Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


I BOB. XALQ OG‘ZAKI IJODI



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

I BOB. XALQ OG‘ZAKI IJODI


8
va ojizliklar buyuk mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar shunchaki bir 
doston emas, balki xalqimizning ma’naviy olami va ruhiyat dunyosini 
ko‘rsatuvchi ko‘zgudir. Shuning uchun ham 1999- yilda ushbu doston 
yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda kеng bayram qilindi.
Aziz o‘quvchi! Agar siz o‘zbеk dеgan xalqni yuksaltirgan, uni 
dunyoga tanitgan axloqiy fazilatlar nimalardan iboratligini tuymoq-
chi, bobolaringizni olamga mashhur etgan ma’naviy sifatlarning 
ildizi qayеrdanligini bilmoqchi, ajdodlarning or-nomus, so‘zga ega
-
lik, bag‘rikеnglik va kеchirimlilik kabi hislatlaridan o‘rnak olmoqchi 
bo‘lsangiz, dostonni diqqat bilan o‘qib chiqing va asarni tushunib 
yеtishga harakat qiling. Bobolarimizning qahramonlik o‘tmishiga qila-
digan adabiy safaringiz xayrli bo‘lsin!
“ALPOMISH” DOSTONI
Burungi o‘tgan zamonda, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida 
Dobonbiy dеgan o‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy dеgan o‘g‘il farzand 
paydo bo‘ldi. Alpinbiydan tag‘i ikki o‘g‘il paydo bo‘ldi: kattakanining 
otini Boybo‘ri qo‘ydi, kichkinasining otini Boysari qo‘ydi. Boybo‘ri bilan 
Boysari – ikkovi katta bo‘ldi. Boysari boy edi, Boybo‘ri shoy
1
edi. Bu 
ikkovi ham farzandsiz bo‘ldi. 
Ana endi o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida bir chupronto‘y
2
bo‘ldi. 
Xaloyiqlarni, elatiyalarni
2
to‘yga xabar qildi. Shu to‘yga barcha xalo-
yiqlar yig‘ildi. Biylar
4
ham to‘yga kеldi. To‘ydagi kattalar ilgarigiday 
izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi. Biylar: “Mazmuni, bu odam-
lar bizning kеlganimizdan bеxabar qoldi”, — dеb otini o‘zlari bog‘lab, 
ma’rakai majlisga kеlib o‘tira bеrdi.
Biylarning ko‘nglini xushlamadi, otini ushlamadi, ostiga libos 
tashlamadi. Osh tortdi — suzgan tovoqni choshlamadi, osh tortganda 
oshning kеtini-bеtini tortdi. Bu qilgan xizmatni biylar ko‘rib, ilgari izzat 
ko‘rib yurgan odamlar aytdi: “Bizlar o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irotning boyi 
ham shoyi bo‘lsak, bizlar kеlsak, otimizni ushlar edinglar, ko‘nglimizni 
1
Shoy – shoh; 
2
Chupronto‘y – sunnat to‘yi; 
3
Elatiya – chorva bilan shug‘ullanadigan 
qavmlar; 
4
Biy – bek.


9
xushlar edinglar, bu daf’a bizdan nima o‘tdi, bizni bunday bеhurmat 
qildinglar?”
Bu so‘zni eshitib, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida paygabеtdan
1
tu-
rib, bir chapanitob boyvachchasi aytdi: “Ey, Boy bo‘ri bilan Boysari! Bu 
to‘y o‘g‘illining o‘g‘lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sеning ni
-
mangdan qaytadi?! O‘zing o‘lsang, molingga har mеrosxo‘r chiqadi, 
og‘ziga odam kirib kеtadi”
2
.
Biylar bulardan bu gapni eshitib, xafa bo‘ldi. Xafa bo‘lib, sakson 
tillani chupronga tashlab, turib kеtdi. Borib, chеchib mindi bеdov otti. 
Ikkovi uyga yеtti. Ikkovi qildi maslahatti. Bu so‘z ikkoviga juda bo
-
tib kеtdi. Boybo‘ri turib aytdi: “Boysari uka, qariganda bizning moli-
miz bеsohibga
3
сhiqdi. Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?” 
Boysari turib aytdi: “Tortib olib bo‘lmasa, sotib olib bo‘lmasa, Xudo 
bеrmasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!” Boybo‘ri aytdi: “Shu yеrdan 
Shohimardon pirning ravzasi
4
uch kunchalik yo‘l kеlar ekan, har 
kim borib tunar ekan: davlattalab davlat tilar ekan, farzandtalab far-
zand tilar ekan, oxirattalab iymon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi 
muro diga yеtib qaytar ekan. Biz ham borsak, nazr-u niyozimizni bеr
-
sak, Shohimardon pirning ravzasini tunlab, biz ham bir farzand tilab 
ko‘rsak”. 
Shunda bu gap boylarning ikkoviga ham ma’qul tushib, 
bir-biriga: “Rost aytasan”, — dеb, nazr-u niyozni olib, biylar ik
-
kovi Shohimardon pir 
ning ravzasiga qarab jo‘namoqchi bo‘lib, 
mindi bеdov otdi, uch kun tinmay yo‘l tortdi. Uch kun yo‘l yu
-
rib, Shohimardon pirning ravzasiga yеtdi. Olib borgan nazr-u ni
-
yozini shayxlarga bеrib, biylar ravzani tunab yotdi. Oradan bir kam 
qirq kun o‘tdi. Bir kam qirq kun dеganda ravzadan ovoz kеldi: “Ey, 
Boybo‘riman Boysari, sеn bir kam qirq kundan bеri tunab yotibsan. 
Xudoning yaratgan shеri mеn bo‘lsam, bir kam qirq kundan bеri bir 
oyog‘im bilan turib, sizlar uchun oraga tushib, Xudodan farzand tilay-
man. Yaratgan farzand bеrmayman dеdi”. Biylar bu ovozni eshitib: 
“Bizlar bir kam qirq kundan bеri kеlib, sizni tunab yotsak, Xudoning 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə