Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə70/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121
kurs ishi

NAZORAT SAVOLLARI
1.Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan tozalash uchun qanday moslamalar
ishlatiladi?

  1. Reguperativ va regenerativ havo isitgichlarni tozalash uchun ishlatiladigan usullar nimadan iborat?

  2. Yonish mahsulotlar tarkibidagi kulni ushlab qolish uchun qanday kultutgichlar

ishlatiladi.

  1. Kul va shlak ajratish tizimini ishlash prinsipi.

VII-BOB. BUG' QOZONLARIDAGI ISSIQLIK ALMASHINUVLARI. QOZON QURILMASINING ASOSIY ELEMENTLARI
7.1 Bug’ qozonini istish yuzalarining issiqlikni o’ziga olishi
Tayanch iboralar: O’txona ekrani, ekran quvurlari, festoon, to’yingan bug’
O'txona ekranlari - qozonning radiasion kizdirish sirtlaridir. U suv sirkulyasiyasining umumiy tizimiga kiradi va yonayotgan yoqilg'ining alanga nuridan hamda o'txona gazlaridan chiqayotgan issiqlikni qabul qiladi. Ekran sirtlari kamera devorlarini shlaklanish va issiqlikning nurlanishi ta'sirida buzilishdan himoya qiladi, o'txonadan chiqayotgan gazlar esa o'z haroratini pasaytiradi. O'txona ekranlari yoqilg'idan chiqqan umumiy issiqlikning 35-50% ni qabul qiladi. Har-xil isitish yuzalaridagi ishchi jismning issiqlikni o'ziga olishining taqsimlanishi 20.1 - jadvalda ko'rsatilgan.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'rta bosimli qozonlarda (4MPa) ekranning radiasiya orqali olgan issiqligi, to'la bug'lanish (62%) uchun kamlik qiladi. Shuning uchun etmagan issiqlikni qaynaydigan ekonomayzer orqali ta'minlov suvi qabul qiladi, suv qaynaydi va suv-bug' aralashmasi barabanga yuboriladi.
Yuqori bosimli qozonlarda (10 MPa va yuqori) ekran quvurlarini radiasiya orqali olgan issiqlik miqdori suvni to'la bug'lantiradi va shuning uchun bu qozonlarda qaynamaydigan ekonomayzerlar ishlatiladi.
O'ta yuqori bosimli qozonlarda (14 MPa va yukori) o'txonaning pastki qismida joylashgan ekranlar ekonomayzer rolini bajaradi. Bu ekonomayzer - radiasion ekonomayzer deb ataladi. Uning yuqorisida radiasion sirtlar o'rnatiladi. Bu sirtlarda suv holatidan bug' holatiga o'tish, ya'ni faza o'zgarishi sodir bo'ladi va bug' hosil bo'lishi va o'ta qizishi boshlanadi.
7.1 - j a d v a l

O'ta qizigan bug'ning bosimi,
MPa

O'ta qizigan bug'ning ha-
rorati,0S

Ta'minot suvining harorati,
0 С

Isitish sirtlarida issiqlik
taqsimlanishi, %

Bug'lantiruvchilar

Bug'ni o'ta qizdiruvchilar

Ekono mayzer
lar

4
10
14
14
26,5

440
540
560
545/545
565/570

145
215
230
240
260

62
49
40
35
--

19
30
35
44
58

19
21
25
21
42


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə