Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə44/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121
kurs ishi

Qatlamli o‘txonalar
Qatlamli o‘txonaning asosini panjarali cho‘g‘don tashkil etadi. Panjarali cho‘g‘don ustiga ma’lum qalinlikda qattiq yoqilg‘i teng joylashtiriladi va panjara ostidan yonish uchun zarur bo‘lgan havo tabiiy ravishda yoki majburan uzatiladi.
Panjarali cho‘g‘don yoqilg‘ini tutibgina qolmasdan yoqilg‘iga havoni o‘tkazish, kul va shlakni kulxona tomonga uzluksiz o‘tkazib turish vazifalarini ham bajaradi. Cho‘g‘dondagi hamma teshik va tirqishlarni ko‘ndalang kesimlari yig‘indisi panjaraning jonli kesimi deyiladi. Panjarali cho‘g‘don o‘lchamlari yoqilg‘i turi va uning bo‘laklarining katta kichikligiga mos ravishda tanlanadi. Cho‘g‘don asosan cho‘yandan quyib ishlanadi va yuzasi katta bo‘lganda, u bir necha bo‘lakdan tashkil topadi.
Qo‘zg‘almas cho‘g‘donli va qo‘zg‘almas qatlamli o‘txonalar, yoqilg‘i qatlamini aralashtirib harakatlanadigan cho‘g‘donli o‘txonalar. Qo‘zg‘almas cho‘g‘don ustida harakatlanuvchi qatlamli o‘txonalar.Hozirgi paytda qo‘lda xizmat ko‘rsatiladigan o‘txonalar juda kam uchraydi. Ulardan unumdorligi kam (1-2m/soatgacha) bo‘lgan qozonlarda foydalaniladi. Faqat ba’zi jarayonlar mexanizatsiyalashgan o‘txonalar yarim mexanizatsiyalashgan deyiladi. Bunday o‘txonalarda mexanizatsiyalashgan tashlagichlar ishlatiladi, ular juda mashaqqatli ishdan - yoqilg‘ini cho‘g‘donga qo‘lda tashlashdan ozod qiladi . Bunday o‘txonalarni qo‘llash qozon unumdorligini 6,5 – 10m/soatgacha oshirish imkonini beradi. Mexanizatsiyalashgan zanjirli cho‘g‘donni qo‘llash qozonning bug‘ unumdorligini 150 m/soat gacha oshirish imkonini beradi. Zanjirli cho‘g‘don yoqilg‘i qatlam – qatlam qilib yoqiladigan hozirgi zamon kuchli o‘txona uskunalarining asosiy qismi hisoblanadi. Yoqilg‘i bunker 1 dan harakatlanayotgan zanjirli cho‘g‘don 4 ga tushadi. U bir – biriga parallel joylashgan uzluksiz ikkita zanjirdan iborat bo‘lib,ularga cho‘g‘donlar mahkamlangan. 3.4-rasmda qatlamli o‘txonalar sxemasi keltirilgan.

3.4-rasm. Qatlamli o‘txonalar sxemasi
a-gorizontal panjarali o‘txona; b-tashlagichli o‘txona; v-zanjirli o‘txona; gzanjirli teskari yo‘lli va tashlagichli o‘txona; d-tebranib turadigan cho‘g‘donli o‘txona; ye-qiya cho‘g‘donli o‘txona; j-jadal yonadigan o‘txona (V.V.Pomerantsov sxemasi); 1-bunker; 2-zanjirli cho‘g‘don; 3-shlak bunkeri;
Yoqilg‘i uchun zarur havo cho‘g‘don ostidan kiritiladi. Cho‘g‘donni boshlanish qismida yoqilg‘i qizdiriladi. Qizigan yoqilg‘i ozgina ortiqcha havo bilan yonadi. Cho‘g‘donni oxirida kuygan shlak shlak bunkeri 3 ga
to‘kiladi.Teskari yo‘lli zanjir - panjarali o‘txonalarda toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirlarni yoqish mumkin. Yoqilg‘ini aralashtirish va kul hamda shlakni qisman yo‘qotib turish uchun o‘txonaga tebranib turadigan cho‘g‘donlar o‘rnatiladi. Bu cho‘g‘donlar vaqti – vaqti bilan tebranib, shlakning oralarini bo‘shatib uni kulxonaga tushiradi. Cho‘g‘don tebranganda yoqilg‘i aralashib yonish yaxshilanadi. Qiya cho‘g‘donli o‘txonalar bug‘ unumdorligi 2,5 – 20 m/soat bo‘lgan qozonlarda yog‘och chiqindilarini yoqish uchun mo‘ljallangan. Jadal yonadigan o‘txonalar bug‘ unumdorligi 6,5 t/soat gacha bo‘lgan qozonlarda torflarni yoqish uchun qo‘llaniladi. Qatlamli o‘txonalarning asosiy kamchiligi yonish yuzasi kichikligi tufayli uning quvvatini cheklanganidadir.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə