Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə71/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121
kurs ishi

7.2. Bug’ o’ta qizdirgichlar
O'ta qizitilgan bug' - to'yingan bug' bosimidagi va uning haroratidan yuqori haroratga ega bo'lgan bug'. O'ta qizigan va to'yingan bug' haroratlari o'rtasidagi farq o'ta qizish darajasi deyiladi. O'ta qizigan bug' xossalari o'ta qizish darajasi ortishi bilan ideal gaz xossalariga yaqinlashadi. O'ta qizigan suv bug'i - bug'-kuch qurilmasining ishchi jismidir. O'ta qizish harorati oshirilganda qurilmalar tejamli ishlaydi. O'ta qizigan bug' maxsus bug' qizdirgichlarda hosil qilinadi.

7.1- rasm. Bug' o'taqizdirgichlarning kompanovkasi:
a - р = 4 MPa, tb = 440 0С; b - р= 10 MPa, tb = 440 0 С; v - р = 14 MPa, tb = 545/5450 С; g - p = 25,5 MPa, tb = 545/5450С
1 - konvektiv bug' o'taqizdirgich; 2 - pardali o'taqizdirgich; 3 - shipdagi radiasion o'taqizdirgich; 4 - oraliq o'taqizdirgich; 5 - o'txona ekrani; 6 - feston; 7 - ekran quvurlari
Bug' o'taqizdirgichi - qozon agregatining o'ta qizigan bug' olish elementidir. Bug' o'taqizdirgich aylanma tarzda bukilgan, ichki diametri 20-60 mm bo'lgan parallel quvurlar tizimidan iborat. Uning bir uchi kirish kollektoriga, ikkinchi uchi esa chiqish kollektoriga biriktirilgan. Konvektiv bug' o'taqizdirgich qozonning gaz yo'llariga, radiasion bug' o'taqizdirgich o'txona shipi va devorlariga, yarim radiasion (pardali) bug' o'taqizdirgich esa, o'txonadan chiqishda o'rnatiladi (7.1 – rasm).
Bug'ning yonish maxsulotlariga nisbatan harakat chizmasiga ko'ra,
bug'o'taqizdirgich to'g'ri, teskari va aralash oqimli bo'lishi mumkin.
Bug' bosimi 14 MPa va undan yuqori bo'lganda, asosiy bug' o'taqizdirgichdan tashqari, turbinada qisman ishlatilgan bug'ni qayta o'taqizdirish uchun oraliq (ikkilamchi) bug' o'taqizdirgich ham o'rnatiladi.
7.3. Qozon agregatning asosiy issiqlik uzatish sirtlari. Bug‘ qizdirgichlar
Bug‘ qizdirgichlar. Bug‘ qizdirgichlar bug‘ni quritish va uni berilgan temperaturagacha qizdirish uchun mo‘ljallangan. Qozon agregatida joylashuviga ko‘ra bug‘ qizdirgichlar radiatsion, konvektiv va aralash xillariga bo‘linadi. Bug‘ qizdirgich 30-40 mm li quvurlardan tayyorlanib, kollektorlarga payvandlangan parallel ishlaydigan bir qancha bukilgan quvurlardan iborat. Ular gorizontal yoki ko‘pincha vertikal joylashtiriladi. Bug‘ va tutun gazlari oqimlarining yo‘nalishiga qarab bug‘ qizdirgichlar qarshi oqimli, to‘g‘ri oqimli va kombinatsiyalashgan xillarga bo‘linadi (7.2-rasm).


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə