Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə64/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   121
kurs ishi

NАZОRАT SАVОLLАRI
1.Nimа uchun qоzоn qurilmаlаridа suv tоzаlаnаdi?
2.Suvdаgi zаrаrli mоddаlаr tаrkibi nimаlаrdаn ibоrаt?
3.Suvni kimyoviy tоzаlаsh usullаri qаndаy?
4.Filtrlаrdа ishlаtilаdigаn filьtrlоvchi mаtеriаllаrni kеltiring.
5.Nаtriy kаtiоnitli qurilmаning umumiy chizmаsini tаsvirlаng.
6.Vоdоrоd kаtiоnit filьtrlаr yordаmidа yumshаtish qаndаy bo’lаdi?
7.Vоdоrоd kаtiоnitli filьtrning kislоtа хo’jаligi qаnаqа bo’lаdi?
8.Suvni qаynаtuvchi bug’lаtgichlаrdа tuzsizlаntirish qаndаy kеchаdi?
9.IESdа turbinа kоndеnsаti nimа uchun tоzаlаnаdi?
10.Bаrаbаnli qоzоnlаrdа inmа uchun iоn аlmаshinuv filьtri ishlаtilmаydi?

VI-BOB. IESLARDA QIZDIRISH SIRTLARINI TOZALASH VA SHLAKLARNI YO'QOTISH


6.1.IES Siklidan zararli aralashmalarni chiqarish usullari


Tayanch iboralar: gidrazin , amiyak, reagentlar, gazlashtirish, konsentrasiya.
IES dagi bug' generatorlar va turbinalarning ishlash ishonchliligini va tejamliligini ko'tarish uchun, ish quvuridagi zararli aralashmalar miqdorini kamaytirish lozim. Har-xil energiya jixozlaridan zararli moddalarni chiqarish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi.
Kimyoviy tozalash. Energetik blokning bug' hosil qilish va qizdirish yuzalarida ichki cho'kindilar paydo bo'lishi ehtimoli bor joylarni kimyoviy reagentli eritmalar bilan yuviladi. Reagentlar quvurlar ichidagi qatlamlarni emiradi (eritadi).
Kimyoviy tozalashlar ishga tushirishdan oldingi va ishlatish davridagi tozalashlarga bo'linadi. Ishga tushirishdan oldingi tozalash jarayonida montaj yoki ta'mirlash natijasida qolgan mexanik iflosliklar va quvurlarning ichki yuzalaridagi korroziya qatlami tozalanadi. Asosan bug' generatorining suv-bug' yo'nalishi shu usulda tozalanadi. Ishlatish davrida hosil bo'lgan ichki qatlamlarni kimyoviy tozalash uchun bug' generatori 2-3 kunga to'xtatiladi.
Puflash - katta konsentrasiyali aralashmalarni katta miqdordagi suv bilan ishlab turgan bug' generatordan o'zgarmas miqdorda chiqarish jarayoni.
Turbina kondensatini tozalash - bug' kondensatidagi (turbinadan chiqqan) erigan va muallaq holatdagi iflos moddalardan uzluksiz tozalash yo'li. Bu usul to'g'ri oqimli qozonlarda ishlatiladi va ionli almashuv filtrlar yordami bilan tuzsizlantiradigan blokli qurilmalarda (BOU) tashkil qilinadi.
Termik havosizlantirish (gazsizlantirish) - ta'minlovchi suv yo'lidagi metallarni, aktiv korroziyaga olib keluvchi gazlarni (kislorod va karbonat angidrid) chiqarish jarayoni. Ta'minlovchi suvni gazsizlantirish uchun deaeratorlar ishlatiladi.
Gidrazin-ammiakli suv rejimi - termik xavosizlantirish usuliga qo'shimcha jarayon bo'ladi, chunki deaeratorlarda kislorod О2 va karbonat angidrid СО2 to'la chiqib ketmaydi. Suvda kislorod va karbonat angidrid Н2СО3 eritmani hosil etadi. Suvda erigan kislorodni gidrazin N2Н4 yordamida neytrallangan holga keltiriladi
N2Н4 + О2 —> N2 + 2Н2О.
Suvdagi uglekislota Н2СО3, ta'minlovchi suvga kiritilgan ammiak NН3 (сув oksid eritma NН4ОН holatda) yordamida, ammoniy karbonati hosil qilinadi:
4ОН + Н2СО3 —> NН4СО3 + Н2О (6.1)
Bu usul to'g'ri oqimli va barabanli qozonlarda keng ishlatiladi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə