Qozon qurilmalari


-rasm. Vertikal-konvektiv bug‘ qizdirgichlar sxemasi



Yüklə 16 Mb.
səhifə72/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121
kurs ishi

7.2-rasm. Vertikal-konvektiv bug‘ qizdirgichlar sxemasi.
Qarshi oqimli bug‘ qizdirgichlarda (7.2-rasm, a ) bug‘ quvurlarining birinchi
(bug‘ yo‘li bo‘ylab) o‘ramiga kirib qiziy boshlaydi. U ohirgi o‘ramlarda deyarli oxirgi qizish temperaturasigacha qiziydi. Bu vaqtda quvurlarning tashqi sirti tutun gazlarining eng qaynoq oqimlari bilan yuvilib turadi. Shunday qilib qarshi oqimli bug‘ qizdirgichning isish sirtidan eng ko‘p darajada foydalaniladi. To‘g‘ri oqimli bug‘ qizdirgichlarda (7.2-rasm, b ) quvurlarning birinchi o‘ramlari (bug‘ning yo‘li bo‘ylab) eng issiq tutun gazlari bilan yuviladi. Bunda tutun gazlarining temperaturasi asta sekin pasayadi, bug‘ning temperaturasi esa ko‘tariladi. Buning natijasida gaz bilan bug‘ning temperaturasi dastlab bir-biridan katta farq qiladi. Oxirida esa bu farq juda kichik bo‘ladi. Agar bunda bug‘ qizdirgichga nam bug‘ kiradigan bo‘lsa, u holda namlik bug‘langanda bug‘ tarkibidagi tuzlar quvurlarning gazlar juda kuchli qizdiradigan qismlariga o‘tirib qoladi, bu bug‘ qizdirgich quvurlarining ortiqcha qizib ketishiga olib keladi.
Kombinatsiyalashgan bug‘ qizdirgichlar hozir eng ko‘p qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday bug‘ qizdirgichlarining bir qismi qozon agregatining radiatsion qismida, qolgan qismi konvektiv qismida joylashgan. Radiatsion qism o‘txonaning jadal yonish sohasining yuqori qismiga joylashtiriladi va issiqlikni nurlanish va konvektsiya tufayli o‘ziga oladi (7.3-rasm)

7.3-rasm. Radiatsion - konvektiv bug‘ qizdirgich: 1-baraban; 2-devorga o‘rnatilgan radiatsion bug‘ qizdirgich; 3- pardasimon radiatsion bug‘ qizdirgich; 4- shiftga o‘rnatilgan radiatsion bug‘ qizdirgich; 5- konvektiv bug‘ qizdirgich; 6- o‘ta qizigan bug‘ olib keladigan quvur.
Past va o‘rta bosimli qozon agregatlarida asosan konvektiv bug‘ qizdirgichlar qo‘llaniladi. Bug‘ qizdirgich quvurlari og‘ir issiqlik sharoitida ishlaydi. Shuning uchun quvurlarni bug‘ bilan sovutib turish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bug‘ qizdirgich quvurlarini sovutish ishonchliligini ko‘rsatuvchi kattalik – bug‘ning massaviy tezligi . dir. Issiqlik jadal qabul qilinadigan sohada bug‘ning massaviy tezligi 700-1100 kg/(m2.s), konvektiv bug‘ qizdirgichlarda  = 250-600 kg/(m2.s) bo‘lishi kerak. Bug‘ qizdirgich quvurlari legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. O‘ta qizigan bug‘ temperaturasi 500C gacha bo‘lsa, 10 va 20 markali po‘latlar ishlatiladi; 500 dan 600C gacha teperaturalarda 12X1MF markali po‘lat va 600 C dan yuqori temperaturalarda 12X2MSF R* markali po‘lat ishlatiladi. Bug‘ning quvurlardagi o‘rtacha tezligi 20 – 25 m/s bo‘ladi. Tezlik ortgan sari gidravlik qarshiliklar ham ortadi, kichik tezliklarda esa, sovitish yomonlashadi. Shuning uchun quvurlarni sovitish uchun eng maqbul tezliklar aniqlanadi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə