Qozon qurilmalari


Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan tozalash. Nurlanish (radiasion)



Yüklə 16 Mb.
səhifə65/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121
kurs ishi

6.2 Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan tozalash. Nurlanish (radiasion)

qizdirish sirtlarini tozalash


Gazlarning yuqori harorat (700-8000C dan yuqori) sohalarida qizdirish sirtlarida ham sochiluvchan, ham zich shlak qoldiqlari paydo bo'lishi mumkin. Gazlarning kamroq harorat (6000C dan past) sohalaridagi qoldiqlar, asosan quvurlarning g’adur – budur sirti va bir – biriga mexanik ilashishi bilan bog’liq sochiluvchan razryadga kiradi.
O'thona qizdirish sirtlari va konvektiv gaz yo'llari ifloslanishi – yuzalarning issiqlik ishi samaradorligi yomonlashuviga, natijada o'thonaning FIK pasayishiga olib keladi. Zich joylashgan konvektiv quvurlar ifloslanishi, bundan tashqari, gaz trakti gidravlik qarshiligining va xususiy ehtiyojlari uchun sarflanishini oshishiga olib keladi.
Nurlanish (radiasion) qizdirish sirtlarini tozalash.
O'choq tik ekranlarini va o'ta qizdirgichlarni bug’ oqimi bilan tozalash keng tarqalgan (6.1- rasm). Apparat bug’ni uzatish puflash quvuri va uzatma mexanizmidan iborat. Dastlab puflash quvuriga ilgarilanma harakat beriladi. Puflash quvurining naycha boshchasi o'choqqa kirgach, quvur aylanishni boshlaydi. Shu vaqtda bug’ klapani avtomatik tarzda ochilib, bug’ qarama – qarshi joylashgan puflash naychasiga olib boriladit. Tozalashning bunday usulida, boshcha atrofidagi radiusi 2,5...3 m masofadagi ekran sirti tozalanadi. Bug’ bosimi 1,5...4,0 MPa va harorat 350... 4000C bo'lishi kerak. Bu turdagi apparatlar “Ilmarike” zavodida ishlab chiqariladi. Ishlamayotgan holida naycha boshchasi quvur orqasida turib, uning o'ta qizib ketishidan saqlaydi. Puflash apparatlari butun ekran sirtini qamrab oladigan qilib joylashtiriladi. Natijada o'choqning har bir devori ko'plab apparatlarga ega bo'lishi kerak, bu esa o'choq va uning ekspluatasiyasini qimmatlashtiriladi.

6.1-rasm. Ekran quvurlarini puflaydigan apparat: 1-naycha kallagi; 2-
bug’ klapani; 3-o’thona ekrani.
Keyingi vaqtlarda, ayniqsa shlak qoldiqlarni tozalashda ekran sirtlarini suvni impulsli puflash o'zining ko'proq samaradorligini ko'rsatadi. Bu apparatga 0,4 ..0,5 MPa bosim ostida texnik suv beriladi. Ingichka, uzoqni uruvchi (10 m gacha) oqim yaratilib, apparat o'rnatilgan devor qarshishini tozalaydi (6.2 –rasm). Maxsus yoyish apparati bilan, naycha va undan chiqayotgan suv oqim tozalanayotgan devor bo'ylab yotiq-qiya ilgarilanma qaytma harakat qiladi. Har bir quvur ekrani qarshisida suv oqimi 0,2 sekunddan ortiq turmaydi, bu esa o'ta qizigan qoldiqlar uchun sovuq zarba hosil qiladi. Tashqi qavatning bir lahzalik sovushi 4000S atrofida bo'ladi. Qavatning siqilishi va undan keyingi qizishi natijasida parchalaniladi va quvurdan ko'chadi. Ekran quvurining toza joylaridagii metallga bunda qisqa vaqtdagi suvning ta'siri o'ning mustahkamligi xavf tug’dirmaydi. Bitta bunday apparat ekranning katta yuzasiga xizmat ko'rsatgani uchun bug’ apparatlariga nisbatan ularning soni keskin kamayadi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə