Qozon qurilmalari


Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan nurlanish (radiatsion) qizdirish



Yüklə 16 Mb.
səhifə66/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121
kurs ishi

6.3.Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan nurlanish (radiatsion) qizdirish
sirtlarini pardalarni va konvektiv ilonsimonlarni tozalash
Pardalarni va konvektiv paketli qizdirgichlarni tozalashda vibrasiyali (titrashli) tozalash keng qo'llaniladi. Vibrasiyali tozalagichlar hozirgi kunda 200 dan ortiq o'rta va katta quvvvatli bug’ qozonlarida o'rnatilgan. Tozalash usuli shundan iboratki, metall sirtidan qoldiqlarni (ham sochiluvchan, ham shlak bog’lanishli) ajratadigan inersiya kuchlarini yaratuvchi yuqori chastotali tebranishlar aylanma quvurlarga beriladi.
Sochiluvchan qobiqlarni yo'qotish uchun 5...6 g tezlanishni yaratish kifoya, bu erda g – erkin tushish tezlanishi, m/s2, 50 Gs li tebranishlarni inersiyalash bilan erishiladi. Shlak bog’lanishli qoldig’ini 8…10g tezlanishlarda yo'qotiladi, bu esa 190 Gs yuqori chastotali tebranishlarga to'g’ri keladi.
Erkin osilgan vertikal (tik) sirtlarni (parda, konvektiv qizdirgichlarni) titratib tozalash yuqori samara beradi. 6.3-rasmda parda (A-A-qirqim) va konvektiv qizdirgichlarni (B-B qirqim) yotiq gaz yo'lida titratib tozalaydigan apparat batafsil misol qilib ko'rsatilgan. Sovitiladigan shtanga orqali parda va aylanma quvur quyi uchlariga tebratgich tebranishlarni uzatadi. Tebranishlarni barcha aylanma quvurlarga 1 ta vibrasiyani uzatish uchun payvandlangan qavariqli quvur bo'linmasi ko'rinishdagi mahkamlaydigan belbog’ ishlatiladi.

6.2 – rasm Pardali va konvektiv o’taqizdirgichlarni titratib tozalash tizimi: aapparatlarni o’rnatish; b-bikrlik tasmasi; A-A-gorizontal gaz yo’li bo’yicha pardali o’taqizdirgichning kesimi; B-B shuning o’zi konvektiv o’taqizdirgich bo’yicha; 1pardalar; 2-konvektiv paket; 3-titratish shtangasi; 4-elektr titratgich; 5,6sovutuvchi muhitni berish va chiqarish; 7- suzgichsimon plastina.
Qizdirgich paketlaridagi sochiluvchan qoldiqlardan tozalash uchun OG seriyadagi chuqur suriluvchan bug’ apparatlar ishlatiladi. U 18.1 – rasmda ko'rsatilgan apparatga o'xshash bo'lib, aylanadigan naycha boshchasining gaz yo'liga chuqur surilishi bilan farq qiladi (8...10 m gacha). Yon tomon devori darchasidan apparat kirgizilganda ikki qizdirgich paketi orasida har ikkala paket 1...1,5 m chuqurlikka tozalash amalga oshiriladi.
Bunday tozalash usulining kamchiligi shundaki, paket ichida (ayniqsa, shaxmatsimon quvurlar joylashganda) bug’ oqimi energiyasining tez yo'qotilishi va yaqin joylashgan quvurlarning bug’ning kuchli oqimi natijasida kuchli eroziyali emirilishdir.
Gorizontal (yotiq) burilgich (aylanma) konvektiv shaxta sirtlarini tozalash uchun ko'proq drob oqimi bilan tozalashda ishlatiladi.(6.4-rasm)


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə