeffisienti juda ham kichik bo'lsa, yoqilg'i chala yonadi va qozon qurilmasining F I K i pasayadi.
Yoqilg'i qanchalik mayda va bir jinsli bo'lsa va u havo bilan qanchalik yaxshi aralashgan bo'lsa, ortiqcha havo shunchalik kam talab qilinadi. Suyuq yoqilg'ining barcha turlari o'txonaga to'zitilgan va havo bilan yaxshi aralashgan holda beriladi. Qattiq yoqilg'i ko'pincha kukun (chang) ga aylantiriladi va o'txonaga havo bilan yaxshi aralashtirilib puflanadi.
Ba'zi yoqilg'i turlari uchun nazariy hisoblangan yonish haroratining ortiqcha havo koeffisienti ga bog'liq holdagi qiymatlari 3.1-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə